O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mehmonxonani boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

 
Mehmonxonani boshqarishning chiziqli-funksional tuzilmasi 
Bu holda bo‗limning funksional tuzilmalari bosh pog‗ona rahbariga bo‗ysunadi. 
O‗z qarorlarini ular yo bosh rahbar orqali, yo (o‗z vakolatlari doirasida) bevosita ijrochi 
xizmatlarning tegishli rahbarlari orqali amalga oshiradi. Shunday qilib, chiziqli-
funksional tuzilma pog‗ona rahbarlari qoshidagi maxsus bo‗limlarni o‗z ichiga oladi. 
Chiziqli-funksional tuzilma ham o‗z ijobiy tomonlari va kamchiliklariga ega.
Chiziqli-funksional tuzilmaning ijobiy tomonlari: 
1) xodimlarning ixtisoslashuvi bilan bog‗liq qarorlar va rejalar puxtaroq 
tayyorlanadi; 
2) bosh pog‗ona menejeri muammolarni mufassal tahlil qilishdan ozod etiladi; 
3) maslahatchilar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Chiziqli-funksional tuzilmaning kamchiliklari: 
1) ishlab chiqarish bo‗limlari o‗rtasida gorizontal darajada yaqin aloqalar mavjud 
emas; 
2) javobgarlik yetarli darajada aniq belgilanmagan, chunki qarorni tayyorlovchi, 
qoida tariqasida, uni amalga oshirishda qatnashmaydi; 
3) vertikal aloqalar tizimi haddan tashqari rivojlangan, ya‘ni haddan tashqari 
markazlashish holatlari mavjud.
4.Boshqaruvning tashkiliy strukturasini tashkil qilish tamoyillari 
Mehmonxonaning barcha rahbarlari boshqaruv funksiyalarini bajarsa-da, ular 
mehnat faoliyatining ayni bir turi bilan shug‗ullanadi deb bo‗lmaydi. Ayrim rahbarlar 
boshqa rahbarlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‗ullanadi. So‗nggi zikr 
etilgan 
rahbarlar 
esa, 
o‗z navbatida, quyi bo‗g‗in menejerlarining ishini 
muvofiqlashtiradi.
Noboshqaruv xodimlari – mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‗rsatuvchi 
odamlar ishini muvofiqlashtiruvchi rahbar darajasigacha shunday davom etadi. 
Rasmdagi piramida shakli boshqaruvning quyi darajasidan boshlab, har bir keyingi 
darajasida odamlar soni oldingidan kamroq bo‗lishini ko‗rsatadi. Mehmonxona 
korxonasini boshqarishning oliy darajasi mehmonxona egasi va bosh direktoridan tashkil 
topadi. Ular strategik xususiyatga ega bo‗lgan umumiy qarorlar qabul qiladi. Bunda 
Юридик хизмат 
Бош менежер

Техник директор

Жойлаштириш быйича 
директор 
Ов=атланиш быйича 
директор 
Былимлар 
Социологик тад=и=отлар 
сектори




30 
jismoniy shaxs yoki korporatsiya mehmonxona egasi bo‗lishi mumkin. Mehmonxona 
egasi tomonidan belgilanadigan mehmonxonaning strategik maqsadiga korxonani 
bozorning muayyan segmentiga, chunonchi: gruppaviy turistlarga yoki yakka tartibda 
sayohat qiluvchi turistlarga, dam olish va sog‗lig‗ini tiklashga harakat qiluvchi 
turistlarga yoki kongresslar va konferensiyalarning ishtirokchilariga xizmat ko‗rsatishga 
yo‗naltirish misol bo‗lishi mumkin.
Strategik maqsadni rivojlantira borib, mehmonxona egasi mehmonxona kompleksi 
tarkibidagi restoran faqat o‗z mehmonlariga xizmat ko‗rsatishini belgilab qo‗yishi 
mumkin. Shuningdek, korxonaning asosiy maqsadiga muvofiq, mehmonxonada 
joylashtirishga muayyan darajada narxlar belgilanishi mumkin. Bunday qarorlar va 
vazifalar umumiy qarorlar va vazifalar toifasiga kiradi. Korxonaning katta-kichiqligi, uni 
qurish uchun joy tanlash, uning arxitekturasi va intereri, mebeli, uskunalari, xodimlarni 
tanlash ana shu qarorlar va vazifalarga bog‗liq bo‗ladi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin