Termiz shahrining
2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimda so'zlangan nutq,
2002-yil 2-aprel
20 - O 'z b e k is to n tarixi, 3.
6 0 9
Qashqadaryo vohasining zumrad gavhari
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun qadimiy Kesh vohasida katta bayram, katta tantana.
Alloh nazari tushgan Vatanimiz tarixining eng ko‘hna va teran
ildizlaridan biri bo‘lgan qadimiy va doimo navqiron Shahrisabz bu
gun o‘zining 2700 yillik qutlug‘ to‘yini nishonlamoqda. Dunyoga
o ‘zining ko‘rk-u kamoli, qaddi-bastini namoyon qilmoqda.
Bu go‘zal shahar bugun mana shu zaminning umrboqiy qadri-
yatlarini, 0 ‘zbekiston deb atalmish yurtimizning naqadar qadimiy va
muqaddasligini butun jahonga namoyon etmoqda.
Qadrli do‘stlar!
Shahrisabz deganda, biz, aw alo, olis zamonlarda ajdodlarimiz
yashagan, tarixda goh Gava So‘g‘da, goh Nautaka, goh Kesh deb
nom oigan qadimiy makonni tasaw ur qilamiz.
Bu shahar o‘zining uzoq o‘tmishi davomida ne-ne kunlami
ko‘rmadi. Tarix to‘fonlari, bosqinlar oqibatida necha bor vayronaga
aylanib, kultepalar ustidan necha bor qayta tiklandi.
Ammo na zamonning murakkab sinovlari, na istilo-yu urushlar,
na tabiiy ofatlar bu shahami tarix sahifasidan o‘chira olmadi.
Shu tabarruk zaminda dunyoga kelib, uning tarbiyasini olib vo-
yaga yetgan, doimo mag‘rur bo‘lib yashagan insonlar ming yillar
davomida mardlik va bunyodkorlik namunalarini dunyoga namoyon
etib keldi.
Shahrisabz deganda, dastawal, xayolimizda o ‘zining aql-
zakovati, beqiyos salohiyati bilan jahonni hayratga solgan Amir Te-
mur bobomizning o‘lmas siymosi jonlanadi.
Shahrisabz bu ulug‘ zotning beshigini tebratgan, uni kamolga
yetkazgan mo‘tabar maskandir. Bobokalonimizning el-ulusni bir-
lashtirish, ona diyorimizni bosqinchilardan ozod qilishida, jahon
tarixida o ‘chmas iz qoldirgan buyuk va qudratli davlat qurishida
aynan shu zamin unga kuch-quwat va madad bergan. Amir Temur
bobomiz Shahrisabz va Kesh vohasini joni-dilidan sevgan, qadrla-
gan, hatto o ‘z saltanatining poytaxti qilmoqchi boigan. Bu yerda
qanchadan-qancha go‘zal va betakror inshootîami barpo etib, sha
hami qayta qurib, butun dunyoga tanitgan, uning rivojiga cheksiz
hissa qo‘shgan.
Sohibqironning: «Kimki bizning qudratimizni bilmoqchi boisa,
biz qurgan imoratlami kelib ko‘rsin», degan so‘zlari bugun ham o ‘z
m a’no-mazmunini yo‘qotgan emas.
6 1 0
Shahrisabz deganda, tasawurimizda, aw alo, mangu yashil sha-
har, yulduzlarga to‘la beg‘ubor osmon, yuksak Hisor tog‘lari namo-
yon bo‘ladi.
Va, tabiiyki, Shahrisabz deganda, biz «Ilm-u adab qubbasi» deb
e’tirof etilgan ilm-fan, madaniyat va nafosat maskanini anglaymiz.
Bu shahar qadim-qadimdan o‘zining qo‘li gul ustalari, mohir hunar-
mandlari bilan shuhrat qozongan.
Mana shu zaminda qad ko‘targan, yetti iqlimga ma’lum va
mashhur Oqsaroy, Dorus-saodat, Dorut-tilovat, Ko‘kgumbaz kabi
muhtasham obidalar va boshqa betakror m e’moriy yodgorliklar, shu
tuproqdan topilgan noyob osori-atiqalar bu haqiqatni yaqqol tasdiq-
laydi.
Shu muborak yurt farzandlari bo‘lgan Abu Muhammad Keshiy,
Shamsiddin Kulol va Hazrati Bashir kabi aziz-avliyolar, Firoqiy va
Xiromiy, Ravnaqiy va Faqiriy singari shoir-u allomalar Shahrisabz
dovrug‘ini dunyoga taratgan.
Jahon madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo‘shgan Xusrav
Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G‘olib kabi mumtoz siymolaming
nasl-nasabi Shahrisabz zaminidan chiqqani ham bu tuproqning ilo-
hiy xosiyatidan dalolat beradi. Shu o ‘rinda, aziz do‘stlarim, sizning
e’tiboringizni sirli bir alomatga qaratmoqchiman.
Jahongir Mirzo maqbarasi yonida bugun ham yashnab tur-
gan q^dimiy chinorlami ko‘pchiligimiz ko‘rganmiz. Men har gal
bu yerda bo‘lganimda, bunday daraxtlar faqat muqaddas joylarda
o‘sadi, degan fikr beixtiyor ko‘nglimdan o ‘tadi. Balki bu chinorlar-
ning niholini bir paytlar Amir Temur bobomiz o‘z qoTi bilan ekkan
boTsa, ajab emas, deb o‘ylayman.
Va Shahrisabzning muqaddas timsollari boTmish bu azamat da-
raxtlami ilohiy bir kuch asrab, bugungi va kelajak avlodlarga yetka-
zib kelayotgandek tuyiladi.
Aziz do‘stlar!
Bugun Shahrisabz fayz-u tarovati bilan ko‘zlami qamashtirib,
jahon e’tiborini o ‘ziga qaratib turibdi. U jahon sivilizatsiyasining
eng qadimiy shaharlaridan biri sifatida nufuzli xalqaro tashkilot
boTmish YuNESKO tomonidan e’tirof etilgan va Butunjahon merosi
ro‘yxatiga kiritilgan.
Hech shubhasiz, Shahrisabz va Qashqadaryo vohasining naqadar
katta tarixiy va madaniy merosga ega ekani, uning betakror yer osti
va yer usti boyliklari haqida gapirishimiz bugurr-albatta o‘rinlidir.
Bugun bu haqiqatni nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun
dunyo tan olmoqda.
611
Lekin mendan bu yurtning eng haqiqiy boyligi haqida so‘rasa,
hech ikkilanmasdan, Yaratganning nazari tushgan bu yurtning asosiy
boyligi mana shu zaminda yashayotgan bag‘rikeng, mard va oriyat-
li, ko‘p-ko‘p qiyinchilik va sinovlarda toblangan, yaxshilikni hech
qachon unutmaydigan Qashqadaryo eli va xalqi, deb javob bergan
b o iu r edim.
Men siz, Qashqadaryolik qadrdonlarim bilan yelkama-yelka,
hamfikr b o iib mehnat qilgan, hayotimning aziz damlariga aylangan
kunlarimni hech qachon unutmayman. 0 ‘sha murakkab davrda siz-
lar menga bildirgan hurmat va ishonchni, ta’bir joiz b o isa, menga
qanot berganingizni umrbod minnatdorlik bilan eslayman.
Qadrli vatandoshlar!
Bizning istiqlol yillarida Shahrisabz markazida sohibqiron Amir
Temur bobomizning muazzam haykalini tiklaganimiz, bu muborak
zaminda yotgan buyuk zotlaming maqbaralarini obod qilib, ajdod-
larimiz ruhi oldidagi farzandlik burchini ado etganimiz yangi tarixi-
mizdagi katta unutilmas voqeadir.
Bu yurtning chiroyiga chiroy, salohiyatiga yana salohiyat
qo‘shadigan ibratli ishlami davom ettirishimizga hech qanday shub-
ha yo‘q. Va Shahrisabz nafaqat dehqonchilik, sanoat, hunarmand-
chilik va madaniyat maskaniga, balki butun dunyodan ziyoratchi va
sayyohlar oqib keladigan go‘zal va zamonaviy shaharga aylanishi
muqarrar.
Bu yil Shahrisabz, butun Qashqadaryo ahlining barcha sohalarda
omadi keldi. Men fursatdan foydalanib, qishloq xo'jaligi uchun tabi-
iy sharoit og‘ir boTgan mana shu mavsumda belni mahkam bog Tab,
fidokorona mehnat qilgan, mamlakatimizda eng ko‘p - 684 ming
tonnadan ziyod g ‘alla, 420 ming tonnadan ortiq paxta hosili yetish-
tirgan azamat dehqonlami, siz lafzi halol qashqadaryoliklami qoTga
kiritgan ulkan g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman va
o‘zimning cheksiz hurmatimni bildiraman.
Hurmatli do‘stlar!
Mana shu unutilmas, quvonchii kunda mening suyanchim,
tayanchim boTgan siz, Qashqadaryo yoshlariga, sizning timsolingiz-
da butun 0 ‘zbekiston yoshlariga bir da’vat bilan murojaat qilmoq-
chiman.
Aslida bu mening da’vatim emas, balki ulug‘ ajdodlarimizning
bizga qoldirgan oTmas ma’naviy o‘gitlandir. Men shu da’vatni siz-
larga yana bir marta eslatmoqchiman.
G ‘urur-iftixorimiz timsoli boTmish Amir Temur bobomizning
xuddi shu zaminda turib, kelgusi nasi larga qarata aytgan «Biz kim-
612
miz, kimlaming avlodimiz?» degan so‘zlari hech qachon yodingiz-
dan chiqmasin.
Toki yuragingizda o ‘t, bilagingizda kuch-qudrat bor ekan,
0 ‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o ‘mini egallab borayotgan bu-
gungi kunda ana shu da’vatga hamisha munosib bo‘ling.
Biz dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaymiz, deb ko‘targan is-
tiqlol bayrog‘ini, hurriyat bayrog‘ini sizlar yanada baland ko‘tarasiz,
deb ishonaman.
Aziz vatandoshlarim!
Men ushbu hayajonli lahzalarda Shahrisabz elini, butun xalqi-
mizni bugungi shodiyona bilan yana bir bor qutlar ekanman, sizlar-
ning ochiq chehrangizga boqib, mana shunday yorug‘ kunlarimiz
ko‘p bo‘lsin. Qashqa vohasining zumrad gavhari - Shahrisabz dunyo
turguncha tursin, deyman.
Ikki ming yetti yuz yillik tarixni o‘z yelkasida ko‘tarib turgan bu
afsonaviy shahar qoshida bosh egib, uning shuhratini dunyoga taran-
num etayotgan siz, aziz yurtdoshlarimga ta’zim qilaman.
Men noyob asriy obidalarimizni ko‘z qorachig‘idek saqlab ke-
layotgan, keng ko‘lamdagi ta’mirlash va bunyodkorlik ishlarini
amalga oshirayotgan, yangi-yangi inshootlar barpo etayotgan mohir
quruvchi va ustalarimiz, muhandis va m e’morlarimizga, mana shu
savobli ishlarga munosib hissa qo‘shayotgan barcha insonlarga o ‘z
nomimdan* butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildira-
man.
Bugungi shodiyonamizda ishtirok etayotgan UNESKO xalqaro
tashkiloti va xorijiy elchixonalar vakillariga chin dildan tashakkur
aytaman.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va ornad, xonadonlaringiz-
ga fayz-u baraka yor bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: |