da bo‘lib, ulardan butunlay voz kechish vaqti yetgan edi. Chunki,
ular mazmun va mohiyati yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun
mutlaqo mos kelmas va hatto, yangi jamiyat oldida turgan tub maq-
sadlami amalga oshirishga monelik qilar edi.
Ikkinchidan,
0 ‘zbekiston o ‘z oldiga adolatli huquqiy demok-
ratik davlat qurish, taraqqiyotning bozor
iqtisodiyotiga asoslangan
yo‘lidan borish va insonparvar fiiqarolik jamiyatini shakllantirish
vazifasini maqsad qilib qo‘ygan edi. Bu borada rivojlangan mam-
lakatlar, shuningdek, milliy ozodlik harakatlari orqali mustaqillikka
erishgan va taraqqiyot yo‘liga kirgan boshqa qator davlatlar qonun-
chilik tajribasidan foydalanish lozim edi.
Uchinchidan,
mustaqil taraqqiyot yo‘lida
vujudga kelayotgan
milliy davlatchilik tizimi har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq-
ning o ‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy va ruhiy qadriyatlariga
mos bo‘lmog‘i lozim edi.
Bunday vazifani Konstitutsiyada belgilanganidek, qonun chiqa-
ruvchi vakillik hokimiyati - Oliy Majlis uddalamog'i kerak edi. Shu-
ning uchun ham Oliy Kengash XVI sessiyasidan (1994-yil, sentabr)
so‘ng 0 ‘zbekistonda yangi qonun chiqaruvchi
organ Oliy Majlisni
shakllantirish uchun amaliy choralar ko‘rila boshladi. Sessiya qarori-
ga muvofiq 1994-yil 25-dekabrida Oliy Majlisga, viloyat, shahar va
turnan kengashlariga saylovlar belgilandi.
Saylov kompaniyasini muvaffaqiyatli o ‘tkazish uchun zarur sha-
roitlar yaratildi. 0 ‘zbekistonda saylov kompaniyasi qonunchilikka
qat’iy rioya qilingan, ijtimoiy barqarorlik va osoyishtalik to‘la saq-
langan holda olib borildi. Birgina misol: 1994-yil 14-15-noyabrida
Toshkentda Oliy Majlisga saylov o ’tkazuvchi
okrug saylov ko-
missiyalari raislarining uch kunlik seminari b o iib o‘tdi. Seminar-
kengashda mamlakat hayotida ham, fuqarolar hayotida ham ulkan
ahamiyatga molik yangilanishlar olib kirilishi zarurligi ta’kidlandi.
0 ‘zbekistonda ro‘y berayotgan demokratik o'zgarishlar, xu-
susan ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov kompaniyasi jahon
hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg'otdi. Shu bois yuqorida til-
ga oiingan seminar-kengashda Birlashgan
Millatlar Tashkilotining
0 ‘zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O'zbekistondagi
Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi
F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok
etib, sayiovga taalluqli qimmatli tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.
Jumladan, Xolid Malik 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida
Okrug saylov komissiyalari raislari bilan
seminar-kengash ishida
uchrashish o'zi uchun yuqori martaba ekanini ta’kidladi. U seminar-
98
kengashni tarixiy sana - saylovlar oldidan 0 ‘zbekistonda demokra-
tik jamiyat barpo qilish yo‘lida oldinga bosilgan qadam bo‘ladi, deb
baholadi.
Saylovlami qonun talablari asosida o ‘tkazish uchun mamla-
kat bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tu-
zildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat
qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi.
Saylov-
ni ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o ‘tkazishni ta’minlash
uchun qonunda belgilangan muddatlarda tadbirlar belgilandi. 139
saylov okrugida uchtadan, 106 saylov okrugida ikkitadan nomzod
ovozga qo‘yildi. Saylovda ro‘yxatga olingan 17 million 248 ming
464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi
o‘z konstitutsion huquqidan foydalandi.
Vakillik hokimiyati organlari tomonidan Oliy Majlis deputatlari-
ga 2 ming 850 nomzod hamda viloyatlar, Toshkent shahri kengashla-
rining, Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kengesining deputatligiga salkam
2 ming nomzod ko‘rsatildi.
Fuqarolaming o‘z-o‘zini boshqarish organlari shahar va turnan
kengashlari deputatligiga salkam 6 ming, siyosiy partiyalardan de-
putatlikka jami 6 ming 110, jumladan, birinchi chaqiriq 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga
Xalq demokratik partiyasi-
dan 247, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 146, hokimiyatning va
killik organlaridan 250 nomzod ko‘rsatildi. Hamma joyda saylovlar
qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g ‘ridan to‘g‘ri saylov
huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o ‘tkazildi. 1994-yil
25-dekabrida, 1995-yil 8 hamda 25-yanvarda b o iib o ‘tgan saylov-
larda saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bi
lan ovoz berdilar. Bu Oliy Majlis - yangi Parlamentni demokratik
yo‘l bilan shakllantirishning mamlakatimiz
tarixidagi ilk tajribasi
boidi.
1995-yil 23-fevralida o‘z ishini boshlagan yangi tarkibda-
gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi
0 ‘zbekiston tarixida o‘ziga xos sahifa ochdi. Sessiyada I. Karimov
« 0 ‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari» to‘g‘risida keng qamrovli ma’ruza qildi.
Dostları ilə paylaş: