Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

S a m a r q a n d
1 9 9 8 - y il 2 3 -o k ta b r.
.
Al-Farg‘oniy dahosiga ta’zim
Qadrli yurtdoshlar!
Aziz mehmonlar!
Bugun yurtimizning qadimiy va so‘lim go‘shalardan biri 
Farg‘onada muborak bayram. Kecha biz tabarruk Samarqand zami- 
nida islom olamida yuksak obro‘-e’tibor qozongan ulug‘ vatando- 
shimiz, hadis ilmining sultoni, buyuk alloma Imom al-Buxoriyning 
tavallud to‘yini o ‘tkazib, g‘oyat savobli ishni ado etdik.
Bugun esa xalqimizning yana bir buyuk o ‘g ‘loni, o‘rta asr- 
lar jahoa ilm-fani asoschilaridan biri, qomusiy olim Ahmad al- 
Farg‘oniyning xotirasini yod etib turibmiz. Ushbu tarixiy voqealar 
butun dunyo ilm-u m a’rifat, m a’naviyat ahlining diqqat markazida 
bo‘lib, el-yurtimiz obro‘-e’tiborini jahonga tarannum etmoqda.
Aziz yurtdoshlar!
Kishilik taraqqiyotiga o‘zining o‘chmas ulushini qo‘shib, mam- 
lakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad 
muhrlagan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, 
Mirzo Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin 
Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug‘ siymolami yetishtirgan 
millat har qancha g ‘ururlansa arziydi.
0 ‘zbek diyorida parvarish topgan minglab alloma-yu adib- 
lar, olim-u mutafakkirlar qatoridan o ‘rin oigan Burhoniddin 
Marg‘iloniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maxdumi A’zam 
Kosoniy, Boborahim Mashrab, Nodirabegim kabi fozillar dunyoga 
kelgan Farg‘ona vodiysi ushbu aqidani yana bir bor tasdiqlaydi. 
Zero, bu maskan ham ko‘hna tariximizda, davfatchilik, ilm-u 
m a’rifat, madaniyat, me’morchilik an’analarimiz taraqqiyotida be- 
nazir o ‘ringa ega.
5 7 9


Aziz do’stlar!
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. 0 ‘zbek zami- 
nida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk 
iste’dodlaming parvarisb topgani bejiz emas, albatta.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o ‘zgarishlar, yangiliklar, 
ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfi- 
yotlar o ‘z-o‘zidan yuz bermaydi.
Buning uchun aw alo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit ta- 
fakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. 
Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari 
intilish mafkurasi va qonuniyati jo ‘sh urishi lozim.
Buning uchun eng aw alo mana shu qadimiy va betakror yurtga 
Ollohning nazari va e’tibori tushishi kerak.
Aziz do‘stlar, birodarlarim!
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi millatimiz uchun 
katta siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Biz bu sanani davlatchi- 
ligimiz va ilm-u madaniyatimiz tarixini, mustabid tuzum yillarida 
nohaq unutilgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlarini qayta 
tiklashdek olijanob ishning uzviy bir qismi, deb bilamiz.
Ahmad al-Farg‘oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati 
va ma’rifati xazinalaridan biri bo‘lib, milliy salohiyatimiz, milliy ta- 
fakkurimiz ko‘lami va qudratining isbotidir.
Ahmad al-Farg‘oniy kishilik tarixidagi ilk uyg‘onish davrining 
eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o ‘z zamonasi funda­
mental fani asoschilaridan edi.
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho‘qqilariga ko‘tari- 
lishiga sababchi bo‘ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dastu- 
rilamal bo‘lib xizmat qildi. Farg‘onalik bu fozil zotning «Astrono- 
miya asoslari» nomli shoh asari o‘n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit 
tillariga tarjima etilgan edi.
Yevropada kitob nashr yetish boshlangan XV asrda esa bu asar 
Italiyada, keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH 
kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani uning naqadar yuk- 
sak ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Inson tafakkurining bebaho 
mahsuli bo‘lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani bo’yicha 
o‘ziga xos qomus vazifasini o ‘tagan. Dunyoning eng nufuzli dorilfu- 
nunlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.
Ahmad al-Farg‘oniyning Yeming sharsimon shaklga egaligi 
borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotla- 
gan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb, Yer meredianining bir da- 
rajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la 
ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan.
580


Bu e ’tirof bobokalonimiz, yanada kengroq aytsam, millatimiz 
ilmiy salohiyatiga berilgan munosib bahodir.
Ahmad al-Farg‘oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi 
shu qadar ediki, alloma bobomizning nomi yer kurrasidagina emas, 
samoda ham abadiy shuhrat topdi. 0 ‘n oltinchi asrdayoq Oydagi 
kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi. Atoqli astronom Yan 
Geveliy tomonidan 1647-yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobi- 
da Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz- Ahmad 
al-Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi.
Muhtaram do‘stlar!
Bugun ozod yurtimizda Ahmad al-Farg‘oniy kabi zotlar yoqib 
ketgan ilm mash’ali yangitdan porlay boshladi. Biz o‘sib kelayot- 
gan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini, ulaming zamonaviy ilg‘or bilim- 
larga ega bo‘lgan holda ulug‘ bobokalonlarimiz merosiga munosib 
bo‘lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb bilamiz. 
Shu maqsadda mamlakatimizda yagona ta’lim-tarbiya tizimi maxsus 
Milliy dastur asosida tubdan isloh qilinmoqda.
Minglab farzandlarimiz yuksak taraqqiy topgan davlatlardagi 
eng nufuzli bilim dargohlarida tahsil olayotgani, buyuk ajdodlari- 
mizning izdoshlari sifatida aql-zakovat, ilmga chanqoqlik, tirishqoq- 
lik namunalarini ko‘rsatayotgani jamiyatimizni ertangi kuni yanada 
yorug‘ bo‘lishidan darak beradi.
Ahpiad al-Farg‘oniyga bag‘ishlangan tantanalar o‘zligimizni, 
qadr-qimmatimizni, millatimizning dunyoda tutgan o ‘mini anglash 
yo‘lida yana bir muhim vositadir. Ayniqsa, bu sananing UNESKO 
qarori bilan xalqaro miqyosida keng nishonlanishi Ahmad al- 
Farg‘oniy ilmiy merosini o ‘rganish borasidagi yangi-yangi tadqiqot- 
larga asos bo‘ladi, deb ishonaman.
Qadim Qubo tuprog‘ida bunyod etilgan muhtasham yodgorlik 
majmui, Ahmad al-Farg‘oniyning qarshingizda qad ko‘tarib turgan 
bu ulug‘vor haykali vatandoshlarimizning ulug‘ bobokalonimizga 
hurmat-ehtiromi hamda ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lib qolishi ta- 
biiydir.
Mana shu fursatdan foydalanib buyuk ajdodimiz xotirasini aba- 
diylashtirish, ko‘hna Qubo shuhratini tiklash, Farg‘ona shahrini vo- 
diy tarovatiga xos ravishda obod etishda sidqidildan mehnat qilib
bor mahoratlarini ishga solgan quruvchilarga, m e’morlarga samimiy 
minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Aziz yurtdoshlar!
Bugun Ahmad al-Farg‘oniy bobomizning to‘yini nishonlar ekan- 
miz, u qoldirgan merosning olamshumul ahamiyati haqida so‘zlar
581


ekanmiz, biz Farg‘ona zaminiga, Quva tuprog‘iga, shu yerdan o‘tgan 
odamlaming ruhi oldida va bugun yashayotgan avlodlar qarshisida 
ta’zim qilamiz.
Bu zotning shu yerda tug‘ilgani, tarbiya topib voyaga yetgani bu 
yurtni barchamiz uchun y anada aziz va mukarram qiladi.
Bu zot qayerda yashagan bo‘lmasin, xoh Bag‘dodda, xoh Da- 
mashqda, xoh Qohirada o‘z ilmiy kashfiyotlari bilan shuhrat top- 
gan bo‘lmasin, ishonamanki, u hamisha tug‘ilgan yurtini sog‘inib 
yashagan. Ona-Vatanining muhabbati va sög‘inchini bir umr qalbida 
saqlab yurgan. Bu tuyg‘u nafaqat ulug‘ insonlarga, balki iymonli, 
diyonatli har bir odamga xos xususiyatdir.
Muhtaram vatandoshlarim!
Yillar o‘tadi, asrlar o‘tadi, yangi avlod dunyoga keladi, lekin 
bu zotning nomi, buyuk merosi xalqimiz uchun shon-sharaf ramzi 
bo‘lib abadul-abad saqlanib qoladi.
Yana bir bor barchangizni bugungi qutlug‘ tantana bilan chin 
qalbimdan muborakbod etaman. Olloh taolodan hammangizga 
omonlik-farovonlik, ezgu va xayrli ishlaringizda madad tilayman. 
Ulug‘ bobomiz ruhi xonadoningizni nurafshon, qalbingizni munav- 
var etsin.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin