O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruv usullarining turlari va ularning ahamiyati



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

2.Boshqaruv usullarining turlari va ularning ahamiyati 
Mehmonxona korxonalarini boshqarish amaliyotida turli uslublar va ularning har 
xil uyg‗unliklari birvarakay qo‗llanadi. Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda 
boshqaruv uslublari mazmuni, ta‘sir obyekti va ularning tasnifi tushunchalarining 
yagona talqini mavjud emas. Biroq, tasniflash usulidan qat‘i nazar, boshqaruv 
uslublarining barchasi bir-birini to‗ldiradi. Zero, ularning mo‗ljali bitta - turli mehnat 
faoliyati bilan shug‗ullanuvchi odamlarga yordam berish. Boshqaruvning muayyan 
uslubida mazmun ham, mo‗ljal ham, tashkiliy shakl ham muayyan tarzda 
mujassamlashadi. Shundan kelib chiqib, boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish 
mumkin: 
1) iqtisodiy uslublar; 
2) tashkiliy-ma‘muriy uslublar; 
3) ijtimoiy-psixologik uslublar. 
3.Boshqarishning tashkiliy-ma‟muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullar. 
Boshqaruvning iqtisodiy uslublari. Boshqaruv munosabatlari, birinchi navbatda, 
iqtisodiy munosabatlar hamda ularning zamirida yotuvchi odamlarning obyektiv 



33 
ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi. Shu bois iqtisodiy uslublar boshqaruvda 
markaziy o‗rinni egallaydi.
Qo‗yilgan maqsadga boshqariluvchi obyektning iqtisodiy manfaatlariga ta‘sir 
ko‗rsatish orqali erishilgan taqdirda boshqaruvning iqtisodiy uslublari qo‗llanganligi 
to‗g‗risida so‗z yuritish mumkin.
Boshqaruvning iqtisodiy uslublari samara berishi uchun hech bo‗lmasa 
mehmonxonaning iqtisodiy stimullarga «hozirjavobligi» ta‘minlanishi lozim. Faqat 
asoslantirilgan mustaqillik sharoitida boshqaruvning iqtisodiy uslublariga o‗tish 
mumkin. Bunda mehnat jamoasi moddiy fondlar, olingan daromad (foyda) va mehnat 
haqini tasarruf etadi va o‗z iqtisodiy manfaatlarini ro‗yobga chiqaradi.
Iqtisodiy uslublar yangi imkoniyatlar va zaxiralarni aniqlashga ko‗maklashadiki, bu 
bozor munosabatlariga o‗tish davrida ayniqsa muhimdir. Bu erda ishlab chiqarish 
jarayoni barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, moddiy 
rag‗batlantirish tizimini o‗zgartirish to‗g‗risida so‗z yuritilmoqda.
Rejalashtirish, rag‗batlantirish va boshqarishni takomillashtirish iqtisodiy 
mexanizmini qayta qurish bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga o‗tish dasturini amalga 
oshirishning zarur ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini ta‘minlashi lozim. Buning uchun 
zamirida normativ uslub yotuvchi rejalashtirish metodologiyasi va texnologiyasini 
tubdan o‗zgartirish zarur. Normativlardan kelib chiqib, mehmonxonaning yuqori 
boshqaruv organlari va budjet bilan o‗zaro munosabatlari shakllanadi.
Barqaror normativlarni qo‗llash mehmonxona ixtiyorida qoluvchi mablag‗larni 
aniqroq hisobga olish imkonini beradi. Majburiy to‗lovlar amalga oshirilganidan keyin 
ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish va mehnatga haq to‗lash fondlari tarkib 
toptiriladi. Ayrim bozor tuzilmalarida mazkur fondlar ajratilmaydi, hosil bo‗lgan 
daromad mehnat jamoasining qaroriga binoan ishlab chiqarish va moddiy sohalarni 
rivojlantirishga yo‗naltiriladi.
Boshqarish amaliyotida rahbarlikning iqtisodiy uslublari ko‗pincha quyidagi 
shakllarda amal qiladi: rejalashtirish, tahlil, xo‗jalik hisobi, mahsulotga narx belgilash va 
moliyalashtirish. Boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublaridan farqli o‗laroq, 
iqtisodiy uslublar umumiy iqtisodiy-reja ko‗rsatkichlarini va ularga erishish vositalarini 
ishlab chiqishni nazarda tutadi. Iqtisodiy vositalar va stimullar samaradorligining 
oshirilishi natijasida shunday shart-sharoit yuzaga keladiki, unda mehnat jamoasi va 
uning a‘zolari ma‘muriy ta‘sir ko‗rsatish (buyruqlar, direktivalar, ko‗rsatmalar va sh.k.) 
bilan emas, balki iqtisodiy rag‗batlantirish bilan samarali ishlashga da‘vat etiladi.
Boshqaruvning iqtisodiy uslublari zamirida tashkiliy-ma‘muriy va ijtimoiy-
psixologik uslublar rivojlanishi va mustahkamlanishi, ularni amalda qo‗llash mahorati va 
madaniyati oshib borishi lozim.
Boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublari. Boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy 
uslublari bevosita direktiv ko‗rsatmalarga asoslanadi. Boshqaruv mexanizmining 
tarkibiy qismini tashkil etuvchi tashkiliy munosabatlar mazkur uslublardan 
foydalanishning obyektiv negizidir. Tashkiliy-ma‘muriy faoliyatning vazifasi qo‗l 
ostidagilar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat. Iqtisodiy uslublar jamoada 
mehnatning izchilligi, intizomliligi va batartibligini ta‘minlaydigan tashkiliy-ma‘muriy 
ta‘sirsiz mavjud bo‗la olmaydi. Tashkiliy-ma‘muriy va iqtisodiy uslublarning oqilona 



34 
nisbati va uyg‗unligini ta‘minlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy uslublarning ta‘sir 
doirasini faqat boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublarini siqib chiqarish hisobiga 
kengaytirishni nazarda tutuvchi yondashuvni ilmiy nuqtai nazardan ham, amaliy nuqtai 
nazardan ham to‗g‗ri deb bo‗lmaydi. Boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublari asosan 
rahbar hokimiyatiga, uning huquqlariga tayanadi. Ammo ma‘muriy uslublar 
rahbarlikning irodaviy va subyektiv uslublari, ya‘ni ma‘muriyatchilik bilan bir emas.
Boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublari boshqariluvchi obyektga yozma yoki 
og‗zaki tarzda beriladigan buyruqlar, farmoyishlar, ko‗rsatmalar, ularning bajarilishi 
ustidan nazorat, mehnat intizomini saqlashning ma‘muriy vositalari tizimi va h.k. orqali 
bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. Ularning vazifasi tashkiliy izchillik va mehnat intizomini 
ta‘minlashdan iborat. Bu uslublar mehnat va xo‗jalik qonun hujjatlari, normativ-huquqiy 
hujjatlar bilan tartibga solinadi. Tashkiliy-ma‘muriy uslublar uch shaklda namoyon 
bo‗lishi mumkin: 

majburiy ko‗rsatma (buyruq, taqiq va sh.k.); 

kelishuv shakllari (maslahatlashish, murosaga kelish); 

tavsiya, istak (maslahat, tushuntirish, taklif va sh.k.). 
Tashkiliy-ma‘muriy uslublarning barcha shakllari, mohiyat e‘tibori bilan, ishlab 
chiqarish jarayonlarini oqilonalashtirish maqsadida yuqori boshqaruv organlarining 
qonunlar va qarorlar, rahbarlarning buyruqlari va farmoyishlariga rioya etishga 
yo‗naltirilgan bevosita topshiriqlari va ko‗rsatmalaridir. Tashkiliy-ma‘muriy uslublar 
boshqa uslublardan direktivalarning aniq adresliligi, farmoyish va ko‗rsatmalarni 
bajarishning majburiyligi bilan farq qiladi. Mazkur farmoyish va ko‗rsatmalarni 
bajarmaslik ijro intizomini to‗g‗ridan-to‗g‗ri buzish deb qaraladi va muayyan 
javobgarlikka tortishga sabab bo‗ladi. Mohiyat e‘tibori bilan, tashkiliy-ma‘muriy 
uslublar majburlov uslublari bo‗lib, ular toki mehnat insonning eng muhim hayotiy 
ehtiyojiga aylanmagunicha o‗z kuchini saqlab qoladi. Boshqaruv faoliyati amaliyotida 
ma‘muriy ta‘sir ko‗rsatish, qoida tariqasida, tobelikning quyidagi uch turi bilan bog‗liq: 

majburiy va sirtdan yuklangan tobelik. U noxush qaramlik tuyg‗usini uyg‗otadi 
va qo‗l ostidagilar tomonidan «yuqoridan» tazyiq deb tushuniladi; 

passiv tobelik. Unga mustaqil qarorlar qabul qilishdan holos bo‗lganlik bilan 
bog‗liq qoniqish tuyg‗usi xos; 

ongli, ichki asoslangan, rahbarni ham, xodimni ham qanoatlantiruvchi tobelik.
Boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublari boshqariluvchi tizim faoliyati va uning 
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi, boshqaruv obyektiga izchil ta‘sir 
ko‗rsatadi. Rahbar va xodimning bevosita aloqasi to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatishning 
o‗ziga xos xususiyatlaridan biridir. Biroq, to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatish pirovard 
natijada 
xodimlar 
passivligining 
kuchayishiga, 
ba‘zan esa hatto yashirin 
bo‗ysunmaslikka olib keladi. Bilvosita ta‘sir ko‗rsatish uslublari, agar ular muayyan 
vazifalar qo‗yish va ularni bajarishga rag‗batlantiruvchi shart-sharoit yaratish orqali 
amalga oshirilgan bo‗lsa, ko‗proq samara beradi.
Shunday qilib, boshqaruvning tashkiliy-ma‘muriy uslublari qonun hujjatlari 
tizimiga va menejer hokimiyatining kuchiga tayanadi, boshqaruvning boshqa uslublari 



35 
bilan bir xil vazifalarni bajaradi, ammo boshqariluvchi tizimga tashkiliy va buyruq bilan 
ta‘sir ko‗rsatish shaklida amalga oshiriladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik uslublari. Mehnat natijalari psixologik 
omillarga ko‗p jihatdan bog‗liq. Mazkur omillarni hisobga olish va ularning yordamida 
muayyan xodimlarga izchil ta‘sir ko‗rsatish rahbarga yagona maqsad va vazifalarga ega 
jamoani shakllantirish imkonini beradi. Sotsiologik tadqiqotlar xo‗jalik rahbari 
faoliyatining muvaffaqiyati 15% ga uning professional bilimlariga va 85% ga – odamlar 
bilan ishlash ko‗nikmasiga bog‗liq ekanligidan dalolat beradi.
Har bir odamning xulq-atvor xususiyatlari, fe‘l-atvorini bilgan holda uning xulq-
atvorini jamoa uchun zarur yo‗nalishda prognoz qilish mumkin. Har bir guruhga 
muayyan psixologik muhit xosdir. Shu bois, psixofiziologik muvofiqlik prinsipiga rioya 
qilish mehnat jamoalari tashkil topishi va rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. 
Yapon sotsiologlari insonning kayfiyati, ishlashga rag‗bati va jamoadagi ma‘naviy-
psixologik muhitga qarab, mehnat unumdorligi taxminan 1,5 baravar ko‗payishi yoki bir 
necha baravar kamayishi mumkinligini qayd etadilar. Boshqaruvning ijtimoiy va 
psixologik jihatlariga etarli darajada e‘tibor bermaslik jamoada nosog‗lom 
munosabatlarni shakllantiradiki, bu mehnat unumdorligini pasaytiradi.
Jamoaga oqilona ta‘sir ko‗rsatish uchun muayyan ijrochilarning ma‘naviy va 
psixologik o‗ziga xosliklari, alohida guruhlar va jamoalarning ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlarini bilibgina qolmasdan, balki ularga boshqaruvchi ta‘sir ko‗rsatish ham 
kerak. Shu maqsadda ijtimoiy-psixologik uslublar qo‗llaniladi. 
Ijtimoiy-psixologik uslublar mehnat jamoasida yuzaga keluvchi shaxsiy 
munosabatlar va aloqalarga, shuningdek, ularda sodir bo‗luvchi ijtimoiy jarayonlarga 
ta‘sir ko‗rsatish usullari majmuidir. Ular mehnatga ma‘naviy rag‗bat berish usullaridan 
foydalanishga asoslangan bo‗lib, ma‘muriy topshiriqni insonning ongli burchi, ichki 
ehtiyojiga aylantirish maqsadida psixologik usullar yordamida shaxsga ta‘sir ko‗rsatadi.
Jamoada ijobiy ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish ijtimoiy-psixologik 
uslublarni qo‗llashning bosh maqsadidir. Ijtimoiy-psixologik uslublar tarbiyaviy, 
tashkiliy va iqtisodiy vazifalarni hal qilishga imkoniyat yaratadi. Rahbar shaxsning 
biologik tabiati va ichki dunyosini tushunishi unga jamoani jipslashtirish va 
faollashtirishning eng oqilona shakllarini tanlashga yordam beradi. Mehnat jamoasida 
xodimlarning o‗zaro munosabatlari, ularning mehnat vositalari va atrof-muhitga 
munosabati ijtimoiy-psixologik rahbarlik obyektini tashkil etadi.
Mehmonxonani 
boshqarish 
amaliyotida 
rahbarlikning 
ijtimoiy-psixologik 
uslublarini qo‗llash muhim ahamiyatga ega, chunki ular faoliyat motivlarini va 
xodimlarning ehtiyojlarini o‗z vaqtida hisobga olish, muayyan vaziyatning o‗zgarish 
istiqbollarini ko‗rish, oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy-psixologik ta‘sir ko‗rsatish usullari ko‗p jihatdan rahbarning tayyorgarlik 
darajasi, omilkorligi, mehmonxonachilik qobiliyati va ijtimoiy psixologiya sohasidagi 
bilimlari bilan belgilanadi. Rahbarlikning ijtimoiy-psixologik uslublari jamoaga 
vaziyatga moslashuvchan, boshqaruvning turli-tuman usullaridan foydalana oladigan 
odamlar rahbarlik qilishini taqozo etadi. Ishontirish jamoaga ta‘sir ko‗rsatishning asosiy 
vositasidir. Xodimlarni ishontirar ekan, rahbar birgalikda ishlash jarayonida inson xulq-
atvori va odamlar o‗rtasidagi munosabatlarning tabiatini mumkin qadar to‗la hisobga 



36 
olishi lozim. Mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirishni, shaxsni 
tarbiyalash va shakllantirish usuli – ishontirishni, iqtisodiy bellashuvni, tanqid va o‗z-
o‗zini tanqidni, muntazam ravishda o‗tkaziladigan ishlab chiqarish yig‗ilishlarini 
ijtimoiy-psixologik ta‘sir ko‗rsatish shakllari sifatida taklif qilish mumkin.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin