ladbirlari to‘g‘risida», 1996-yil 17-yanvarda « 0 ‘zbekistonda futbolni
livojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida» maxsus Qaror qabul qildi.
Mamlakatda «Sog‘lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va
kcng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi.
Ushbu dasturga muvofiq,
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi milliy ma’naviyatni tiklashga
katta e’tibor berildi. Milliy o ‘yin va sport turlari bo‘yicha har yili
musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanis-
higa va ulaming sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishi-
ga keng imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz
shaharlarida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o ‘tkazildi.
Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari qayta
tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xal
qaro ekspertlar tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kura-
shimiz xalqaro sport turlaridan biriga aylandi. 1999-yil 1-2-may
kunlari Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kel-
gan sportchilari ishtirokida Birinchi jahon chempionati o‘tkazildi.
0 ‘zbekistonlik kurashchilar ushbu chempionatning 3 ta oltin, 3 ta
kumush va 3 ta bronza, hammasi bo‘lib 10 ta medalini qo‘lga ki-
ritishga muvaffaq boidilar. Ayniqsa, 73 kg gacha bo‘lgan
vaznda
Akobir Qurbonovning (Buxoro sh.,), 90 kg gacha boig an vaznda
Kamol Murodovning (Buxoro sh.,) va mutlaq vazn toifasida Tosh-
temir Muhammadiyevning (Termiz sh.,) kurash bo‘yicha birinchi
jahon chempionlari boTganliklarini alohida ta’kidlab o ‘tish joizdir.
Yurtboshimizning maxsus farmoni bilan Xalqaro «Kurash» Asso-
tsiatsiyasi tuzilganligi, Islom Karimovning ushbu Assotsiatsiyaning
faxriy Prezidenti etib saylanganligi milliy sport turlariga sogTom
avlodni tarbiyalovchi asosiy omillardan biri sifatida davlatimiz to
monidan alohida e’tibor berilayotganligining yorqin namunasidir.
1992-yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash
bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazila boshlandi. 1994-yilda Tosh
kentda
Tennis saroyi qurilib, unda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre
zidenti sovrini» uchun tennis bo‘yicha katta xalqaro musobaqa
o‘tkazilmoqda. 1992-1996-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasi terma
jamoalari sport turlari bo‘yicha bir qancha jahon va Osiyo chem-
pionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili
0 ‘zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning
Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etéilar
va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, jumla
dan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta
bronza medalini qoTga kirit-
635
dilar. 0 ‘zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o ‘yinlari chempi-
oni bo‘ldi. 1994-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida o ‘zbekistonlik
L. Cheryazova oltin medalga sazovor boidi. Sohibqiron Amir Temur
tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan «Xalq o‘yinlari» II Res-
publika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-mayda bo‘lib o‘tdi.
1996-yil 0 ‘zbekiston sporti tarixida alohida o‘rin tutadi.
0 ‘zbekiston boks federatsiyasi sport bo‘yicha yo‘riqchisi Artur Gri
goryan o ‘z vazni bo‘yicha Germaniyada o ‘tkazilgan jahon chempio-
natida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «Oltin
kamarini» qo‘lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari mamlakat
Prezidenti tomonidan yuksak baholandi.
Umuman, mamlakatda 0 ‘zbekiston sporti sharafini himoya qi-
layotganlar munosib taqdirlana boshladi. Masalan, 1998-yil musta-
qillik bayrami arafasida bir guruh sportchilarimizni « 0 ‘zbekiston
iftixori» Faxriy unvoni bilan mukofotlanganliklari fikrimiz dalilidir.
Hozirgi paytda 0 ‘zbekistonda aholi bilan jismoniy tarbiya -
sogiomlashtirish ishini amalga oshiradigan 15085
birlamchi tash-
k ilotlar-jism oniy tarbiya jamoalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan
9501 tasi umumtaTim maktablarida, 710 tasi kollej va litseylarda, 62
oliy o ‘quv yurtlarida, 4812 tasi mehnat jamoalarida, 12092 tasi qish-
loq joylarida ishlamoqda.
Respublikada sport-sogTomlashtirish klublari soni tobora o ‘sib
borayapti. Hozirgi paytda ulaming soni 500 dan ortiqni tashkil etadi.
Respublikada yuqori malakali sportchilami tayyorlashga ixtisos-
lashtirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya
o‘rinbosarlari bilim yurtlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati mak
tablari faoliyat ko‘rsatayapti.
2000-yilda respublikada 6 million 420 ming kishi jismoniy tar
biya bilan shug‘ullanadi, ulardan 5,5 million kishi umumta’lim mak
tablarida, 390 ming kishi kollejlar, litseylar va o ‘rta maxsus o ‘quv
yurtlarida, 82 ming kishi oliy o‘quv yurtlarida, 500 ming kishi meh
nat jamoalarida shug‘ullangan edi.
0 ‘zbekistonda 2000-yilda jami 1,5 milliondan ortiq kishi, shu
jumladan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida 270 ming kishi 70
dan ziyod sport turi bilan shug‘ullandi. Bu ko‘rsatkich yangi ochil-
gan sport majmualari, yangi
qurilgan litsey va kollejlar, maktablar
tufayli keskin oshdi.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasi mutta-
sil mustahkamlanib bordi. Respublikada 233 stadion, 5040 sport zali,
135 suzish havzasi, 32 865 sport maydonchasi, 4841 futbol maydoni,
1883 otish turi, 13139 voleybol, 7196 basketbol maydonchasi, 168
6 3 6
tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor»
markaziy stadioni,
«Yunusobod» va «JAR» sport majmualari, Tennis saroyi va boshqa-
lar sportchilar ixtiyorida. 0 ‘zbekiston sporti tarixida milliy olimpiya
Qo‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega boTdi.
1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101-
sessiyasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi
to‘la-to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakati-
ning rivojlanishiga yordam bermoqda. U 0 ‘zbekistonda olimpiya
g'oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o ‘yinlarida respublika vakilla-
ri ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar
o'matish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug‘ullanmoqda.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasining 127 a’zosi, 11 faxriy a’zosi bor.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining qarori-
ga muvofiq, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpi
ya g‘oyalariga sadoqati uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya
muzeyi tashkil etil-
di. Uni Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti X.A. Samaranch
mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov bilan birga tantanali ravishda
ochib berdi. X.A. Samaranchning 0 ‘zbekiston sportini rivojlantirish
borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdir-
landi.
Dostları ilə paylaş: