Q a r s h i s h a h r in in g 2 7 0 0 y i l l i g i g a
b a g ‘is h la n g a n ta n ta n a li
m a r o s im d a g i s o
z,
2 0 0 6 - y i l 2 7 - o k ta b r
623
7-§. Yoshlarni Vatanni sevish ruhida tarbiyalash -
kelajagi buyuk jamiyat qurishning muhim sharti
Ta’lim va tarbiyaning bosh vazifalaridan biri jamiyatdagi barcha
toifa kishilarini, xususan 0 ‘zbekiston aholisining qariyb 65 foizini
tashkil qiluvchi yoshlarni Ona-Vatanga mehr-muhabbatli qilib tar-
biyalashdir. Bu o‘z navbatida zamonaviy bilimlar orqali yoshlarda
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo qiladi.
« 0 ‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi», -
deb uqtiradi Prezident I.A. Karimov. Bu boradagi fikrini davom
ettirib:
«Har qanday qal’a ichidan olinadi. Demak, biz ichka-
rini mustahkam qilishimiz kerak. Buning uchun yoshlar qalbi-
ga yurtga sadoqat, kattalarga hurmat, tarixga mehr, kelajakka
umid tuyg‘ulari urugMni sochishimiz lozim», -
deb ta’kidlaydi.
Bunday dolzarb vazifaning kun tartibiga qo‘yilishi bejiz emas
edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham yoshlar dunyoqara-
shida eskicha tafakkur, jahon taraqqiyotidan orqada qolgan bilimlar,
o‘z qiymatini yo‘qotgan qarashlar saqlanib qolmoqda edi. Masa-
lan, yaqin-yaqinlargacha oliy ta’limning vazifasi muayyan miqdorda
ilmiy texnikaviy bilimlarga ega bo‘lgan, ongiga mafkuraviy yo‘l-
yo‘riqlami singdirgan mutaxassislami tayyorlashdan iborat qilib
qo‘yilgan edi.
Sir emas, KPSS tarixi, ilmiy kommunizm, dialektik va tarixiy
materializm, siyosiy iqtisod, tarix, huquq, adabiyot va boshqa fanlar
mafkuraviy jihatdan juda ham jilovlab qo‘yilgan boiib, ular yoshlar
da yuzaki, maddohlik yo‘nalishida fikrlashga o‘rgatar edi.
Tabiiyki, bunday hoi yoshlarda yangi zamonga munosib bar-
kamol ma’naviyatni shakllantirishni taqozo qilardi. Bu borada res-
publikada ko‘rilgan chora-tadbirlaming asosiy yo‘nalishi ta’limni
gumanitarlashtirish bo'ldi. Bu borada mamlakatda 1991-yil 17-
sentabrda e’lon qilingan mamlakat Prezidentining «Respublika dav-
lat hokimiyati va boshqaruv idoralarini, hamda, xalq ta’limi siste-
masini partiyadan xoli etish to‘g ‘risida»gi Farmoni muhim qadam
bo‘ldi. Ushbu Farmonda: «Belgilab qo‘yilsinki, respublika davlat
apparati idoralarida va xalq ta’limi sistemasida siyosiy partiyalar
va harakatlaming tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga bundan
buyon y o i qo‘yilmaydi», - deb alohida ta’kidlandi. Farmonning
ana shunday talabidan kelib chiqadigan xulosa shunda ediki, maorif
va xalq ta’limini jahon amaliyotiga yaqinlashtirish ma’nosida uni
yakka hukmron partiya g‘oyalari yo iin i asoslashga xizmat qiluvchi
mafkura t i ’siridan xoli qilish edi. Darhaqiqat, respublikada avvalgi
6 2 4
kommunistik partiya mafkurasi uchun nazariy, ilmiy bilimlar man-
bayi hisoblanmish ijtimoiy fanlaming oliy ta’lim tizimidagi roli va
o‘miga yangicha munosabat vujudga keldi. Masalan, 0 ‘zbekiston
respublikasining «Ta’lim haqida»gi Qonunini amalga oshirish uchun
respublika Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Oliy ta’lim isloho-
ti» Dasturini ishlab chiqdi. Ushbu Dastuming muhim qoidasi oliy
ta’limni gumanitarlashtirishdan iborat edi. Jumladan, ushbu Das-
turda «gumanitar ta’lim berish ixtisosliklari bo’yicha mutaxassislar
tayyorlashning ajralmas qismidir va u o ‘zbek xalqining ma’naviy
merosini mustahkamlash va rivojlantirish, umuminsoniy qadriyat-
larga sodiqlik, fuqarolik va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash,
o‘zbek xalqi milliy ruhining asosi boim ish insonparvarlikni tarbiya-
lashga asoslanadi» - deb alohida qayd qilindi.
TaTimni gumanitarlashtirish, uni partiyaviy mafkuradan xoli qi-
lish borasidagi muhim qoidalardan biri yurt tarixini o ‘rganishga kat-
ta e’tibor berilishi boTdi.
Bu boradagi muhim amaliy qadam shunda ediki, oliy o‘quv yurt-
larida sobiq KPSS tarixi kafedralari o ‘mida 0 ‘zbekiston xalqlari ta-
rixi kafedralari tashkil etildi. Umumta’lim maktablarda 0 ‘zbekiston
tarixi avvalgi yillarga nisbatan 3 barobar chuqurroq
0
‘qitila boshlan-
di. Demak, yurt tarixini o ‘rganish keng qamrov olib, o ‘zining amaliy
samarasini bera boshladi.
Tarijdy bilimlar yoshlami ko‘p narsaga ongli ravishda qarashga
undadi. Ulaming har biri qalbida Vatanga mehr tuyg‘ularini, bugungi
kun qadriga yetish hissini shakllantira boshladi. Masalan, Namangan
Davlat Universiteti biologiya fakultetining ikkinchi kurs talabalariga
«Hozirgi yoshlaming mas’uliyati nimadan iborat?», deb berilgan sa-
volga ko‘pchilik talabalar « 0 ‘zbekiston mustaqilligini mustahkam
lash uchun yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi mas’uliyati», - deb
javob berdilar. Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, yoshlarda Va
tanga mehr hissini tarbiyalashda, ularda vatanparvarlik tuyg’usini
shakllantirishda 0 ‘zbekiston Madhiyasi va 0 ‘zbekiston Respublika-
si Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ni xalq ta’limi tizimida o ‘rganish
ham, shu mavzularga bag'ishlab maxsus murabbiylik soatlarining
o ‘tkazilishi ham katta ahamiyatga ega boTa boshladi. Shu bilan bir-
ga «mustaqillik kunlari»ning bayram qilinishi ahamiyatini alohida
ta’kidlash lozim.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti o‘n birinchi
sessiyasida Mustaqillik kuniga tayyorgarlik ko‘rish-4iaqida qaror qa-
bul qilingan edi.
1992-yil 22-avgustda « 0 ‘zbekiston o ‘quv yurtlarida har yili
625
1-sentabrda «Mustaqillik kuni»ni o‘tkazish to‘g‘risida» Prezident
Farmoni e’lon qilindi. Unda davlatimiz tarixida yangi sahifa ochgan
0 ‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bayram qilinishi mu-
nosabati bilan va uning yoshlami m a’naviy kamol toptirishda juda
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini nazarda tutib, o ‘quv yurtlari
jamoalarining istaklarini hisobga olib:
1. Har yili 1-sentabrda barcha maktablarda, hunar texnika bi-
lim yurtlarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida «Mustaqillik
kuni» mavzuida maxsus mashg‘ulotlar, darslar, ma’ruzalar, tantanali
yig‘ilishlar va uchrashuvlar o'tkazish:
2. Qaramog‘ida o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar,
hokimliklar:
- turli shakllardagi, ijodiy izlanish va bayram vaziyati ruhidagi
mashg‘ulotlar va tadbirlami o ‘tkazishga oid zarur tashkiliy choralar-
ni ko‘rsinlar:
Respublika hayotining barcha sohalarida ro‘y berayotgan tub
o ‘zgarishlardan o‘quvchilar va talabalami keng xabardor qilinishini
ta’minlasinlar, uni erkin va yuksak vatanparvarlik va Vatanga sado-
qat ruhida tarbiyalasinlar:
- o ‘quv yurtlarida mustaqillik kunini bayram qilishda yoshlar-
ning ijodiy qobiliyatlarini ochishga ko‘maklashuvi hamda bir xillik
va rasmiyatchilikni istisno etuvchi tanlovlar, ijodiy bellashuvlar, om-
maviy va boshqa tadbirlar o ‘tkazsinlar;
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimlari o‘quv yurtlarida Mustaqillik kuni-
ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chog‘ida respublika oq-
soqollari, deputatlar, fan, madaniyat va san’at arboblarini, ijodiy
va boshqa jamoat tashkilotlarining vakillarini, korxonalar va mu-
assasalaming rahbarlarini qatnashishga keng jalb qilishlari» kabi
muhim vazifalar belgilandiki, bu farmonning joylarda bajarilishi
xalqimizga mustaqillik tushunchasini yetkazishda, ulami istiqlol
mafkurasi ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega boTdi. Bu
borada Toshkent, Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida ibratli ishlar
amalga oshirildi.
Ayniqsa, 1992-yil 1-sentabrdan 0 ‘zbekiston aholisi tomonidan
birinchi marta mamlakat mustaqilligining bir yilligini keng bayram
qilinishini aytish mumkinki, xalqni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash
va unga e ’tiqod tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim qadam boidi.
Shu yilning 30-avgustida Toshkentda 0 ‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligining ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘ldi.
Unda Prezident I. Karimov tabrik nutqi so‘zlab butun aholini milliy
6 2 6
bayram bilan qizg‘in tabrikladi. Tantanalar mamlakatning barcha vi-
loyat, shahar, turnan va qishloqlarida, tashkilot, muassasa, korxona,
jamoalarda va mahallalarda bo‘lib o ‘tdi. Butun xalq 0 ‘zbekistonning
kelajagi qo‘lga kiritilgan mustaqillik tufayli amalga oshirilishini chu-
qur his qila boshladi. Bir so‘z bilan aytganda, dastlab istiqlol e’lon
qilingan kunlarda kishilardagi sarosimalik o ‘mini, endi mustaqillik-
ka ishonch va e’tiqod egallay boshladi.
Prezident Farmoni asosida 0 ‘zbekistondagi barcha o ‘quv yurt-
larida 1-sentabrda «Mustaqillik kuni» keng nishonlandi. Masalan,
Toshkent Davlat Texnika Universitetida shu kuni tantanali miting-
dan so‘ng birinchi darslar «Mustaqillik darslari» sifatida o‘tkazildi.
Bunda professor-o‘qituvchilar, faxriylar, xalq deputatlari qo‘lga ki
ritilgan mustaqillikning ahamiyati va afzalliklari haqida talabalarga
keng tushuntirish berdilar.
0 ‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan bunday tadbirlar faqat
Oliy o ‘quv yurtlaridagina emas, balki barcha o‘rta maxsus o ‘quv
yurtlari va umumiy ta’lim maktablarida ham katta tayyorgarliklar
bilan muntazam ravishda o‘tkazilib turibdi.
«Oltin meros», «Amir Temur», «Ulug‘bek», «Shahidlar xoti-
rasi», « 0 ‘zbekmuzey» kabi bir qator jam g‘armalar, Tarixchilar,
M a’rifatparvarlar, Faylasuflar milliy jamiyatlari milliy-madaniy me-
rosimizni o‘rganish, an’analarimizni saqlash va rivojlantirish, allo-
malarimiz, fidoy¿ ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ulaming asar-
larini yosh avlodga tanishtirish yo iid a barakali faoliyat ko‘rsatib
kelmoqdalar.
«Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi tariximiz va bugunimiz
mazmun-mohiyatini keng ochib berish, mustaqillik bergan buyuk
ne’matlami ko’rgazmali vositalar bilan targ‘ib etish, milliy istiq
lol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish ishida alohida natijalarga
erishmoqda.
Xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida «Ma’naviyat va
ma’rifat» respublika kengashi va uning tarkibidagi jamoatchilik mar-
kazi o‘zining munosib o‘mini egalladi.
Prezident I.A. Karimovning 2006-yili e’lon qilingan mamla-
katda ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga
qaratilgan farmoniga muvofiq respublika ma’naviyat va ma’rifat
markazi M a’naviyat targ‘ibot markaziga aylantirildi. Uning faoliyat
mezonlari yanada kengaytirilib, yo‘nalishlari aniq belgilab berildi.
Yosh iste’dodlar o‘z ijodlari bilan o ‘zbek san’atini dunyega na-
moyish etmoqdalar. Yaqinda toshkentlik litsey o‘quvchisi, yosh ras-
som Oybek Islomov o ‘z asarlari bilan Hindistondagi Butunjahon bo-
6 2 7
klar san’ati qo‘mitasi o ‘tkazgan «Shankar» ko‘rgazmasida ishtirok
etib, Javoharla’l Neru nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi.
Sakkiz yoshli toshkentlik o‘quvchi Diyora Hasanova «Bo
lalar san’ati - 2000» xalqaro festivalining eng yosh qatnashchisi
bo‘lishiga qaramasdan, bu festivalning Amerika Qo‘shma Shtatlari-
da o‘tkazilgan final bosqichida o ‘zining yuksak rassomlik iste’dodini
namoyon qila oldi. 50 ga yaqin mamlakat bolalari rasmlari orasidan
u ishlagan «Yer sharida festivalga boramiz» nomli rasmning xalqa
ro festival emblemasi sifatida tanlab olinishi va unga Bosh sovrin-
ning berilishi ham farzandlarimizning qanchalik yuksak iqtidor egasi
ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Yosh iste’dodlami izlab topish va tarbiyalash, professional ras-
somlaming boshini qovushtirish, ulaming samarali ijod qilishla-
ri uchun qulay sharoit yaratish, milliy tasviriy, amaliy, miniatura
san’atimizning noyob an’analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsa-
dida tashkil etilgan 0 ‘zbekiston Badiiy Akademiyasi uch yildan bu-
yon jiddiy faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda iste’dodli
rassomlarning ko’plab ko‘rgazmalarini tashkil etdi. 0 ‘zbek rassom-
chilik maktabining bugungi rivojini dunyoga ko‘rsatish maqsadida
2000-2006-yillar mobaynida Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya,
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya kabi ko‘plab mamlakatlarda
o ‘zbek rassomlarining ko’rgazmalarini o ‘tkazdi.
Badiiy Akademiyaning a’zolari tomonidan katta mahorat bilan
ishlangan Sohibqiron Amir Temur, Farg‘oniy, Jaloliddin Mangu-
berdi, Alpomish haykallari, Mustaqillik maydonidagi majmua
kabi haykaltaroshlik san’atining go‘zal namunalari xalqimiz milliy
g ’ururi va iftixorini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Turkiston miniatura maktabining asoschisi, buyuk m usaw ir Ka-
moliddin Behzodning bu yil nishonlanadigan 550 yilligiga qizg‘in
tayyorgarlik olib borilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial bog‘ini
barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, 0 ‘zbekiston mustaqilligini mustahkam-
lash dolzarb boTib qolayotgan bir paytda yoshlar bilan yakka tartib-
da ishni yoTga qo‘yish, ularda axloqiylik fazilatlarini shakllantirish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki azaldan odoblilik, axloq inson uchun eng zarur ziy-
natlardan hisoblangan. Odamzodni yuksaklarga ko‘taradigan ham,
uning qadr-qimmatini oshiradigan ham ana shu axloqiy barkamol-
likdir. Shu o ‘rinda qadimgi Rim faylasuflaridan Epikratning «bar-
cha kashfiyotlar ichida go‘zali yaxshi tarbiya oigan insondir», degan
o ‘gitini hamisha yodda tutish o‘rinlidir. Yoshlarda ana shunday fazi-
6 2 8
latlami tarbiyalashda joylarda, maktab va o‘quv yurtlarida olib bori-
ladigan ishga e’tibor berilmoqda. Maktabgacha tarbiya muassasala-
rida, boshqa o‘quv yurtlarida, mehnat jamoalarida va turarjoylarda
maxsus «Odobnoma» soatlari joriy etildi. Bundan tashqari, mamla-
kat televideniyesi va radiosi orqali, jumhuriyat gazetalari sahifalari-
da esa maxsus «Odobnoma» ko‘rsatuv va eshittirishlar beriladigan,
sahifalar chiqadigan boidi. Bu ish mehnat va pedagogika jamoalari
hamda ota-onalar kengashlarining amaliy hamkorligi asosida ham
tashkil etiladi.
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 13-
iyunda yoshlaming huquqiy ta’limini takomillashtirishning Komp-
leks Dasturini qabul qildi. Unda respublikada huquqiy ta’limni ta-
komillashtirish, yoshlaming huquqiy madaniyati darajasini oshirish,
hamda 0 ‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qu-
rish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘zda tutildi.
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston ijodkor yoshlarining «Iste’-
dod» xayriya jam g‘armasi, 0 ‘zbekiston ijodkorlar jam g‘armasi,
madaniyat jamg'armasi va boshqa qator jamoat tashkilotlari tashkil
qilindi. Ular aholi turli tabaqasi intellektual salohiyatini oshirish,
ulami o ‘z vaqtida rag‘batlantirib turish, ma’naviy jihatdan qoilab-
quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasida qator tadbirlami amalga
oshirmoqdalar.
0 ‘zbekiston,, Respublikasi Vazirlar Mahkamasi fan-texnika,
san’at va madaniyatni yanada rivojlantirish maqsadida qator qa-
rorlar qabul qildi. Ayniqsa, mamlakat istiqboli va millat kelajagi-
ni ta’minlash, har tomonlama yetuk yoshlami tarbiyalash, iqtidorli
yoshlami rag‘batlantirish maqsadida 1993-yilda Ulug‘bek nomidagi
0 ‘zbekiston Yoshlar jam g‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaning aso-
siy maqsadi yoshlaming intellektual imkoniyatlarini yanada kengay-
tirish, salohiyatli yoshlar kuchini birlashtirish, ulami asrab-avaylash,
ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini moddiy
va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quwatlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |