55
Anketalarni shunday tuzish kerakki, toki ular ishlab chiqarish maqsadlari bilan
bir qatorda kadrlarni rejalashtirishga ham xizmat qilsin. Xodim haqidagi
ma‘lumotlarni tartibga solish mumkin.
Xodim to‗g‘risidagi axborot barcha tezkor ma‘lumotlar,
shuningdek kadrlarni
rejalashtirish uchun ularga ishlov berish jarayonlari majmuidan iboratdir.
Xodim to‗g‘risidagi axborot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
oddiylik - buning ma‘nosi shuki, axborot mazkur aniq holatda qancha xajmda
ma‘lumot zarur bo‗lsa, shuncha ma‘lumotni o‗z ichiga olishi darkor;
ko‗rgazmalilik - ma‘lumotlar shunday taqdim etilishi kerakki, bunda eng asosiy
narsalarni
tez aniqlash, ko‗p so‗zlilikka barham berilsin. Buning uchun jadvallar,
grafiklar, rangli bezatilgan materialdan foydalanish zarur;
bir xillik - ma‘lumotlar noaniq bo‗lmasligi, ularni talqin
qilishda materialning
semantik, sintaktik va mantiiy jihatdan bir xil bo‗lishini kuzatib borish zarur;
qiyosiylik - ma‘lumotlar qiyoslab bo‗ladigan birliklarda keltirilishi va
mehmonxona
ichida ham, shuningdek uning tashqarisida ham qiyoslab bo‗ladigan
obyektlarga taalluqli bo‗lishi kerak;
vorisiylik - vaqt jihatidan turli davrlarda beriladigan kadrlar haqidagi
ma‘lumotlar bitta hisoblab chiqish metodikasi va bir xil taqdim etish shakllariga ega
bo‗lishi lozim;
dolzarblik - ma‘lumotlar yangi bo‗lishi, tezkorlik bilan o‗z
vaqtida taqdim
etilishi, ya‘ni kechiqmasligi zarur.
Dostları ilə paylaş: