Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə361/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

6-§. Toshkent - Sharq darvozasi
Dunyoning turli burchaklaridan yurtimizga tashrif buyurayot- 
gan mehmonlar mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqi- 
yoti haqida, avvalo, 0 ‘zbekiston ostonasi - poytaxtimizni ko‘rib 
xulosa chiqaradilar. Zotan, har qanday poytaxt o‘z mamlakatining 
qiyofasi, ko'zgusi. Davlatning obro‘-e’tibori, qudrati va boy imko- 
niyatlari uning poytaxti qiyofasi, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati bilan 
ham oTchanadi. Toshkent ham ana shunday millat va davlat ramziga 
aylangan Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish- 
lar, bunyodkorlik ishlari bilan dastlab Toshkentda tanishadilar. Bu 
tabiiy, albatta. Chunki, har qanday mamlakatda poytaxt juda ko‘p 
jihatlari bilan boshqa hududiy birliklarga qaraganda muhim siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy ahamiyat kasb etadi.
Toshkentdagi biri biridan go‘zal bog‘-rog‘lar, zamonaviy insho- 
otlar, keng va ravoriyoTlar, qo‘yingki, barchasi xalqimizning hozirgi 
farovonligidan dalolat berib turibdi.
7 2 4


Geografik jihatdan Toshkcnt har qanday poytaxt-shahar havas 
qilsa arziydigan qulay mintaqadun o'rin oigan. Markaziy Osiyoning 
o ‘rtasida joylashgan Toshkentni asosiy xalqaro magistrallar, kom- 
munikatsiya tarmoqlari kesib o'tadi. Bctakror tabiatli diyorimiz kabi 
ham iqlimi, ham ko‘rk-u jamoli hilan ajralib turuvchi bu shahar 
istalgan xalqaro tashkilot, muassasa va kompaniya vakillarining 
e’tiborini tortishi shubhasiz. 0 ‘zbekiston hilan siyosiy, iqtisodiy, ma- 
daniy va boshqa turli sohalarda munosabat o'rnatgun davlatlarning 
rahbarlaridan tortib, mamlakatimizga sarmoya olib kirib, tadbirkor- 
larimiz bilan hamkorlik qilayotgan bizncsmcnlargacha 
hatnma- 
hammasi eng aw al Toshkentga qadam qo'yadi. Ko'plab nufuzli 
xalqaro tashkilotlar, yirik kompaniyalar o‘z vakolatxonalari uchun 
joy sifatida aynan poytaxtimizni tanlagan. Albatta, bu bcjiz anas. 
Chunki Markaziy Osiyoning yuragi deya nom qozongan Toshkcnt 
o ‘ziga xos mavqeyi bilan ham, o‘z infratuzilmaviy afzalliklari bilan 
ham bu horada yuksak ahamiyat kasb etadi. Yildan yilga ko'payib 
borayotgan turli vakolatxonalar, yirik korporatsiyalaming boTimlari, 
xalqaro tashkilotlaming qarorgoh hamda turli-tuman anjumanlar, 
uchrashuv va sammitlar, xalqaro musobaqalar uchun jonajon Tosh- 
kentimizning tanlanishi qalblarimizda cheksiz iftixor tuyg‘ularini 
uyg‘otadi. Ba’zan dunyo siyosiy xaritasida tenglar ichra teng boTib 
turgan poytaxtimiz nomini ko‘rib har bir fuqaro ich-ichidan quvo- 
nadi.
Toshkent - regpublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va 
ma’naviy markazidir. Mamlakatning barcha boshqaruv organlari, 
respublika miqyosidagi tashkilot va idoralar poytaxtda joylashgan- 
ligi uning siyosiy mavqeyini belgilab bersa, aholi soni, yuksak salo- 
hiyatli kadrlaming shu yerda to‘planganligi va hududning iqtisodiy 
jihatdan ilg‘or taraqqiyot zonasiga aylangani Toshkentning iqtisodiy 
ahamiyatidan dalolat beradi.
Ba’zan o ‘ylab qolasan kishi. Biz - bir necha ming yillarga 
borib taqaladigan hayratomuz tarixga ega boTgan zamin farzand- 
lari mana shu diyorda mustaqil 0 ‘zbekiston davlatining bunyod 
boTishini ko‘rishga, istiqlol yoTining boshida turishga muyas- 
sar boTgan avlodmiz. Bu bizga taqdir tomonidan in’om etilgan 
yuksak sharafdir. Ammo bu ayni paytda juda katta mas’uliyat 
ekanligini ham har bir zamondoshimiz allaqachon tushunib yet- 
di. Biz mustaqillik yo‘li u qadar oson emasligini, butun millatning 
ezgu maqsadlar, buyuk g‘oyalar ostida jipslashishigina haqiqiy 
taraqqiyot sari yetaklashini ko‘rdik. Butun dunyo 0 ‘zbekiston xal- 
qining mana shu 1991 —
2007-yillar oradagi mashaqqatli melthatla- 
ri va bu mehnat natijasi boTmish ulkan bunyodkorlik jarayonlari,
725


yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar, milliy o‘zlikni anglash va butun 
mamlakatda keng quloch yozgan madaniy yuksalishga guvoh 
bo‘lib turibdi. Keling, ana shu 15 yillik intilish va harakatlarimiz- 
ga Toshkentimiz misolida nazar tashlaylik.
Albatta, tom ma’noda ozod, hur boTish uchun birinchi navbatda 
iqtisodiy jihatdan mustaqillik boTishi zarur. Qisqa davrda mamla- 
katimizda, qolaversa, poytaxtimiz Toshkentda g ’oyat muhim iqtiso­
diy, ijtimoiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Yurtimiz iqtisodiyotining 
rivojlanishi ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan xorijlik iqtisodchilami hay- 
ratga solish daraj asida kun sayin yuksalib bormoqda. Toshkent esa 
haqli ravishda ana shu taraqqiyotning o‘ziga xos ramzi, ko‘zgusiga 
aylana oldi.
Xususan 2000-2007-yillarda shahar iqtisodiyotining barcha tar- 
moqlari izchil rivojlanayotgani kuzatilmoqda. Yalpi hududiy mahsu- 
lot hajmi so’nggi o ‘n yil ichida o ‘rta hisobda 4-5 foizga ortib bordi. 
2005-yili esa bu ko‘rsatkich 11,4, joriy yilning olti oyi yakunlariga 
ko‘ra, 8,5 foizga o ‘sdi. Bugunga kelib yalpi hududiy mahsulot tarki- 
bida sanoat ulushi 16,1, qurilish sohasi ulushi 7,2, xizmat ko‘rsatish 
sohasi ulushi 60,8 foizni tashkil etdi. Erkin iqtisodiy muhit yaratil- 
ganligi, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l berilganligining samarasi 
oiaroq yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik biznes va tadbirkor- 
lar ulushi 47,1 foizga yetdi. 2006-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra Tosh­
kent shahridagi 4934 ta ishlab chiqarish korxonalarining 4750 tasi 
yoki 96,2 foizi kichik biznes subyektidir.
MaTumki, iqtisodiy o ‘sish salmog‘i va sur’ati avvalo sanoat 
sohasining rivojiga chambarchas bogiiq. 0 ‘tgan besh yilda bu soha- 
da keskin o ’sish boshlanganligiga nafaqat poytaxt ahli, balki butun 
mamlakat iqtisodchilari guvoh boTib turibdi. Sanoat sohasiga yuqori 
texnologiyalaming kirib qolishi, tarmoqda uddaburon va tavakkal- 
chilikdan cho‘chimaydigan, yangilikka intiluvchan ko‘p sonli xusu- 
siy tadbirkorlar qatlamining shakllanishi ushbu jarayonning boshla- 
nishiga kuchli turtki berdi. 0 ‘sish sur’ati har yili o ‘rtacha 10 foizni 
tashkil etayotgani fikrimiz dalilidir. 2000-yilda 561 milliard so’mlik 
sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan boisa, 2005-yilda bu ko'rsatkich 
1164,2 milliard so‘mga yetdi.
Bugungi kunda investitsiyalami jalb qilish iqtisodiyotimizning 
ustuvor vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda investorlaming bar- 
qaror faoliyat yuritishi uchun ham huquqiy, ham iqtisodiy jihat­
dan barcha sharoitlar yaratilgan. Shubhasiz, Toshkent shahrining 
sarmoyaviy reytingi ham, kirib kelgan mablagTami iqtisodiyotga 
yo’naltirish imkeniyatlari ham juda baland. Va bu qulaylikdan im- 
koniyat darajasida foydalanilayotganligini ham e ’tirof etish kerak.
7 2 6


0 ‘tgan yil yakunlariga ko‘ra poytaxtimizda mulkchilikning bar- 
cha shakllaridagi korxona va tashkilotlar tomonidan 741,6 milliard 
so'mlik kapital qo‘yilmalar o'zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2004-yilga 
nisbatan 111,9 foiz deya baholandi. Jumladan, shahrimizning tashqi 
iqtsodiy aloqalari koiam i kengayayotgani erishilayotgan yutuqlarda 
muhim omil bo‘lmoqda. Hozirda shahrimizda 120 dan ortiq mamla- 
katlar bilan iqtisodiy munosabatlar o‘matilgan.
Shahrimizda 13879 ta savdo va 3687 ta maishiy xizmat 
ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritayotgani ham aholiga ko‘pgina 
qulayliklar yaratmoqda. Savdo aylanmasi hajmiga ko‘ra bu soha 
respublikada birinchi o‘rinda turadi. Shu o‘rinda ta’kidlashim joiz, 
mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojiga katta 
e’tibor berilayotgani ayni muddao bo‘ldi. Chunki bu ish odamlar- 
ning og‘irini yengil qilish bilan birga kishilarimizning daromadini 
ko'paytirish, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi. 
Endilikda yalpi hududiy mahsulotda mazkur soha ulushining yana- 
da ortishi kutilmoqda. Shahar jamoatchiligi bu tashabbusni qoTlab- 
quvvatlaydi. Negaki, sohada yana 76,7 mingta ishchi o’rinlari tashkil 
etish va xizmat turlarini kengaytirish imkoniyatlari bor.
Iqtisodiy islohotlarda, ayniqsa, aholini ijtimoiy muhofaza qilish- 
dek muhim vazifa katta e’tibor talab qiladi. Zotan, bu Prezidentimiz 
tomonidan ilgari surilgan iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyilidan 
biridir.
Raqamlarga% murojaat qiladigan boisak, Toshkent shahri- 
da 2006-yilning 6 oyi ichida 4956 nafar kam ta’minlangan oilaga 
1062,5 million so‘mlik, 18 yoshgacha farzandi boigan 16158 na­
far oilaga 2436,4 million so‘mlik va oilasida 2 yoshgacha farzandi 
bo‘lgan 8927 nafar ishlamayotgan ayollarga 2251,6 million so‘mlik 
moddiy yordam berildi.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari ustunlik qilib borishi bilan 
davlat budjeti orqali milliy daromadni nomoddiy ishlab chiqarish- 
ning turli tarmoqlari va mamlakat hududlari o’rtasida qayta taqsim- 
lanishida mahalliy budjetlaming ahamiyati tobora ortib boradi. Ya’ni 
mahalliy budjet mablagiaridan oqilona va tejamkorlik bilan foyda- 
lanish orqali islohotlami amalga oshirishdagi ko‘zlangan maqsadlar- 
ga erishiladi.
Bu borada Toshkent shahar budjetining xarajatlariga to ‘xtalib, 
mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan ta’lim, sogTiqni saq- 
lash sohalarini rivojlantirishga alohida g ‘amxo‘rlik qilinayotganini 
ta’kidlash lozim. Ushbu e’tibomi mazkur sohalarga yo’naltirilishi 
rejalashtirilayotgan mablagTar miqdoridan ham ko‘rish mumkin. 
2006-yilda Toshkent shahri bo‘yicha ta’lim sohasiga 78,7 mlrd. so‘m
7 2 7


yoki mahalliy budjet jami xarajatlarining 32,8 foizi miqdorida mab- 
lag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Prezidentimizning «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivoj- 
lantirish Davlat umummilliy dasturi to‘g ‘risida»gi Farmoni va maz- 
kur Farmon ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining bir qator qa- 
rorlari natijasida maktablar zamonaviy tus olmoqda.
Shu asosda hozirgi kunda maktabgacha va maktab yoshidagi 
bolalaming zamonaviy sharoitlarda bilim olishi, kasb-hunar sirlari- 
ni puxta o‘rganishiga mukammal imkoniyatlar yaratib berilayapti. 
Barcha turnan xalq ta’limi bo‘limlari qoshida o ‘quvchilami kasb- 
hunarga yo’naltirish, pedagogik-psixologik Tashxis markazlari tash- 
kil etildi. Markazlar psixodiagnostik qo‘llanmalar, test va anketa sa- 
vollari bilan ta’minlandi.
Flozirgi kunda umumta’lim maktablarida 16807 nafar pedagog 
faoliyat ko‘rsatayotir. Umumiy o‘rta ta’lim tizimini takomillashti- 
rish va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida yetuk kadrlami 
izlab topish va ular ishini ommalashtirishda «Yil tarbiyachisi», «Yil 
o ’qituvchisi», «Yil maktabi», «Yilning eng yaxshi maktab kutubxo- 
nasi» kabi tadbirlar yaxshi samara bermoqda. Bundan tashqari «Pre- 
zident asarlari bilimdoni», «Sen qonunni bilasanmi?», «Sen tarixni 
bilasanmi?», « 0 ‘yla, izla, top» kabi ko‘rik-tanlovlari o‘quvchilarimiz 
orasida allaqachon ommalashib ketdi. «Umid nihollari» sport mu- 
sobaqalarida shahrimiz maktablari o ’quvchilari g ’oliblikni qo‘ldan 
bermasdan kelmoqda.
Albatta, bunda maktablardagi shart-sharoitlaming ahamiyati 
katta. Jumladan, 2006-yilning birinchi yarmida bir maktab yangi qu- 
rilgan boisa, 3 tasida kapital rekonstruksiya, 16 ta maktabda kapital 
ta’mirlash ishlari tugallandi. 19 ta maktabda joriy ta’mirlash ishlari 
ham belgilangan muddatlarda tugatildi.
Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islo- 
hotlarda asosiy e’tibor qaratilgan yana bir bosqich - o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limidir. Ilgari mutlaqo e’tiborsiz qolgan, hozirga kelib 
esa O ’zbekiston ta’lim tizimida o ’zining mustahkam o‘mini topish- 
ga ulgurgan akademik litseylar va kollejlar tarmog’i umumiy o ‘rta 
ta’lim bilan uyg‘un ravishda rivojlanish jarayonini boshdan kechir- 
moqda. Hozirda jahon talablari daraj asida jihozlangan, muhtasham 
ko’rinishga ega boigan 115 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey 
faoliyat yuritmoqda. Ularda 98857 nafar o ‘g ‘il-qiz 180 dan ortiq 
mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishmoqda.
Poytaxtda sog’liqni saqlash doim namunali bo‘lib kelgan. Hozir­
da bolalar, kattalar, ayollar poliklinikalari o‘miga yagona va mukam­
mal oilaviy poliklinikalar yo‘lga qo’yilayaptiki, bunday muassasalar
7 2 8


Toshkentdek aholisi ko‘p va zieh joylashgan shahri azimda sog‘liqni 
saqlash tizimida muhim rol o ‘ynaydi. Poliklinikalarda faoliyat yuri- 
tayotgan 974 nafar umumiy amaliyot vrachlarining har biriga 300- 
350 oila biriktirilgan bo‘lib, bu barcha aholi qatlamlarini qamrab 
olishga imkon berdi.
Moddiy-texnik bazani rivojlantirish maqsadida barcha davolash- 
profilaktika muassasalarida kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib 
borilmoqda. Shayxontohur tumanidagi 14 va 55-sonli, Sobir Rahi­
mov tumanidagi 4, 42-sonli, Uchtepa tumanidagi 8-oilaviy polik- 
linikalar xalqaro andozalarga mos ravishda qurilib, zamonaviy 
usbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Talabalar shaharchasidagi 32- 
poliklinikaga 232 milllion so‘m miqdorida homiylar mablag‘i ajra- 
tildi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeyi va jami- 
yatimizdagi ahamiyatini oshirishga ham jiddiy e ’tibor berildi. Ma- 
hallalar nufuzini aholi orasida yanada oshirish maqsadida fiiqarolar 
yig‘ini tarkibiga «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi ham- 
da diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha 
maslahatchi lavozimlari kiritildi, hozirgi kunda shahrimizdagi 474 
ta fuqarolar yig‘ini tarkibida 1896 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib 
kclmoqda. 2006-yilda shahar budjetida mahallalar fuqarolar yig‘ini 
faoliyatini moliyalashtirish uchun 1 mlrd. 426,3 min. so‘m ajratilishi 
bclgilangan.
Shuningdek, O^zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi- 
ning «Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qo‘llab-quwatlashga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2002- 
2006-yillarda Toshkent shahrida 3647 ta 1991-yilgacha qurilgan 
ko‘p qavatli uy-joylami, umumiy foydalanish joylarini va muhandis- 
lik kommunikatsiyalarini kapital ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, 
2006-yil 1-iyun holatiga 3302 ta uy ta’mirlandi. Yil oxirigacha qol- 
gan 345 ta uy ham to'liq ta’mirdan chiqarilishi rejalashtirilgan.
Toshkentdagi bunyodkorlik ishlari natijasida shahrimiz jamoli 
yil sayin emas, balki kun sayin o‘zgarib, dunyoning rivojlangan dav- 
latlari poytaxtlari qatoriga kirib borayotganligi har bir fuqaro qalbida 
faxr va iftixor hissini uyg‘otadi. Ayniqsa, yangi ravon ko‘chalar, 
obod mahallalar, so‘lim xiyobonlar, yodgorlik majmualari, ko‘rkam 
va mafitunkor faw oralar va salobatli ko‘priklaming qurilishi go‘zal 
shahrimiz ko‘rkiga yanada ko‘rk qo'shmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, jonajon Toshkentimizdagi o‘zgarishlar 
xuddi bir mo‘jizaga o‘xshaydi, lekin aslida bu mo‘jiza emas,-«bal­
ki, Ona yurtimizga, xalqimizga mustaqillik berayotgan bebaho 
ne’matning mevasidir.
729



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin