Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


S h a h r is a b z n in g 2 7 0 0 y i l l i g i g a



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

S h a h r is a b z n in g 2 7 0 0 y i l l i g i g a
b a g ‘is h la n g a n ta n ta n a li m a r o s im d a g i s o
z,
2 0 0 2 - y i l 1 - n o y a b r
Jayhun sohilidagi gavhar
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz qoraqalpoq elining go‘zal poytaxti, yurtimizning shi- 
moliy darvozasi bo‘lmish Nukus shahrining 70 yillik to‘yini bayram 
qilmoqdamiz.
6 1 3


Mana shu qutlug‘ sana munosabati bilan siz, azizlami, sizlaming 
siymongizda butun Qoraqalpog‘iston ahlini chin qalbimdan mubo- 
rakbod etib, barchangizga o‘zimning hurmat-ehtiromim va samimiy 
tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.
Qadrli do‘stlar!
Bugun biz navqiron Nukus shahrining katta to‘yini nishonlar 
ekanmiz, bu shahar timsolida Qoraqalpog‘iston diyorida ro‘y be- 
rayotgan yangilanishlar, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida, odamlaming turmush tarzida sodir bo‘layotgan ijobiy 
o‘zgarishlar haqida gapirishimiz tabiiy, albatta.
Bu o‘zgarishlar, awalambor, qoraqalpoq xalqining mashaqqat- 
li mehnati va g'ayrat-shijoati bilan erishilayotgan katta yutuqlarda, 
shahar va qishloqlar, ovullaming tobora obod bo‘lib, respublika ish- 
lab chiqarish salohiyatining yuksalib borayotganida, yangi-yangi 
inshootlaming ishga tushirilayotganida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bular qatorida mintaqamizda yagona bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda 
zavodi, Xo‘jayli shisha zavodi, «Markaziy Osiyo bezak toshlari» 
qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va 
kabel zavodlari, 0 ‘rga gaz koni, «Eltsks» va «Kateks» kabi zamona- 
viy ishlab chiqarish majmualarini misol keltirish mumkin.
0 ‘mi kelganda shuni ham aytish kerakki, 0 ‘zbekistonning, jum- 
ladan, Qoraqalpog‘istonning ham eng zaif nuqtasi - bu kommuni- 
katsiya masalasi ekanini men doimo ta’kidlab kelaman. Ana shu o ‘ta 
muhim muammoni yechish bo‘yicha mamlakatimizda ko‘p ishlar 
qilingani va qilinayotganidan sizlar yaxshi xabardorsiz.
Ayniqsa, 345 kilometrli Navoiy - Nukus ternir yo‘li, Nukus bi­
lan Xo'jaylini bogiaydigan ulkan ko‘prik, Qo‘ng‘irot avtomobil 
y o ii kabi muhim strategik inshootlar bu zamindagi behisob tabiiy 
zaxiralami o ‘zlashtirishga, ulardan, awalambor, qoraqalpoq xalqi­
ning, butun yurtimizning farovonligi yo‘lida foydalanishga xizmat 
qiladi.
Ana shunday, odamlaming og‘irini yengil qilishga qaratilgan 
ishlarimiz haqida gapirganda, birinchi galda, aholini toza ichim- 
lik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash masalasini alohida aytib 
o‘tishimiz o‘rinlidir.
Oxirgi yillar davomida foydalanishga topshirilgan 243 kilometr 
uzunlikdagi Tuyamo‘yin - Nukus, 112 kilometr uzunlikdagi Nukus -
Taxtako‘pir suv uzatish tarmoqlari bu borada g‘oyat muhim ahami- 
yat kasb etadi.
Bugungi kunda murakkab ekologik hududlarda yashayotgan 
odamlarga zarur sharoit yaratish maqsadida Chimboy va Taxtako'pir,
6 1 4


Qo‘ng‘irot va Qanliko‘1 tumanlarining olis qishloq va ovullariga, 
jami 390 ta aholi punktiga ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha 
qilgan salmoqli ishlarimiz barchamizni quvontiradi.
Hurmatli yurtdoshlar!
Albatta, qo‘lga kiritgan bunday yutuqlarimiz, ulkan loyihalami 
o‘zlashtirish yo‘lida qilayotgan mehnatimiz va harakatlarimiz xalqi- 
mizning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlaydi va kuchi- 
mizga kuch, g‘ayratimizga g ‘ayrat qo'shadi.
Ayni paytda oldimizda hali-beri o ‘z yechimini kutayotgan, shu 
tuproqda yashayotgan odamlami qiynayotgan dolzarb muammo- 
lar ham borligini esdan chiqarmasligimiz va bu masalalar doimo 
e’tiborimiz markazida turishi zarurligini anglab olishimiz darkor.
Shu o ‘rinda men, avvalo, barcha rahbarlami - ular Toshkentda 
yoki Nukusda boiadim i - ogohlantirib, alohida ta’kidlab aytmoq- 
chiman:
Katta-katta loyihalar ustida ishlash bilan birga, odamlarimizning 
kundalik hayotiy muammolarini yechish, tashvishlarini yengillashti- 
rish, ularga so‘zda emas, amalda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, bu masala- 
da loqaydlik va to‘rachilik kabi noxush holatlarga yo'l qo‘ymaslik, 
bir so‘z bilan aytganda, el-ulusning dardini o‘z yuragi, o ‘z qalbidan 
o‘tkazib yashash va ishlashni bugungi kunda hayotning o‘zi taqozo 
etmoqda.
Ajjiz do‘stlar!
Qoraqalpoq deganda, bu zahmatkash xalqning o‘ziga xos xu- 
susiyatlari, elni el, yurtni yurt qiladigan fazilatlari haqida gapirgan- 
da, avvalo, bizning ko‘z oldimizda o ‘zining uzoq tarixi davomida 
ko‘p azob-uqubat, qirg‘in-qatag‘onlami boshidan kechirgan, qancha- 
qancha og‘ir yo‘llami bosib o‘tgan, chidamli va bag‘rikeng, mard va 
matonatli bir xalq siymosi paydo bo‘ladi.
Agar biz ona zaminga, Vatanga mehr va sadoqat haqida so‘z 
yuritadigan bo‘lsak, birinchi galda, sahro quyoshi, garmsel va 
izg‘irin shamollarida toblangan, og‘ir tabiiy sharoitda ham o ‘z yurti- 
ning tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyo qilib, kelajakka ishonch bilan yasha­
yotgan qoraqalpoq eli haqida gapirishimiz ham qarz, ham farz deb 
bilaman.
Kimki bu jafokash xalqning beg‘ubor qalbini, asriy orzu- 
armonlari, intilishlarini bilmoqchi, anglab yetmoqchi bo‘lsa, uning 
aql-zakovati bilan yaratilgan «Qirqqiz» va «Shahriyor» kabi o‘lmas 
dostonlarga, Kunxo‘ja, Ajiniyoz va Berdax singari ulkan shoirlar- 
ning ta’sirchan asarlariga murojaat qilsa, o‘ylaymanki, o‘zi uchun 
ko‘p-ko‘p ma’no topadi.
615


Qoraqalpoq xalqi azaldan o ‘zining bilimga tashnaligi, san’atga 
boigan yuksak muhabbati, o ‘z diyorining boshqalar anglab yetol- 
maydigan go‘zalligi va jozibasini kashf etishdek noyob iste’dodi bi- 
lan barcha-barchani maftun etib keladi.
Shu borada birgina misol keltirmoqchiman. Kuni kecha musta- 
qilligimizning 12 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tomosha- 
sida Qoraqalpog‘iston san’at ustalarining yorqin mahorati, ta’sirchan 
kuy-qo‘shiqlari shaxsan menga benihoya manzur boidi.
Agar shu tomosha yakuni bo‘yicha qandaydir tanlov o‘tkazilsa, 
boshqalar xafa boimasin-u, men hech ikkilanmasdan birinchi o ‘rinni 
qoraqalpoq san’atkorlariga bergan b o iu r edim.
Qoraqalpog‘istonning ana shunday katta iqtisodiy, ilmiy va 
ma’naviy salohiyatini asrab-avaylab, uni yanada boyitishga mu- 
nosib hissa qo‘shib kelayotgan 0 ‘zbekiston Qahramonlari Anisiya 
Saidova, Allaniyoz O'teniyozov, To‘lepbergen Qaipbergenov, ular 
qatorida Alimbay Mamutov, Tursunbay Yeshjanov, Sobir Kamolov, 
Ibrayim Yusupov, Joidasbek Quttimuradov, Muyassar Razzoqova, 
Kenesbay Serjanov, Gulxaticha Ayimbetova, Eliza Aytniyazova kabi 
o ‘nlab ishlab chiqarish sohasi, ilm-fan va madaniyat namoyandalari- 
ning nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz.
Muhtaram yurtdoshlarim!
Biz bugun betakror qiyofa kasb etib borayotgan ko'pmillatli Nu­
kus shahrini yirik sanoat, ilm-fan va madaniyat markazi, do‘stlik va 
birodarlik shahri, deb ta’riflaymiz. Va albatta, bu ta’riflaming bar- 
chasi mustahkam hayotiy asos va zaminga ega.
Buni hozirgi vaqtda Nukusda Fanlar akademiyasi va Badiiy 
akademiyaning filiallari, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti, qator 
institutlar, qirqqa yaqin akademik litsey, o‘nlab kasb-hunar kollejlari, 
teatr va muzeylar xalqimizning m a’naviy-ma’rifiy yuksalishi yo iid a 
xizmat qilayotgani ham tasdiqlaydi.
Butun xalqimiz singari qoraqalpoq eli ham nafaqat bugungi ha- 
yot, balki ertangi kunimiz, istiqbol orzusi bilan, barchamizning ta- 
yanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan jondan aziz farzandlarimizning 
taqdiri va kelajagini o‘ylab yashamoqda.
Shu m a’noda, Nukus shahrining o‘ziga xos va o ‘ziga mos yana 
bir xususiyati haqida gapirishni o'rinli, deb bilaman. Bugungi kunda 
shahar aholisining 65 foizini 25 yoshgacha b o ig an yigit-qizlar tash- 
kil etadi.
Bu yerda har o‘n nafar fuqaroning biri, ta’bir joiz boisa, talaba 
b o iib hayot kechirmoqda. Va bunday holat bu navqiron shahaming 
kelajagidan, katta imkoniyatlarga ega ekanidan dalolat beradi.
6 1 6


Shu zaminga xos, barchaning hayrat va hurmatini, zavqini 
uyg‘otadigan yana bir belgi - alomat borki, u ham b o isa, mana 
shunday og‘ir va murakkab, har qanday odam ham bardosh berol- 
maydigan bir sharoitda qoraqalpoq yoshlarining bilimga, yetuk in- 
son bo‘lib voyaga yetishga qat’iyat bilan intilayotgani, xalqaro fan 
olimpiadalari va nufuzli jahon musobaqalarida qatnashib, yuksak 
marralami egallab kelayotganidir.
Istiqbolimiz timsollari bo‘lgan Alisher Sanetullayev, Rustam 
Sultonov, Ruslan Urgenchbayev kabi bilimdon yoshlarimiz, Ani- 
fa Ortiqova, Ziyoda Sharipova, Maxset Utemuratov kabi iqtidor- 
li san’atkorlarimiz, Baurjon Kazdayev, Erkin Qutiboyev, Bahrom 
Ermatov singari mard va jasur sportchilarimiz nafaqat qoraqalpoq 
eli, butun 0 ‘zbekiston xalqining faxri va umidi, desak, aslo xato 
bo‘lmaydi.
Qadrli do‘stlar!
Men bugun sizlaming huzuringizga kelayotib, bayram arafasida 
Nukus shahrida amalga oshirilgan yangi qurilish va obodonchilik 
ishlari bilan tanishdim. Shuni mamnuniyat bilan aytishim lozimki, 
qoraqalpoq xalqining bunyodkorlik salohiyati tobora ortib borayot- 
ganiga yana bir karra ishonch hosil qildim.
Ayniqsa, yangi qurilgan shinam turaijoy binolari, go‘zal may- 
don va xiyobonlar, teatr va muzey, sport majmualari, bozorlar, za- 
monaviy%talablarga javob beradigan aeroport, temir y o i vokzali va 
boshqa qator inshootlar ko‘zlami quvontirib, shahar chiroyiga chiroy 
qo‘shib turibdi.
Fursatdan foydalanib, ana shu ezgu ishlarda faol qatnashgan 
q o ii gul ustalarimizga, quruvchi va muhandislarga, loyihachi va 
pudratchi tashkilotlaming ishchi-xizmatchilari, barcha mutaxassisla- 
riga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik izhor 
etaman.
Muhtaram vatandoshlar, qadrdonlarim, qoraqalpoq diyori, qora­
qalpoq elini ulug‘laydigan alomat va xususiyatlar haqida ko‘p gapi- 
rish mumkin.
Lekin bulaming hammasini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, 
qoraqalpoq maqolida aytilganidek, xalqning baxt-u taxti - uning 
tug‘ilib o ‘sgan yeridir, uning jipsligi, ahilligi va og‘iz birligidir.
Bugungi unutilmas lahzalarda siz, azizlaming ochiq chehran- 
gizga boqib, aw al ham aytgan bir fikrimni yana takrorlamoq- 
chiman: o ‘zimni nafaqat o ‘zbek, balki qoraqalpoq* xalqining ham 
farzandi, deb hisoblash menga har doim kuch-quwat va qanot 
bag'ishlaydi.
6 1 7


Shuning uchun men ushbu go‘zal oqshomda katta quvonch va 
iftixor bilan:
- o ‘z elim - qoraqalpog‘im omon bo‘lsin, o ‘z qal’am - Nuku- 
sim dunyo turguncha tursin, deyman.
Ishonaman, qoraqalpoq diyorining kelajagi, albatta, yorug‘ 
bo‘ladi, qoraqalpoq eli butun xalqimiz qatori o‘z oldiga qo‘ygan bu- 
yuk maqsadlarga, albatta, yetadi.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringiz- 
ga fayz-u baraka yor boisin!
Yaratganimizning o‘zi barchamizni panohida asrasin!
Aziz do‘stlar!
Endi menga sharafli bir vazifani bajarish uchun ijozat etgaysiz.
Xabaringiz bor, Nukus ahlining mamlakatimiz rivojiga qo‘- 
shayotgan katta hissasini, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ko‘plab so- 
halarida qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlarini, millatlararo totuv- 
likni mustahkamlash borasidagi xizmatlarini inobatga olib, hamda 
70 yillik to‘yi munosabati bilan Nukus shahri «Do‘stlik» ordeni bi­
lan taqdirlandi.
Ushbu qutlug1 va hayajonli lahzalarda Vatanimizning ana shu 
yuksak mukofotini siz, hurmatli, aziz yurtdoshlarimizga topshirish 
menga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi.
Bu yuksak mukofot barchangizga muborak bo‘lsin, Nukusning 
shon-shuhrati yanada ziyoda bo‘lsin.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin