partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining
o ‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalar-
ning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek,
vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ulaming faoli
yatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy par
tiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament to-
monidan tasdiqlanishining qat’iy belgilangan tartib va mexanizmi-
ning joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik islohotlami
chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalaming Qo
nunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazimi iste’foga chiqa-
rish, mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat ho-
kimlarini iste’foga chiqarish to‘g ‘risida tashabbus bilan chiqish
huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bu-
laming barchasi si^bsiy partiyalaming mamlakat hayotidagi o‘mi va
ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va
vazifalarini, awalam bor iqtisodiy va ijtimoiy masalalami hal etish,
budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ish-
larini moliyalashtirish, odamlami ish bilan ta’minlash va aholi
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hoki-
miyat, fuqarolaming o‘zini o ‘zi boshqarish organlari, mahallalarga
bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
ft 95
I k k i n ch i b o b JAMIYATNI MODERNIZATSIYALASH DAVRIDA SIYOSIY ISLOHOTLAR 1-§. 0 ‘zbekistonda Oliy davlat vakillik organi -