5.Nizoli jarayonlarni boshqarish va ularni bartaraf etish yo„llari
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni
quyidagi ikki yirik guruhga bo‗lish mumkin.
Низоли вазиятларни бошкариш
усуллари
Таркибий-ташкилий усуллар
ишга булган талабни
тушунтириш
мувофиклаштириш
ва
интеграциялаш
умумташкилий
комплекс максадлар
мукофотлашнинг
таркибий
тизимини
такомиллаштириш
Стратегик усуллар
Узоклашиш
силликлашиш
Мажбурлаш
Келишув
Муаммони хал килиш
Nnzoli vaziyatlarnn boshqarish usullari
Rahbar eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi,
so‗ngra esa u yoki bu usulni qo‗llash bo‗yicha qaror qabul qilishi kerak.
6.Stress tushunchasi va stress sodir bo„lish jarayoni. Stress holatini
boshqarish
Stress - inglizcha (stress) so‗zidan olingan bo‗lib, asabiylik, keskinlik degan
ma‘nolarni anglatadi.
Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat
tug‗ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo‗lganda
vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: "u
asabiylashdi" deb aytishadi. Shu ma‘noda asabiy tushunchasi:
65
-salga asabiylashaveradigan, bo‗lar-bo‗lmasga qizishib, tutaqib ketadigan,
zardasi tez, jizzaki kishi;
-asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi
natijasida yuzaga kelgan xastalik;
-asablarning qo‗zg‗alishi bilan bog‗liq bo‗lgan holat (janjal, baqiriqchaqiriq)
kabilar ma‘nosida talqin qilinadi.
Stresslar juda ko‗p kishilar uchun haqiqiy kulfatga aylanib qolganligidan
―Umumiy bozor‖ mamlakatlarida o‗tkazilgan tadqiqotlar darak beradi. Bu tadqiqot
natijalariga ko‗ra stressga olib keluvchi sabablarning 61%i ishga tegishli
muammolar, oilaviy va moliyaviy bo‗luvchi qiyinchiliklar, 22%i ―psixologik
xarakterli‖ sabablar, 7% i esa jiddiy kasalliklardan iborat. Bunda stress holatini
amalda yashirishning ilojiy yo‗q.
Shuni aytib o‗tish joizki, organizmga stressning o‗zi emas (umuman olganda
insonning ijobiy his-tuyg‗ulari ham stress bilan bog‗liq bo‗ladi), balki uning juda
tez uchrab turishi zarar keltiradi. 1936 yilda ushbu holatga nom bergan Kanadalik
vrach va fiziolog Gans Sele stressning yo‗qligini o‗lim bilan bejizga
tenglashtirmagan.
Stress o‗zi nima? Stress bu — turli ekstremal vaziyatlarda inson holatini
umumiy doirada belgilash uchun foydalaniladigan atamadir.
Stress har doim bo‗lib kelgan. Yevolyusiya davomida hayotning o‗zi
insondan o‗zini va o‗z yaqinlarini hmioya qilishga dimo tayyor bo‗lishini talab
qilgan. U o‗z kuchini qanchalik tez to‗play olsa, g‗olib chiqishga shunchalik
imkoniyati ko‗p bo‗lgan.
Dastlab ―stress‖ tushunchasi fiziologiyada organizmning har qanday noqulay
ta‘sirga o‗ziga xos reaksiyasi, ya‘ni organizmning psixofiziologik resurslarini
qiyin sharoitlarga moslashtirishni ta‘minlash sifatida belgilash uchun kiritilgan.
Keyinchalik "stress" atamasi shaxsning fiziologik, psixologik va xulq-atvor
darajasida ekstremal sharoitlardagi holatini ta‘riflash uchun foydalanilgan.
Stress fiziologik va psixologik turlarga taqsimlanadi. Fiziologik stress
omillari jismoniy zo‗riqishning kattaligi, yuqori yoki past harorat, og‗riq, nafas
olishning qiyinlashuvi va hokazolardan iborat.
Psixologik stress ikki turga: emotsional va informatsion turlarga bo‗linadi.
Menejerlar uchun informatsion stress xarakterlidir. Bu asosan axborot hajmi
juda ko‗paygan sharoitlarda, inson o‗z vazifasini bajara olmay, qabul qilingan
qarorlar uchun javobgarlik darajasi yuqori bo‗lgan holda o‗z vaqtida to‗g‗roi qaror
qabul qilo olmay qolgan paytlarda yuzaga keladi.
Emotsional stress xavf-xatar, xafagarchilik, tahlika va shu kabi sharoitlarda
paydo bo‗ladi.
Stress faoliyatga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi ham, salbiy ta‘sir (di-stress)
ko‗rsatib, uni umuman izdan chiqarishi ham mumkin. SHu sababli har qanday
faoliyat turini optimallashtirish stressning oldini olishga qaratilgan tadbirlar
majmuini ham qamrab olishi lozim.
Stressga javob ko‗p hollarda samaraliroq ishlashga, ko‗proq kuch sarflash va
belgilangan maqsadga erishish, ya‘ni stressni bartaraf qilishga majbur qiladi.
66
Sustkashlik qon bosimining o‗zgarishi, yurak xuruji, psxikaning buzilishi kabi
kasalliklarga olib kelishi mumkin. Xo‗sh, qaysi omillar stressga sabab bo‗ladi?
mana Ulardan ayrimlari: yaqin kishining o‗limi, shikastlanish, jarohat yoki
kasallik, to‗y, imtihon, ishdan bo‗shatilish, kasbni o‗zgartirish, moliyaivy
qiyinchiliklar, katta miqdorda qarz olish, uy qurish, qarindoshlar bilan urishib
qolish, o‗quv yilining boshlanishi, rahbariyat bilan mojarolar, mehnat sharoitlari.
Stress hamma yerda uchraydi — shaxsiy hayotda ham, har bir kasbda ham.
Biroq u mehnat o‗ziga emas, balki u yoki bu ish bajarilayotgan sharoitlarga.
Stressli vaziyatlarda yo‗l topa olmay qolishdan xavfsirashga bog‗liq bo‗ladi.
Gans Sele stressni ―universal hayot fenomeni, organizmning lahza ichida
xavf-xatardan qutqarish uchun bor kuchini ishga solishga signal beruvchi o‗ziga
xos qutqaruv reaksiyasi‖ deb atagan.
Ko‗plab odamlar ishda o‗ta tartibsizlik tufayli o‗zlari stressga sababchi
bo‗ladilar (va odatda hamma aybni boshqalarga to‗nkaydilar). Ular kerakli narsani
topa olmasdan doimo asabiylashib yuradilar, oxirigacha qilinmagan ishni eslab
qolib, tahlikaga tushadilar, muntazam ishga kechiqib keladilar.
Bunday holatda avvalo ish usulini o‗zgartirish, ishdagi tartibsizliklarga chek
qo‗yish darkor. Organizmga tetiklik va kuch-qo‗vvat baxsh etuvchi jismoniy
mashqlar ham halaqi bermaydi. Profilaktika maqsadida birdaniga ko‗p ishni o‗z
immasiga olmaslik, ustivorliklarni tanlashga o‗rganish, bajarish zarur bo‗lgan va
qo‗lidan keladigan ishlar o‗rtasidagi chegarani aniqlay olish zarur.
―Xursandchilik profilaktikasi‖ stressga qarshi kurash usullaridan biri
hisoblanadi. Bajarilayotgan ishdan xursand, kun bo‗yi uchraydigan ijobiy
holatlardan quvonish, o‗zini-o‗zi ishontirishga o‗rganishni mashq qilish ko‗zda
tutiladi. Aynan xursandchiliklar, chunki xursandichilik bilan hech narsa tenglasha
olmaydi.
Gans Sele ―Xulq-atvor kodeksi‖da hayotning asl mazmuni yuksak maqsadlar
ekanligi, inson uchun munosib faoliyat motivlarining yo‗qligi ruhiy zarba berishi
va uning hayotini alg‗ov-dalg‗ov qilib yuborishini ko‗rsatgan. Ko‗p sonli klinik
tadqiqotlarning guvohlik berishicha, ―chippakka chiqqan umid stressi‖ aksari
hollarda og‗ir kasalliklarga olib keladi.
Bunday stressni bartaraf qilish uchun ―yo‗nalishni o‗zgartirish yoki
moslashuvchan holat usuli taklif qilinadi, ya‘ni umidlari puchga chiqqan kishi
umidsizlanib, hayot mazmunini yo‗qotib qo‗ymaydi va qaytadan harakat qila
boshlaydi.
Xodimlarda stress profilaktikasi menejer faoliyatida muhim o‗ringa ega
bo‗lishi lozim.
Stressning namoyon bo‗lishida odamlarning individual ravishda bir-biridan
farq qilishi ham katta rol o‗ynaydi. Stressga reaksiya to‗liq mos tushuvchi, bir xil
bo‗lgan ikkita odamni uchratish mumkin emas. Stress muammolari bilan
shug‗ulllanuvchi bir qator olimlarning ta‘kidlashicha, inson hayotidagi
stresslarning aksari qismiga uning o‗zi sababsi bo‗ladi.
G. Sele aytib o‗tgan ediki, siz bilan sodir bo‗lgan voqea-hodisa emas, balki
sizning bunga munsoabatingiz ahamiyatga ega. Bu bevosita stressga ham
67
taalluqlidir. qadimgi zamonlarda yunon faylasufi Epiktet shunday degan edi:
"odamlarning dilini voqea-hodisalar emas, balki ularning bunga qanday qarashlari
siyoh qiladi".
Tashqi hamda ichki salbiy (qo‗g‗atuvchi) ta‘sirlarning ko‗pini agressorga
aylanishida stimullar qatoriga kiruvchi kognitiv va affekt reaksiyalari katta rol
o‗ynaydi. Agar salbiy (qo‗g‗atuvchi) ta‘sirlar shaxsga nisabatan xavf-xatar
tug‗dirmasa stress reaksiyasi umuman paydo bo‗lmaydi.
Stressning paydo bo‗lishi bilan bog‗liq masalalarni ko‗rib chiqishda stress
hatti-haraktlariga nisbatan kishilarning noto‗g‗ri fikr va xulosalarini aytib o‗tish
joiz. Dj. Yeverli va R. Rozenfeld "Stress. Tabiati va davolanishi" (M., Meditsina
1986) kitobida "Stress afsonalari"ni keltirib o‗tgan:
1. "Stress simptomlari menga zarar keltirmaydi". Bu iborani noto‗g‗ri deb
aytishimiz mumkin, chunki stress psixikaga ham, somatikaga ham ta‘sir
ko‗rsatadi. Bunda somatika va psixika o‗rtasidagi bog‗liqlikni shisobga olish
kerak.
2. "Faqat kuchsiz va zaif odamlargina stressdan aziyat chekada ". Aslida
ishga mukkasidan berilib ketganlar kuchli stress ta‘siriga mubtalo bo‗ladilar.
Ma‘lum ma‘noda hammamiz stress uchun nishonmiz.
3. "Men hayotimda uchrashi mumkin bo‗lgan stress uchun javobgar
emasman – bizning zamonda stressga uchramaslik mumkin emas – hammamiz
uning qurbonimiz".
Haqiqatda esa biz hayotda uchraydigan stresslarning aksari qismi uchun
javobgarlikni o‗z bo‗nimizga olishimiz kerak. Stress bu – siz bilan bo‗lib
o‗tayotgan hodisalarga qanday javob qaytarishingiz natijasidir. Bunday sizning
ongsiz ravishda tanlashingiz natijasidir.
4. "Men kuchli stressga uchraganligimni doimo bilib turaman". Aslida esa
stress qanchalik kuchli bo‗lsa, toki stressning ta‘siriga e‘tibor beraslikning iloji
qolmaguncha siz uning belgilarini umuman sezmasligingiz mumkin.
5. "Kuchli stress manbalarini topish juda oson". Bunday emas, albatta.
Ba‘zilarda to agressor yo‗qolib ketmaguncha stress belgilari rivojlanmaydi.
Bunday vaziyatda stress belgilari psixik va jismoniy toliqish shaklida namoyon
bo‗ladi.
6. "Stressga hamma bir xil javob qaytaradi". Bu ham noto‗g‗ri. Biz bir-
birimizdan stress manbalari, belgilari va kuchli stress natijasida rivojlanuvchi
kasalliklar bo‗yicha farq qilamiz.
7. "Kuchli stress ta‘sirini seza boshlaganda men qilishim kerak bo‗lgan
yagona narsa bu – bir joyga o‗tirib, engil hordiq chiqarishdir.
Bu iboraning noto‗g‗riligi shundaki, relaksatsiya haqiqatda ham foydali
bo‗lsada, biroq ko‗pchilik undan foydalanib, chuqur bo‗shasha olmaydi, buning
ustiga, stressni engish faqat relaksatsiyaga borib taqalmaydi.
Dostları ilə paylaş: |