O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

 
8-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA STRATEGIK MENEJMENT 
Reja: 
1.Strategik menejment mohiyati va ahamiyati 
2.Strategik boshqaruvning vujudga kelishi 
3.Strategik rejalashtirish va uning bosqichlari 
4.Strategiyani tanlash va uni amalga oshirish 
1.Strategik menejment mohiyati va ahamiyati 
Strategik rejalashtirishning mohiyati kundalik harakatning yuz berishi mumkin 
bo‗lgan uzoq muddatli oqibat va maqsadlar bilan o‗zaro munosabatini aniqlash 
zaruriyatida aks etadi, ya‘ni uzoq muddatli rejalashtirish startegik rejalashtirishga 
aylanadi. Uzoq muddatli rejalar tuzishning tamoyili – o‗tmishdan istiqbolga, strategik 
rejalashtirishniki esa – istiqboldan bugunga, shuning uchun ishlab chiqarilgan 
strategiyalar istiqbolning bugungi qarorlariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Strategik rejalar tashkiliy tizimlarning o‗ziga xos faoliyat yo‗nalishida boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun baza hisoblanadi. Strategik rejalashtirishning asosiy 
vazifalardan biri tashkiliy tizimlarda yangiliklar kiritish va o‗zgartirishlar olib borishni 
ta‘minlash. Strategik rejalashtirish jarayoning odatda oltita darajalari mavjud: 
-davlat; 
-mintaqa; 
-tarmoq; 
-korporatsiya, konsern, holding, assotsiatsiya; 
-korxona, aksionerlik jamiyati, MCHJ, firma; 
-loyiha darajasi (loyihalarni biznes-rejalashtirish strategiyasi). 
Strategik rejalashtirish rahbar tomonidan qabul qilingan, maxsus strategiyani ishlab 
chiqishga yo‗naltirilgan, mehmonxonalarning o‗z maqsadiga erishishi uchun 
yordamlashishiga mo‗ljallangan harakat va qarorlar to‗plamidan iborat. Startegik 
rejalashtirish jarayoni boshqarish qarorlarini qabul qilishga ko‗maklashuvchi vosita 
hisoblanadi. Uning vazifasi mehmonxonada etarli darajada yangilik va o‗zgartirishlar 
kiritishni ta‘minlaydi.
Negaki turizm nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, madaniy, ekologik va siyosiy 
hodisalar ham hisoblanadi. Mamlakatning yuqorida sanab o‗tilgan nufuz hosil qiluvchi 
barcha holatlarni shakllantirishda, ijobiy rivojlantirishda va jahon turistik bozorida, 
harakatlantirishda albatta, bularni etiborga olish zarur. Ushbu faoliyat bir qator o‗zaro 
bog‗langan bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 
-mamlakatlar turistik imkoniyatini baholash; 
-uni kuchli va zaif tomonlarini aniqlash; 
-mamlakatlar turistik nufuzi imkonini maqsadli turistik guruhlar pozitsiyasi bilan 
asoslash; 



37 
-malakali nufuzli samarali rivojlantirish va harakatlantirish yo‗nalishni ishlab
chiqish ; 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin