27
javob beruvchi shaxs qabul qilgan boshqaruv qarorlari
va tarqatgan axborotning
harakatini aks ettiradi. Bu boshqaruvning eng sodda tashkiliy tuzilmalaridan biridir. U
har bir tarkibiy bo‗lim barcha vakolatlarga ega bo‗lgan, barcha boshqaruv funksiyalarini
bajaradigan rahbar tomonidan boshqarilishi bilan tavsiflanadi.
Korxona rahbari
A pog‗ona rahbari
B pog‗ona rahbari
Ijrochilar
ijrochilar
Mehmonxonani boshqarishning chiziqli tuzilmasi
Rasmdan ko‗rinadiki, chiziqli boshqarishda har bir bo‗g‗in va har bir xodim bitta
rahbarga ega bo‗ladi. Boshqarishning barcha komandalari
ana shu shaxs orqali bitta
kanal bo‗ylab o‗tadi. Bu holda boshqaruv bo‗g‗inlari o‗zlari boshqaruvchi obyektlar
faoliyatining barcha natijalari uchun javob beradilar. Bunda
har bir obyektga alohida
rahbar tayinlanadi va ularning har biri barcha turdagi ishlarni bajaradi va mazkur
obyektni boshqarish bilan bog‗liq qarorlar qabul qiladi.
Boshqaruvning chiziqli tuzilmasida qarorlar «yuqoridan pastga» zanjir bo‗ylab
uzatilgani, boshqaruv quyi bo‗g‗inining rahbari nisbatan yuqori bo‗g‗in
rahbariga
bo‗ysungani uchun muayyan mehmonxona rahbarlarining o‗ziga xos ierarxiyasi
shakllanadi. Ayni holda yakkaboshchilik prinsipi amal qiladi.
Uning mohiyati shundan
iboratki, barcha xodimlar faqat bitta rahbarning buyruqlarini bajaradi. Yuqori boshqaruv
organi ijrochilarning bevosita boshlig‗ini chetlab o‗tib, ularga ko‗rsatma berish huquqiga
ega bo‗lmaydi. Boshqaruvning chiziqli tuzilmasi mantiqan izchilroq va shaklan aniqroq
bo‗lsa-da, uncha moslashuvchan emas. Mazkur tuzilma oddiy barqaror masalalarni
echishga mo‗ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks
masalalarni echish ancha
qiyin kechadi. Chiziqli tashkiliy tuzilmaning o‗ziga xos ijobiy tomonlari va
kamchiliklari bor.
Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining ijobiy tomonlari:
1) farmoyishlarning birligi va aniqligi;
2) ijrochilar harakatlarining muvofiqlashtirilganligi;
3) boshqarishning soddaligi (aloqa kanali bitta);
4) javobgarlik aniq belgilab qo‗yilishi;
5) vazifalar tezkor hal etilishi;
6) o‗z bo‗limi faoliyatining pirovard natijalari uchun rahbar shaxsan javob berishi.
Boshqaruv chiziqli tashkiliy tuzilmasining kamchiliklari:
1) rahbarga katta talablar qo‗yiladi; u boshqaruvning barcha funksiyalari bo‗yicha
samarali rahbarlikni ta‘minlash uchun har tomonlama puxta tayyorlangan bo‗lishi kerak;
2) qarorlarni rejalashtirish va tayyorlash bo‗limi mavjud emas;
3) axborot, qo‗l ostidagi xodimlar, yuqori rahbarlar bilan haddan tashqari ko‗p;
4) bunday boshqaruv sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilik paydo bo‗lishi xavfi
kuchli.