Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


N u k u s s h a h r in in g 7 0 y i l l i g i g a



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə320/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

N u k u s s h a h r in in g 7 0 y i l l i g i g a
b a g ‘is h la n g a n ta n ta n a li
m a r o s im d a g i s o
z,
2 0 0 3 - y i l 1 2 - s e n ta b r
Muazzam va mukarram shahar shodiyonasi
Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar!
Xonimlar va janoblar!
Aziz mehmonlar!
Bugun 0 ‘zbekiston hayotida unutilmas kun, ulkan tanta- 
na. Qashqadaryo eli, butun xalqimiz go‘zal va betakror diyorí- 
miz tarixidagi qutlug1 sana - qadimiy Nasaf - navqiron Qarshi 
shahrining 2700 yillik to‘yini katta xursandchilik bilan nishonla- 
moqda.
Mana shu quvonchli ayyom munosabati bilan siz, aziz yurtdosh- 
larimni, sizlaming timsolingizda Qashqadaryo ahlini, butun o‘zbek
6 1 8


xalqini chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning 
hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, bugungi bayramga uzoq-yaqindan tashrif 
buyurgan qadrli mehmonlarimizni, UNESKO tashkiloti, xorijiy dav- 
latlar elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini, chet el ommaviy 
axborot vositalari xodimlarini bag‘rikeng va mehmondo‘st xalqimiz 
nomidan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Har bir qarich yeri muqaddas bo‘lgan ona 0 ‘zbekistonimiz 
tuprog'ida joylashgan va butun jahon ahliga o‘zini tanitgan, yoshi 
asrlar, ming yillarga teng keladigan mashhur hahar va maskanlar, 
bebaho moddiy va m a’naviy meros yodgorliklari bilan xalqimiz, 
barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Birgina saxovatli Qashqadar- 
yo zaminida 2700 yillik tarixga ega, nufuzli UNESKO xalqaro tash­
kiloti tomonidan e’tirof etilgan Shahrisabz va Qarshi kabi shaharlar- 
ning mavjudligi ham bizning tarixiy ildizlarimiz naqadar chuqur va 
naqadar qadimiy ekanidan yaqqol dalolat beradi.
0 ‘zining uzoq va boy o ‘tmishi davomida goh Nikshapa, goho 
Naxshab, keyinchalik Nasaf degan nomlar bilan atalgan ko‘hna 
Qarshi shahri tarix va bashariyat uchun aw alo betakror sivilizat- 
siya va madaniyat beshigi sifatida, ko‘p-ko‘p ulug‘ siymolar, bu- 
yuk mutafakkir zotlar, aziz-avliyolaming vatani sifatida qadrli va 
mukan^mdir. Bu yurt o ‘z tarixida kimlami, qanday og‘ir va ma- 
shaqqatli sinovlar, to‘fon va suronlami ko‘rmagan. Bu yerga kimlar 
kelib ketmagan. Aleksandr Makedonskiy bosqini, sosoniylar xujumi, 
arab istilosi, Chingizxonning qonli yurishlari, tabiiy ofatlar oqibati- 
da Qarshi shahri necha bor yakson bo‘lib, vayronaga aylangan. Bu 
yurt ne-ne xonlar, amirlar, chor istilosining zulm va zo‘ravonliklarini 
boshidan kechirgan.
Yaqin o ‘tmishda, mustabid tuzum davrida ham shu betakror 
yerda yashayotgan, o ‘z qadr-qimmatini chuqur anglaydigan elni 
qatag‘on qilish, tazyiq ostiga olish, uning ustidan turli bo‘hton va 
uydirmalami to‘qish, sha’ni va g'ururini toptash kabi qanday azob- 
uqubatlami Qashqadaryo ahli boshidan kechirgani, jabr tortgani hali- 
beri yodimizda. Lekin, har qanday qirg‘in va fojialarga qaramas- 
dan, bu vohaning, Qarshidek umri boqiy shahaming hayot va davr 
sinovlaridan omon o ‘tib, mana shu yorug‘ kunlarga yetib kelgani 
shu zaminda yashab o‘tgan ajdodlarimiz, bugun hayot kechirayotgan 
avlodning mustahkam irodasi, erkinlik va ozodlikka intilish tuyg‘usi 
naqadar kuchli ekanining tasdig‘idir, desam, hech qanday mubolag‘a 
bo‘lmaydi.
6 1 9


Bugungi kunda Qarshi shahrining nafaqat ko‘hna tarixiy mas- 
kan, balki har qanday odamning ham e’tiborini o‘ziga tortadigan 
navqiron, zamonaviy shaharga aylanib turgani istiqlolimizning be- 
qiyos qudrati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy isbotidir.
Aziz do‘stlar!
Qadimiy Nasaf shahri nafaqat o‘zining muhtasham asriy obida- 
lari, balki ilm-u fan, hunarmandchilik, adabiyot va san’at, muqad- 
das islom dini, islom falsafasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk 
farzandlari bilan tariximizda alohida o‘rin tutadi. Uning o‘z davrida 
musulmon olamidagi madina, ya’ni muazzam shahar maqomiga ega 
bo‘lgan sakkiz shahaming biri sifatida tarixiy manbalarda e ’tirof eti- 
lishi ham bu fikming yorqin dalilidir.
Ayniqsa, bu tabarruk maskanda shakllangan yuksak madaniyat, 
ilmiy-ma’naviy muhit tufayli bu yerdan Nasafiy taxallusi bilan nom 
qozongan yuzlab fozil insonlar yetishib chiqqan va ular o ‘z ona yurti 
shuhratini butun dunyoga tarannum yetgan. Ana shunday betakror 
siymolar qatorida hadis ilmining bilimdonlaridan Abul Abbos al- 
Mustag‘firiy, Abu Turob Naxshabiy, yetuk shoir va olimlar Ziyovid- 
din Naxshabiy, Muyididdin Nasafiy, Sayido Nasafiy, huquqshunos 
alloma Najmiddin Nasafiy, kalom ilmining namoyandasi Abul Mu’in 
Nasafiy, faylasuf Aziziddin Nasafiy, mohir me’morlar Ali Nasafiy, 
Olim Nasafiy va boshqa ko‘plab ulug‘ zotlaming mo‘tabar nomlarini 
bugun hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Ulaming boy ilmiy va 
ijodiy faoliyati, qoldirgan merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, 
bu bebaho boylikni kelgusi avlodlarimizga yetkazish har birimiz 
uchun ham qarz, ham farzdir.
Taassufki, yurtimizda istilochi va mustabid tuzumlar, qadriyat- 
larimizni yo‘q qilishga qaratilgan zo‘ravon mafkura hukmronlik qil- 
gan yillarda bizni ana shunday buyuk madaniy meros, m a’naviy 
boyliklardan, o‘zligimiz, din-u diyonatimizdan judo qilish, xalqimiz- 
ning milliy g ‘ururini sindirish maqsadida Qarshi shahridagi ko‘plab 
qadimiy va betakror obidalar buzib tashlandi, Abdulaziz va Qilich- 
bek madrasalari, Odina masjidi kabi omon qolgan ayrim m e’moriy 
obidalar esa qamoqxonalarga aylantirildi. Allaqanday, «Ardom», 
«Damzah» degan mudhish nomlar bilan ataldi.
Mana shuning uchun buyuk tariximizni har tomonlama chuqur 
o‘rganish, undan zarur saboq chiqargan holda yo‘l tutish, boshqa- 
cha aytganda, moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir. Bugungi do- 
rilamon kunlarda erkin va ozod nafas olib yashar ekanmiz, yaqin 
o‘tmishimizda yuz bergan ana shunday mash’um kunlami, ulaming 
saboqlarini hech qachon unutmasligimizni istardim.
6 2 0


Qadrli vatandoshlar!
Biz Qarshi shahrining 2700 yillik to ‘yini nafaqat milliy tar*x*’ 
miz, balki umumbashariy taraqqiyot tarixida beqiyos o'rin cgallay- 
digan ulug‘ ajdodimiz, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sob'bqiron 
Amir Temur bobomizning 670 yillik tavallud ayyomi bil3n birga 
nishonlamoqdamiz. Buning zamirida teran ramziy ma’no, o ‘zlSa xos 
tarixiy bogTiqlik bor, albatta. Nega deganda, o ‘z timsolida niillati- 
miz, xalqimizga mansub boTgan aql va zakovat, bag‘rikehg¡¡k va 
Vatanga sodiqlik, qat’iyatlik va bunyodkorlik salohiyatini rnuJassam 
etgan va dunyoga namoyish qilgan Amir Temuming hayoti va Taoli- 
yatini, uning milliy ozodlik uchun, mustaqil va qudratli dav¡at bar- 
po etish uchun olib borgan kurashini Qarshi shahrisiz tasaVvur etib 
boTmaydi.
Sohibqiron hazratlarining xalqimizni mo‘g‘ul zulmid;'n xa¡os 
etish, parokanda el va elatlami birlashtirish, diyonat va adolatm qa_ 
ror toptirish, ilm-fan, ma’rifat va madaniyatni yuksaltirish yo‘lidagi 
buyuk orzu-niyat va intilishlariga mana shu Qarshi zamini mustah- 
kam qanot bergan, desak, haqiqatni aytgan bo Tamiz. Ayn¡ Qarshi 
diyoridan yetishib chiqqan tabarruk zot piri murshid Shumslddin 
Kulolning oq fotihasini olib, Amir Temur ezgu maqsadlai yoTida 
ilk qadamlar qo‘ygani, Sohibqiron bobomizning oqilona siyosa- 
ti va sa’y-harakatlari tufayli ushbu shahar Movarounnahmin§ 
s^yosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylangaid haqida 
ko‘hna tariximiz guvohlik beradi.
Mana, qariyb yetti asrdirki, Amur Temur bobomizning 0 ¡ma" 
nomi, so‘nmas shon-shavkati, bunyodkorlik faoliyatiga borgan qi- 
ziqish butun dunyoda tobora kuchayib bormoqda. Buni birgma shu 
yilning o'zida Ispaniya, Belgiya, Fransiya kabi mamlakatlafda ulug' 
ajdodimizning tavallud ayyomiga bagTshlab oTkazilgan qat°r dmi> 
anjuman va m a’rifiy tadbirlar, xususan, kuni kecha Parijda fnashhui 
olim Lusyen Keren tomonidan «Samarqandga - Amir Temuf davriga 
sayohat» nomli fundamental asaming nashr etilgani misolida harr 
ko‘rish mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrining yengilmas qaiiramoni 
millatning haqiqiy yetakchisi, favqulodda buyuk shaxs, baYuk m‘ 
son boTgan Amir Temuming betakror hayoti va faoliyati- Jasora' 
ti va ibrati bugungi kunda bizning yorug1 kelajagimizga ¡shone! 
bagTshlaydi, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchuii cheksii 
kuch-quvvat, qat’iyat va shijoat baxsh etadi. *»
Hurmatli do‘stlar!
Taqdir deymizmi, tuz-nasiba deymizmi, hayotimnin» UZV1>
621


bir qismi, hech unutilmas davri mana shu Qashqadaryo zamini- 
da kechdi. Shu bois, men bu go‘zal yurtga nisbatan qalbim to‘rida 
mehr-muhabbat tuyg‘usini saqlab, qizg‘in mehnat, ezgu orzu-niyat 
va intilishlar bilan o'tgan o‘sha yillami doimo minnatdorlik bilan 
eslayman. 0 ‘sha murakkab paytlarda og‘ir muammolar girdobida 
qolib ketgan Qashqadaryo viloyatida mavjud boigan nochor ahvolni 
o ‘nglash, yurtni obod etish yo‘lida siz, azizlar bilan qanday harakat- 
lar, qanday katta maqsad va rejalami amalga oshirishga erishgani- 
miz, o ‘ylaymanki, barchamizning xotiramizda yorqin sahifa bo‘lib 
qolajak.
Shaxsan men umrimning eng qizg‘in, suronli va baxtli damlarini 
Qashqa vohasida o‘tkazganimni, shu yurtda o‘zim uchun hayotiy 
maktab, katta tajriba topganimni, sizlaming quvonch va tashvishla- 
ringizga sherik bo‘lib, mehr-oqibat ko‘rganimni hech qachon unut- 
mayman.
Oradan yillar o ‘tib, istiqlolga erishib, o‘z taqdirimizni o ‘z 
qoiim izga olganimizdan so‘ng, Qashqa vohasining qadimiy tarixi, 
yuksak nufuzini qayta tiklashga, Qarshi shahrini o‘z salohiyati va 
aw alo, shu yurtda yashayotgan mard va tanti xalqning mehnati bi­
lan mamlakatimizning eng go‘zal va ko‘rkam shaharlaridan biriga, 
yirik sanoat va madaniyat markaziga aylantirishga muyassar bo‘ldik. 
Qarshi shahrining qutlug1 to‘yi munosabati bilan viloyatda faqat 
so‘nggi ikki y il davomida ko‘plab obyektlarda amalga oshirilgan 
qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlariga qariyb 50 mil­
liard so‘m mablag‘ sarflanganining o‘ziyoq bajarilgan ishlar ko‘lami 
qanchalik ulkan ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Bu haqda gapirganda, awalambor, bu qadimiy shahaming ta- 
rixiy qiyofasini tiklash maqsadida qilingan ishlami, xususan, eski 
shahar qismining, Registon maydoni, o ‘nlab m e’moriy obidalaming 
tubdan qayta tiklanib-ta’mirlangani, yangicha ko‘rk-u salobat kasb 
etgani barchamizga mamnuniyat bilan birga, beixtiyor xalqimizning 
ruhini ko‘taradigan bunday bunyodkorlik ishlarini davom ettirishga 
ishonch bag‘ishlaydi.
Ayni paytda Mustaqillik maydoni, Markaziy va Bolalar istiro- 
hat bog‘i, amfiteatr maydoni, ko‘plab yangi turaijoylar, tibbiyot va 
madaniyat muassasalari, keng va ravon ko‘chalar, obod bozor va 
ko‘rkam xiyobonlar misolida Qarshi shahrining zamonaviy qiyofasi­
ni ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, bizning oliy maqsadimiz bo'lmish 
sogiom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga xizmat qiladi- 
gan zamonaviy litsey va kollejlar, yangi maktablar, Olimpiya zaxira- 
lari sport kolleji, yengil atletika maneji va yopiq suv sporti havzasi,
622


yangi markaziy stadion, xotin-qizlar sport majmuasi nafaqat viloyat- 
da, balki butun mamlakatimizda alohida o ‘rin egallaydi.
Qadrli do‘stlar, birodarlar, menga buyursa, mana shunday haya- 
jonli daqiqalarda Sohibqiron Amir Temur bobomizning yuksak 
g‘urur va iftixor to‘la so‘zlarini davom ettirib, shunday degan 
bo‘lardim: kimki bizning kuch-qudratimizni, xalqimizning azm-u 
shijoatini, qanday buyuk ishlarga qodir ekanini ko‘rmoqchi bo‘lsa, 
mana shu Qarshi shahrida, butun Ó ‘zbekistonda amalga oshirayoí­
gan bunyodkorlik ishlarimizni kelib ko'rsin.
Azizlarim, «Qarshi» degan so‘zning «qasr, saroy» degan 
ma’noni anglatishini ko‘pchiligingiz yaxshi bilasiz. Men bugungi 
xursandchilik kunida qadimiy Qarshi shahrini saroydek go‘zal sha- 
harga aylantirish uchun kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan 
sidqidildan mehnat qilgan qo‘li gul quruvchi va ishchilarga, muhan- 
dis va me’morlarga, pudratchi va homiy tashkilotlarga, respublika 
vazirliklari va hokimiyat idoralari mutasaddilariga, bu olijanob ishga 
o ‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlarga o ‘z nomimdan, butun xal- 
qimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. Fursatdan foyda- 
lanib, qariyb 700 ming tonna g‘alla, 435 ming tonnadan ziyod ulkan 
paxta xirmonini bunyod etib, bugungi bayramni yorug1 yuz bilan 
kutib olayotgan Qarshi vohasining mirishkor va fidoyi dehqonlarini, 
barcha mehnatkashlarini qutlab, bag‘rimga bosib, qalbimdagi eng 
ezgu tilaklarimni izhor etaman.
A¿lz va muhtaram vatandoshlarim!
Ishonchim komilki, yosh avlodimiz, kelgusi nasllar biz boshla- 
gan mana shu ishlaming munosib davomchilari bo‘lib, ona yurtimiz, 
bebaho tariximiz, ulug‘ ajdodlarimiz, qadimiy shaharlarimiz bilan 
hamisha g'ururlanib yashaydi. Ulardan kuch va ruhiy quw at olib, 
jonajon 0 ‘zbekistonimiz dovrug‘ini butun olamga tarannum etadi.
Go‘zal Qarshi shahrining qutlug1 to‘yi bilan sizlami yana bir 
bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat 
tilayman.
Ona zaminimiz doimo gullab-yashnasin, fayz-u barakaga to‘l- 
sin!
El-yurtimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
Qarshi shahri, Qashqadaryo ahli hamisha omon bo‘lsin!

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin