Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

1 9 9 7 - y il 2 0 -o k ta b r.
Buyuk allomaga yuksak ehtirom
Bismillohir rohmanir rohim.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlarim!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun yurtimiz va xalqimiz tarixida o ‘chmas iz qoldiradigan 
muborak va munavvar kundir.
Bugun ulug‘ ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini 
shod etish, bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul 
zoti sharifning xotirasini yod etish kunidir.
0 ‘ylaymanki, bu yerga yig‘ilgan jamoat, al-Buxoriyning 
mo‘tabar xokini ziyorat qilish sharafiga muyassar bo‘lgan mo‘’min- 
musulmonlar, tom ma’noda baxtiyordirlar.
Aziz do'stlar!
Bu kabi tantanalami o‘tkazishdan ko‘zlangan niyat va maqsad- 
larimiz haqida, muqaddas qadamjolami obod qilishimiz sabablari 
to‘g ‘risida ikki og‘iz so‘z aytishga ijozat bergaysizlar.
Eng avvalo, bu ishlami amalga oshirish zamirida savob degan 
oiijanob tushuncha yotadi. Savob - ulug‘ insoniy fazilat, yuksak is- 
lomiy qadriyatlardan biridir. Mening komil ishonchim shuki, savob 
ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak.
Savobli amallar qilish esa xalqimizga xos azaliy xislatdir.
Savobli ishlami qilgan odamga, uning el-u yurtiga albatta 01- 
lohning rahmatlari yog‘iladi. Muqaddas qur’oniy oyatda ta’kid- 
langanidek, «Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir». Biz ezgu 
ishlami qancha ko‘p qilsak, ulug‘ ajdodlarimizning izzat-ikromini 
joyiga qo‘ysak, ulaming tabarruk nomlarini butun dunyoga taran- 
num etsak, Yaratganimizning o‘zi bizni balo-qazolardan asraydi, biz- 
ga kuch-qudrat ato etadi, yo‘limizni ochib beradi.
Aziz yurtdoshlarim! 
«.
Biz muhim savolga javob izlab ko‘raylik: Olloh taolo qaysi yurt- 
da, qaysi tuproqda mana shunday ulug‘ zotlami dunyoga keltiradi?
5 7 5


Parvardigori olam buyuk zotlami 0 ‘zi aziz etgan joylardagi- 
na dunyoga keltiradi. Bunday yurtlar esa yer yuzida sanoqli. Biz 
cheksiz shukronalik bilan aytamizki, ona Vatanimiz Ollohning na- 
zari tushgan ana shunday muqaddas diyordir.
Yurtning muqaddasligi nima bilan belgilanadi?
Butun umrini iymon va e’tiqod, vatanparvarlik va insonparvar- 
lik, poklik va halollik, ilm va ma’rifat, adolat va diyonat y o iid a fido 
etgan zotlaming mo‘tabar xoklari makon topgan zamingina muqad- 
dasdir. Agar shunday insonlar bo‘lmasa, ular dahosining nafasi sezi- 
lib turmasa, har qanday zamin oddiy tuproq bo‘lib qolaveradi.
Qadrli do‘stlar!
Nima uchun biz kelajagimizning yorug‘ va farovon bo‘lishiga 
qat’iy ishonamiz?
Xalqimizni, ayniqsa, o ‘sib kelayotgan navqiron avlodimizni 
nega aynan shu e’tiqod asosida tarbiya etmoqdamiz?
Bu murakkab va qaltis zamonda yo‘limizda og‘ir sinov va 
to‘siqlar duch kelganda, ular qarshisida chorasiz qolganda, mislsiz 
mashaqqatlar holdan toydirganda ham biz kuch-qudratni qayerdan 
olamiz?
Eng avvalo Olloh taoloning bizga ko‘rsatayotgan marhamatidan 
olamiz.
Mana shunday vaziyatlarda bizga metin iroda, sabot-matonat, 
g ‘ayrat va jasorat baxsh etadigan buyuk va cheksiz yana bir manba 
bor.
Bu manba - ulug‘ ajdodlarimizning qonimizda jo ‘sh urayotgan 
azm-u shijoatidir.
Bu manba - al-Buxoriydek mumtoz bobolarimiz dahosining 
hayotbaxsh qudratidir.
Bu manba - ulaming bizga hamisha madadkor boiadigan 
o‘lmas ruhi poklaridir.
Ana shu haqiqat, ana shu e’tiqod vatandoshlarimiz, aziz farzand- 
larimiz yuragiga, ong-u shuuriga, tafakkuriga tobora teran singib 
bormoqda.
Biz komil ishonch bilan, 0 ‘zbekistonning istiqloli boqiy, istiq- 
boli buyuk, der ekanmiz mana shunday mustahkam asoslarga taya- 
namiz.
Muhtaram jamoat!
Qadrli mehmonlar!
Biz musulmon dunyosining uzviy qismimiz. Tariximizning 
eng fojiali, eng og‘ir davrlarida ham, mustabid tuzum changali- 
da bo‘lgan paytimizda ham, bizni dinimizdan ayirishga, unga xi-
576


yonat etishga majbur qilganlarida ham xalqimiz hech qachon o‘z 
islomiy e’tiqodidan qaytmagan. Boshiga qilich kelganda ham ota- 
bobolarining muqaddas dini bo‘lmish musulmonchilikka hamisha 
sodiq qolgan.
Biz, shioriy ezgulik bo'lgan butun dunyodagi ahli islom qatori, 
dinimizni doimo pok va sof saqlashga intilib kelganmiz. Va bu yo‘ldan 
aslo qaytmaymiz. Shuning uchun ham dinimizdan har xil g‘arazlik va 
порок maqsadlar yo‘lida foydalanishga mutlaqo qarshimiz.
Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qila- 
digan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas-tuganmas 
kuch-qudrat manbayi bo‘lib qolishiga ishonaman.
Aziz birodarlarim!
Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun 
musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom 
ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod 
timsolidir.
Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslim- 
ning al-Buxoriyga qarata: «Ey, ustozlaming ustozi, muhaddislaming 
sultoni, hadislaming tabibi! Poyingizni o‘pishga ijozat bering!» deya 
qilgan xitobi ahli islomning ulug‘ bobomizga hurmat va e’tirofi na- 
qadar yuksakligini ko‘rsatadi.
Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy me­
ros qoldirib kptdi. Bu merosning gultoji - eng ishonchli hadislar 
to‘plami - «Al-Jome’ as-Sahih» islom dinida Qur’oni Karimdan 
keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonla- 
rining e ’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblaming 
eng ulug‘idir.
Mana, o ‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini 
iymon nuri bilan m unaw ar etib, haq va ezgulik yo‘liga chorlab kel- 
moqda.
Yaratganimizga shukurlar bo‘lsinki, ozodligimiz sharofati bilan 
al-Buxoriydek ulug‘ ajdodlarimiz el-yurti bag‘riga qaytmoqda. Allo- 
maning o ‘lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u 
tafakkurimizni ravshan etmoqda. Qalblarimizni iymon nuri va mehr- 
oqibat tuyg‘ulari bilan musafFo etmoqda.
Muhtaram birodarlarim!
Biz eski tuzum, eski maikura tuzumidan xalos boigach, 
o‘zligimizni, qanday ulug‘ insonlaming avlodi ekanimizni, qanday 
boy va betakror ma’naviy meros vorislari ekanimizni anglash, mil- 
liy qadriyatlarimizni tiklash yo’lida tarixda iz qoldiradigan ko’pgina 
xayrli ishlami amalga oshirdik.
19 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
5 7 7


Shular qatorida ozodligimizning dastlabki yillaridanoq biz Imom 
al-Buxoriy maqbarasini ul zotning sha’n-shavkatiga munosib, yon- 
atrofi m unaw ar go‘shaga, ziyoratga kelgan mo‘min-musulmonlarga 
ruhiy-ma’naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qil- 
gan edik.
Ollohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qut- 
lug‘ kundan men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki zi- 
yoratgoh emas, balki go‘zal 0 ‘zbekistonimizni butun dunyoga ta- 
nitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir 
insonni hayot va abadiyat haqida o ‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib 
qolishiga ishonaman.
Keyingi yillarda yurtimizda qad rostlayotgan muhtasham 
imorat va inshootiami bunyod qilishda milliy an’analarimizga, 
me’morchilik san’atimizning o‘ziga xos va o ‘ziga mos uslub va 
naqsh-u ziynatlaridan foydaianishga alohida e ’tibor berilmoq- 
da. Mamlakatimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan bunday betakror va 
ko‘rkam binolar har bir yurtdoshimizni mamnun etishi, yuragida 
g‘urur uyg‘otishi tabiiydir.
Istiqlol davrida mana shunday loyihalami tuzish va amal- 
ga oshirishda bosh bo‘lib turganimdan, shu olijanob ishlarga hissa 
qo‘shish nasib etganidan ko‘pchilik qatori men ham benihoya mam- 
nunman. Ayniqsa, al-Buxoriy majmui loyihasining tashabbuskori 
bo‘lganimdan, uning shu shaklda, shu mazmunda barpo etilishida 
hissam borligidan umrim boricha faxrlanib yuraman.
Bu Olloh taolo oldida, ajdodlar ruhi oldida, xalqim oldida me- 
ning insoniy burchim edi.
Bu qutlug' maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har 
qancha tahsinga arziydi. Bu ulug‘vor majmua Samarqandu Buxoro, 
Xiva-yu Toshkent, Andijon-u Namangan, Shahrisabz-u Qo‘qon va 
Marg‘ilon shaharlaridan, mamlakatimizning turli viloyatidan kelgan 
fidoyi insonlar mehnatining samarasidir.
Bir so‘z bilan aytganda, uning bunyodkori butun 0 ‘zbekistondir.
Fursatdan foydalanib, ushbu ziyoratgohni obod qilishda jon- 
bozlik ko‘rsatgan quruvchilarga, qo‘li gul ustalarimizga, mohir 
m e’morlarimizga, shu ulug‘ obidaga g ‘isht qo‘ygan, naqsh-u jilo 
bilan unga sayqal bergan har bir vatandoshimizga, ulug‘ bobomiz- 
ga ehtirom bildirib, uzoq-yaqindan yurtimizga tashrif buyurgan aziz 
mehmonlarga xalqim nomidan cheksiz minnatdorlik izhor etaman.
Muhtaram j amoat!
M a’himki, Islom dinining bosh g‘oyasi - bu «Lo iloha illallohu, 
Muhammadun rasulilloh» kalimasidir. Mana shu iymon kalimasini
578


ro‘yi zamindagi har bir musulmon qalbiga singdirishda al-Buxoriy 
beqiyos jasorat ko‘rsatdi. Shu sababli ham ul hazratning muborak 
nomi abadul-abad insoniyat xotirasidan o‘chmagay, inshoolloh.
Ushbu saodatli damlarda Imom al-Buxoriy bobomizning ruhi 
poklari shod bo‘lib, qabrlari nuri ilohiyga to‘lgan bo‘lsin!
Ul muborak zotning poyida duogo‘y bo‘lib turganlaming, butun 
xalqimizning, jamiki ahli islomning xayrli va savobli ishlarida Rob- 
bimizning o‘zi madadkor bo‘lsin!

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin