Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

F a r g 'o n a
 -
Q u v a 1 9 9 8 - y il 2 4 -o k ta b r.
Xotira chirog‘i o‘chmaydi
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Qadrli urush va mehnat faxriylari!
Bugun o‘lkamizda ilk bor Xotira va Qadrlash kuni nishonlan- 
moqda.
Men barchangizni - jafokash, mehnatkash, ko‘pni ko'rgan, 
katta-kichik janglarda mardlik va jasorat ko‘rsatgan xalqimizni mana 
shu qutlug‘ sana bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Biz nima uchun 9 may bayramini Xotira va Qadrlash kuni, deb 
e’lon qildik.
Ijozatingiz bilan shu to‘g ‘rida yana ikki og‘iz aytib o‘tsam.
Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o‘tgan ajdodlarimizni 
eslash, ulaming chirog‘ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tu- 
shunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir.
Xotirasi boimagan, tarixini unutgan, o ‘z ajdodlarining qadriga 
yetmaydigan millatning istiqboli yo‘q. Bu haqiqatni kishilik tarixi 
isbotlab turibdi.
5 8 2


Qadrlash degani - bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqi- 
mizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va 
shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, 
ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir.
Hayotning ko‘p-ko‘p sinovlarini, azob-uqubatlarini boshidan 
kechirgan, Vatan uchun, el-yurt uchun, mana shu sof osmonimiz 
uchun jon olib jon bergan, bugun ham saflarimizda yurgan mehribon 
ota-bobolarimizni, olijanob insonlami e’zozlashdir.
Xotira va Qadrlash kuni degan tushuncha g‘oyat teran ma’noga 
ega. Bu faqat fashizm balosiga qarshi jang-u jadallarda qatnashgan, 
ona-yurt himoyasi uchun umrini baxsh etgan kishilami sharaflash 
degani emas.
Bu muborak kunda, xalqimizning asrlar davomida orzu-niyat qi- 
lib, intilib kelgani - hurriyat va ozodlik y o iid a hayotini qurbon qilib 
shahid ketgan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, 
Najmiddin Kubro, Namoz botir kabi xalq qahramonlarini, Qodiriy, 
Behbudiy, Munawarqori, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir 
singari millatimiz fidoyilarini eslashimiz ham qarz, ham farzdir.
Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o'zimizni inson sifati- 
da anglashni, odamiylik fazilatlarimizni ulugiashni nazarda tutamiz. 
Eng muhimi, bu hayajonli va iztirobli sana o‘mimizga keladigan 
yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida Vatan va 
yurt uchyn g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Bu hayotning go‘zal va nurafshon, yurtimizning ozod va obod 
bo‘lishida shu muqaddas zaminda yashayotgan qo‘li qadoq, niya- 
ti pok million-million yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor. Bu- 
gungi Xotira va Qadrlash kunida men ko‘pchilik qatorida ana shu 
kamtar va kamsuqum, oddiy, zahmatkash insonlami bag‘rimga olib, 
barchasiga ta’zim qilaman.
Muhtaram do‘stlar, yurtdoshlarim!
Bugun poytaxtimiz markazida bunyod etilgan muazzam Xotira 
maydoni ochilmoqda. Bu ham mustaqillik tafakkurining yana bir bor 
namoyon bo‘lishi, xalqimizning tabiatiga yot boigan eski qolip va 
soxta g ‘oyalardan voz kechganimizning yana bir tasdig‘idir.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda «noma’lum askar» degan tu­
shuncha nimani anglatar edi?
0 ‘zingiz o‘ylang, inson ona yurti, xalqining baxt-saodati uchun 
omonsiz janglarda jonini fido etsa-yu uning nomi nomadum bo‘lsa!
Axir, urushga ketgan har bir askaming nomi, nasl-nasabi uning 
ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, farzandlarining qalbida bir umr ar­
món bo‘lib yashaydi-ku! Axir, ulaming har biri shu xalqimiz, shu
583


millatimizning jondan aziz farzandlari, bizning jigarbandlarimiz 
emasmi?!
Biz uchun urushlarda qurbon bo‘lgan yuz minglab yurtdoshlari- 
mizning nomi ham, jasorati ham ma’lum va hech qachon unutilma- 
gay, inshoollo!
Shuning uchun biz ulaming nomlarini mana shu maydonda- 
gi muhtasham Xotira kitobiga zarhal harflar bilan mangu muhrlab 
qo‘ydik.
Toki bu muqaddas ziyoratgohga qadam qo‘ygan har bir inson, 
nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo ahli ajdodlarimizga, fidoyi jang- 
chilarimizga bo‘lgan buyuk ehtiromimizni ko‘rsin, ulaming xotirasi 
qarshisida ta’zim bajo etsin.
Aziz birodarlar!
Mana shu maydon markazida umsh va ayriliqlardan behad 
qayg‘u-jafo chekkan, farzandlari dog‘ida qaddi dol bo‘lgan Motam- 
saro ona haykali o‘matilgan.
Bu haykal uzoq tarixi davomida ne-ne balo-qazolami, jabr-u 
zulmlami, qirg‘in-qatag‘onlami boshidan kechirgan, ayni paytda 
o‘z erkinligi, insoniy haq-huquqlari uchun tinimsiz kurashgan ona- 
Vatanimizning yorqin timsolidir.
Inson bolasini Ona yorug‘ dunyoga keltiradi, oq yuvib oq taray- 
di. Uni beg‘araz mehri bilan ulg‘aytiradi. Inson qalbida neki olijanob 
tuyg‘ular va odamiylik xususiyatlari mavjud bo‘lsa, barchasi ona 
mehridan, ona tarbiyasidandir.
Vatanga muhabbat tuyg‘usi ona suti, ona allasi bilan qon- 
qonimizga singadi, ongimizga kiradi.
Shu bois Ona - Vatan, Vatan - Ona, demakdir. Biz mehr va 
muhabbatni, sadoqat va fidoyilikni munis onalarimizdan, beba- 
ho Vatanimizdan olamiz. Va bizning ham jamiki ezgu niyatlarimiz, 
xayrli ishlarimiz Ona-Vatanga atalgandir.
Motamsaro onaning mahzun qiyofasi har birimizni hushyorlikka 
chorlaydi. Umsh va qirg‘inlarga yo‘l qo‘ymaslikka, bugungi yom g‘ 
va dorilomon kunlarimizning qadriga yetib yashashga da’vat etadi.
Biz muqaddas Ona haykali poyiga bitilgan «Sen doimo qalbim- 
dasan, jigarim» so‘zlari millatimizning, xalqimizning qurbon bo‘lgan 
farzandlariga cheksiz ehtiromini anglatib, qalblarimizda doimo aks 
sado berib turadi.
Mangu olov tegrasiga zikr etilgan «El-yurtimizning erki va 
ozodligi, baxt-u saodati uchun hayotini qurbon qilgan vatandosh- 
larimiz xotirasi hamisha barhayotdir», degan so‘zlar esa uzoq va 
yaqin tariximizda bugungi ozodlik va mustaqilligimiz uchun ku-
5 8 4


rashib jon fido etganlar xotirasi yuraklarimizda abadiy yashashini 
anglatadi.
Aziz vatandoshlar!
Biz mustaqillik yillarida o ‘zligimizni anglash, tarixiy-milliy 
qadriyatlarimizni tiklash borasida nimaiki ish qilayotgan boisak, 
ulaming barchasini yagona maqsad-ko‘pmillatli xalqimizni birlash- 
tirish uchun qilmoqdamiz.
Ishonchim komilki, Xotira va qadrlash kuni xalqimizni yanada 
birlashtiradi, uning ruhiga malham boiadi, irodasini baquvvat, iy- 
monini butun qiladi.
Fursatdan foydalanib, mana shu muazzam obidani bunyod etish- 
da sidqidildan mehnat qilgan quruvchi va ustalarga, me’mor-u mu- 
handislarga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy min- 
natdorchilik bildirishga ijozat etgaysizlar.
Shunday xayrli va olijanob ishga hissam qo‘shilganidan men 
ham g ‘oyat baxtiyorman.
Aziz yurtdoshlarim!
Barchangizni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor tabriklay- 
man.
Hammangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlarimiz baxti- 
ni ko‘rish nasib etsin.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin