4.Kadrlarni boshqarish tizimidagi innovatsiyalar
Kadrlarga oid yangiliklar jamiyatda ishlab chiqiladigan hamda amalga oshiriladigan
yangiliklarning xilma-xil turlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimidagi
yangiliklarning umumiy tizimida kadrlarga oid yangiliklarning o‗rni haqida tasavvurga
ega bo‗lish mumkin. Kadrlarga oid yangiliklar (KYA) - bu kadrlarga oid yangiliklarni
joriy qilish sohasidagi aniq maqsadli faoliyat bo‗lib, u tovarlar, ishchi kuchi va ta‘limiy
(kasb-malaka) xizmatlari bozorlarida raqobat mavjud bo‗lgan sharoitda kadrlar (kadrlar
tizimi)ning malakasini oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalar, mehmonxonalar va
ularning bo‗linmalarining samarali ishlashi va rivojlanishi vazifalarini hal qilish
qobiliyatini oshirishga qaratilgandir. Kadrlarga oid yangiliklarni tasniflashda e‘tibor
berish lozim bo‗lgan asosiy belgilar:
1.Xodimlarning kasbiy ta‘lim-mehnat jarayonida (turkumida) ishtirok etish
bosqichlari bo‗yicha quyidagilarga e‘tibor berish lozim:
50
1.1. Kasb-ta‘lim sohasidagi yangiliklar, ya‘ni oliy o‗quv yurtlarida, kollejlarda,
boshqa o‗quv yurtlarida kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlash sohasidagi yangiliklar.
Mazkur kichik guruhga kasb-ta‘lim tuzilmalariga abiturentlar va kadrlarni tanlab olish
chog‘idagi yangiliklar, umumiy va kasb tayyorgarligi jarayonidagi yangiliklar (yangi
o‘quv kurslari, mutaxassisliklar, ta‘lim usullari va vositalari, o‗qituvchilar tarkibini
yangilash), kasb tayyorgarligining pirovard natijalariga baho berish paytidagi yangiliklar
kiradi. Ta‘limning yangi standartlari va mutaxassislar modellarini ishlab chiqish, yangi
o‘quv yurtlarini tashkil etish va ishlab turgan o‘quv yurtlarini yangilash kiradi.
Yangiliklarning bu sohasi bilan innovatsiya - ta‘lim menejmenti shug‘ullanadi.
1.2.Kadrlarni izlash va tanlash, ya‘ni yangi va samarali kadrlar potensialini yaratish.
Mazkur kichik guruhga mehnat bozorida va mehmonxona ichida kadrlarni izlashning
yangi usullari kiradi. Mehnat bozorida kadrlar izlashga innovatsiya - kadrlar
marketingining yangi usullari (shu jumladan, kadrlarga bo‗lgan yangi ehtiyojlar va
takliflar to‗g‘isidagi ma‘lumotlar bankini shakllantirish), ishchi o‗rinlarini reklama
qilish, mehnat birjalari, firmalar, kadrlarni tanlash bo‗yicha byurolar bilan ishlash,
kadrlarga baho berish va ularni qabul qilishning yangi usullari va shu kabilar kiradi.
Kadrlarni mehmonxona ichida qidirishga o‗z kadrlarini izlash, kadrlar rezervini
shakllantirish, bu rezerv bilan ishlashning yangi usullari va hokazolar kiradi. Bu
yangiliklar - innovatsiya-kadrlar marketingi shug‘ullanadigan sohadir.
1.3. Mehnat jarayonida kadrlarga oid yangiliklar. Ushbu kichik guruhga yangi
texnika va mehnat turlarini o‗zlashtirish, kadrlarni attestatsiya qilish davrida kadrlar
bilan ishlashning yangi usullari; qaror topgan kadrlar tuzilmasidan mehnat funksiyalarini
va vakolatlarini yangicha taqsimlash; xodimlarni yangi vazifalarga ko‗tarish va ularning
joyini o‗zgartirish usullari; yangi lavozim tavsifnomalari va yo‘riqnomalarini ishlab
chiqish; elita kadrlari bilan ishlashdagi yangiliklar kiradi.
1.4.
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq yangiliklar. Bu
guruhga xodimni kayta tayyorlash va malakasini oshirish shakllari hamda usullaridagi
yangiliklar, mazkur sohadagi ehtiyojlarni aniqlash usullarini takomillashtirish, qayta
tayyorlash va malakasini oshirgandan keyingi mehnat jarayonida kadrlarning ishga jalb
qilinishiga doir yangi usullar, bu yerda yangi tuzilmalarni tashkil etish va shu kabilar
kiradi.
Bu borada O‗zbekiston Respublikasining ―Kadrlarni tayyorlash milliy dasturida‖
quyidagi asosiy tadbirlarni bajarish belgilangan:
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha
tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
-yuqori malakali o‗qituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan
to‗ldirib borishni ta‘minlash;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada
raqobatga asoslangan muhitni shakllantirish va samarali faoliyat olib borishni
ta‘minlovchi normativ bazasini yaratish;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalarini davlat
attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan o‗tkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga
tadbiq etish.
51
1.5.Kadrlarni qisqartirish va foyda bermaydigan kadrlarni tugatish. Bunga
kadrlarning zarur darajaga mos kelmasligini aniqlash, foyda bermaydigan kadrlar
to‗risida ma‘lumotlarni shakllantirish, foyda bermaydigan kadrlar bilan ishlash, kadrlarni
qisqartirish va bo‗shatish usullarini takomillashtirish kiradi. Bu yerda foyda
bermaydigan kadrlar deyilganda mehnat sohasidagi kadrlar potensialining eng kam ish
beradigan va istiqboli yo‗q qismi tushuniladi. Bu kadrlar o‗zlarining kasb-malaka
sifatlari bilan ilmiy, ishlab chiqarish, ma‘muriy va boshqa faoliyatini rivojlantirish
(o‗zgartirish) ehtiyojlaridan orqada qolgan bo‗ladi.
Shuningdek, bu sohaga korxona va mehmonxonada mazkur bosqichda ehtiyojga
nisbatan kadrlar ortiqchaligi aniqlanib, ularni qisqartirish ham kiradi.
2.Yangliklar va innovatsiya - kadrlar menejmenti obyektlari sohasida quyidagilarni
farqlash lozim:
2.1. Ayrim xodimlarga nisbatan kadrlarga oid yangiliklar.
2.2. Ilmiy, ilmiy-ta‘limiy va innovatsion tuzilmalar va ularning bo‗linmalari kadrlar
tizimidagi yangiliklar.
2.3. Aniq maqsadli ilmiy va ilmiy-texnikaviy dasturlar hamda loyihalarni kadrlar
bilan ta‘minlash bilan bog‘liq bo‗lgan kadrlarga oid yangiliklar.
2.4. Ishlab turgan mehmonxonalarda kadrlarga oid yangiliklar.
2.5. Yangi tashkil etilgan va qayta tuzilgan mehmonxonalarda kadrlar faoliyati.
2.6. Tarmoq, mintaqa, mamlakat miqyosida kadrlarga oid yangiliklar.
2.7. Kadrlarga xizmat ko‗rsatish ishidagi yangiliklar.
3. Qat‘iylik, miqyoslilik darajasi va amalga oshirish sur‘atlari bo‗yicha
quyidagilarni farqlash kerak;
3.1. Kadrlar tizimini sekin-asta va qisman yangilash bilan bog‘liq bo‗lgan kadrlarga
oid evolyusion va o‗zgartiruvchi yangiliklar.
3.2. Kadrlar tizimini tubdan va keng miqyosda yangilashga qaratilgan qat‘iy
(islohchilik) harakteridagi kadrlarga oid yangiliklar.
3.3. Kadrlar sohasidagi muntazam va keng miqyosli yangiliklar (kadrlarga oid
islohotlar). Kadrlarga oid islohotlar - bu kadrlarga oid keng miqyosli yangiliklar bo‗lib,
ular ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va tuzilmalarni rivojlantirishning yangi maqsadlari hamda
vazifalariga muvofiq kadrlar potensialini tubdan o‗zgartirish (yangilash)ga qaratilgandir.
3.4. Kadrlarga oid mahalliy sharoitdan kelib chiqib, milliy harakterga ega bo‗lgan
juz‘iy yangiliklar;
3.5. Kadrlar tizimida qisqa muddatlarda amalga oshiriladigan tezkor yangiliklar
(odatda, ular kadrlar tizimidagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liqdir).
4.
Kadrlar
tizimining
tarkibiy
qismi
bo‗lgan xodimni boshqarishni
mexanizatsiyalash elementlariga munosabat sohasida;
4.1. Xodimning rivojlanishiga baho berish sohasidagi yangiliklar.
4.2. Xodimni rivojlantirishni bashorat qilish va dasturlashtirish sohasidagi
yangiliklar.
4.3. Xodimni rivojlantirishni moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash sohasidagi
yangiliklar.
4.4. Xodimni rivojlantirishni asoslash sohasidagi yangiliklar va boshqalar.
52
Kadrlarga oid yangiliklar haqida gapirganda bu sohada amalga oshiriladigan har
qanday yangilik ijobiy, ilg‘or samarali bo‗lavermasligini ham nazarda tutish juda
muhimdir. Ular orasida maxsus ravishda qarab chiqilishi lozim bo‗lgan soxta yangiliklar
ham oz emas.
Soxta (yunoncha yolon, hayoliy) - bizning misolimizda kadrlarga oid yolg‘on, soxta
yangiliklarni anglatadi, ular foyda keltirish u yoqda tursin, mehmonxonalarning kadrlar
va boshqa tizimlari uchun ham zararlidir. Kadrlar sohasidagi soxta yangiliklar - bular
kadrlar sohasidagi subyektivizm vujudga keltirgan, kadrlar tizimida paydo bo‗lgan,
ularning real o‗sish darajasi va samaradorligini ta‘minlamaydigan va kadrlar bilan
ishlashning eskirib qolgan usullarini sun‘iy ravishda yangilash maqsadida, soxta
novatorni qoniqtiradigan amaldagi real usullarni ochishni, yoxud kadrlarni yangilashga
qaratilgan ilg‘or yo‗lni yangilashga, ilg‘or usullarni chetlab o‗tib, ma‘naviy jihatdan
eskirib qolgan yoki muddatidan oldin boshlangan yangiliklarni joriy qilishga intilishdir.
Kadrlar sohasidagi soxta yangiliklarni ko‗rsatuvchi tipik misollarni keltirib o‗tamiz:
1. Yetarli darajada obyektiv asoslar bo‗lmagan hollarda ham, yangi kadrlarning
faoliyat ko‗rsatishi uchun to‗sqinlar yaratish zaruriyati bo‗lmagan holatlarda kadrlarni
tez-tez almashtirish.
2. Kadrlar faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq kompleks islohiy choralarni
amalga oshirish o‗rniga mahalliy, juz‘iy va ikkinchi darajali yangiliklarni joriy etish.
3. Kadrlar tizimida uncha katta bo‗lmagan juz‘iy yangiliklar bilan cheklanish
mumkin bo‗lgan hollarda ham kadrlarga oid katta miqyosli islohotlar o‗tkazish
choralarini belgilash.
4. Eski ish usullari bilan ishlaydigan va ish bermaydigan kadrlarni ishdan
ketkazmasdan turib, kadrlar sohasida yirik islohotlar o‗tkazish.
5. Kadrlar rezervi va mo‗ljallangan kadrlarga ega bo‗lmagan holda ham rahbar
kadrlarni yangilashga urinish.
6. Elita kadrlari va mehnat novatorlarining ishini asoslamagan holda
murakkablashtiruvchi yangiliklar.
7.Novator kadrlarni yaratish asossiz holda osoyishtalikni ―buzuvchilar‖ sifatida
baholab, ularni mo‗tadil ishlaydigan, lekin kamroq ijodkor bo‗lgan kadrlarga
almashtirish.
8.Yuqori darajadagi kadrlarga doir ishlarni yangilamasdan turib, quyi tashkiliy
darajadagi kadrlarga doir ishlarni yangilashga urinish va aksincha, yangi ilg‘or
rahbariyatni eskichilik tarafdori bo‗lgan jamoaning o‗zagini yangilash imkoniyati
bo‗lmasligi.
9.
Kadrlar bilan ishlashning yangi shakllarini yaratish maqsadida attestatsiya va
shartnoma tuzish tizimi kabi ishlar joriy qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |