Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə329/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 
I. KARIMOV
T a sh k en t s h a h ri,
2007-yil 17-aprel.
* * *
Yana bir narsani qayd qilish lozim. 0 ‘zbekistonlik sportchi- 
lar nafaqat jahonning turli sport arenalarida o‘zbek sporti nomini 
ulug‘layapti, balki 0 ‘zbekistonning o‘zi yildan yilga xalqaro sport 
musobaqalari o ‘tkaziladigan sport mamlakatiga aylanib bormoqda.
Umuman, aholining keng qatlamlari orasida jismoniy tarbiya va 
sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom tunnush tarzini targ‘ib 
qilish maqsadida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan ham- 
korlikda ommaviy sport tadbirlar o ‘tkazilishi ham e’tiborga olindi. 
Xususan an’anaviy respublika xotin-qizlar spartakiadasi, oilaviy ja- 
moalar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Sog‘lom bola» oilaviy sport muso­
baqalari ana shunday hamkorlik samarasidir.
21
0 ‘zbekiston tarixi, 3.
641


S a k k i z i n c h i b o b
0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON
HAMJAMIYATIGA Q O ‘SHILISHI
1-§. Mustaqil 0 ‘zbekistonning BMTga qabul qilinishi va
jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni
Tariximizning ana shu o‘tgan davrini aniqrog‘i 16 yillik musta­
qil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diploma- 
tik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
ishlami ham alohida qayd qilish lozim.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik davrigacha respublika Tashqi ishlar 
vazirlgi apparatidaboryo‘g ‘i 10-15 nafar xodim boiib, ularnomiga- 
gina vazifasi hisoblangan ishlar, ya’ni protokol majburiyatlari va turli 
tadbirlar, asosan chet ellik mehmonlami qabul qilish bilan shug‘ulla- 
nardi, xolos. O'sha davrda tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan bir 
amaldor ayni paytda kommunal sohas ini ham boshqarganining o‘ziyoq 
bu masalaga qanday yuzaki qaralganini ko‘rsatib turibdi.
Istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab o‘ta muhim tashqi siyo- 
siy masalalami hal qilishga, davlatlararo siyosiy va iqtisodiy muno- 
sabatlar sohasida eng maqbul yoTlami topishga to‘g‘ri keldi.
G‘oyat qisqa fursatda bu sohada Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy aloqalar qo'mitasi, keyinchalik esa, Tashqi iqtisodiy alo- 
qalar vazirligi va boshqa qator davlat boshqaruv organlari tuzildi, 
diplomatik kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratildi.
Mustaqillikka qadar yurtimizda birorta ham xorijiy davlat elchi- 
xonasi yo‘q edi. Hozirgi vaqtda chet ellarda mamlakatimizning 48 ta 
diplomatik vakolatxonasi bor. 
0
‘zbekistonda esa 
86
ta elchixona va 
savdo vakolatxonasi akkreditatsiya qilingan.
Mamlakatimizning qulay geosiyosiy o‘mi, uning birinchi nav- 
batda o ‘z milliy manfaatlarini inobatga oigan holda olib borayotgan, 
har tomonlama chuqur o'ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati 
davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi. xalqaro 
maydonda obro'-e’tiborining ortib borishini ta’minladi.
Keyingi davrlarda o‘ziga obro
1
topmoqchi boTgan «ko'p vek- 
torlik siyosati» olib borish degan turli qarash va yondashuvlar ha-
642


qida chiqishlar bo‘lmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz olib bo- 
rayotgan tashqi siyosatning tag-tomirida hech kimga sir bo‘lmagan 
bir sir turibdi -
0
‘zbekiston manfaati va yana bir bor 
0
‘zbekiston 
manfaati. Bizning bu sohadagi barcha qadam va harakatlarimiz faqat 
ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan, desam, ayni 
haqiqat bo‘ladi.
Hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, 
Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkor- 
lik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkor- 
lik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi nufuzli xalqaro 
tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol 
ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo- 
da yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalaming 
noqonuniy aylanishi bilan bog'liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat 
oldida turgan boshqa dolzarb muammolami hal etish ishiga salmoqli 
hissa qo‘shmoqda.
* * *
Jahon amaliyotidan m a’lumki, har bir mustaqil davlat, ayniq- 
sa, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatlar, hech qachon 
o‘z qobig‘iga o‘ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish 
yo‘lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatiga qo‘shilish orqali o ‘z 
taqdirini belgitagan. Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston mustaqil dav­
lat maqomiga ega bo‘lgach jahon hamjamiyatiga qo‘shilish yo‘lini 
tutdi. Bu borada mamlakatda olib borilgan amaliy ishlami tasaw ur 
qilishdan oldin XXI asr arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayon va xal­
qaro vaziyatga qisqagina nazar tashlash lozim.
M a’lumki, ilgari jahonda ikki qarama-qarshi sistema - SSSR va 
AQSH yetakchi bo‘lgan g‘oyaviy jihatdan qarama-qarshi ikki tizim
ikki blok mavjud edi. Dunyoning xavfsizlik tizimi ham xuddi shu 
ikki blokning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi.
1991-yilda Sovet Ittifoqi tarqalib ketgach, yangi - g‘oyat mu- 
rakkab va qaltis bir davr yuzaga keldi. Uning asosiy belgilari quyi- 
dagilardan iborat edi.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin