62
tabiiy (5-bosqich). Endi uni boshqarish (6-bosqich) zaruriyati tug‗iladi.
Boshqarishning
samaradorligiga qarab, nizoning oqibatlari funksional va
difunksional ko‗rinishlarida bo‗lishi mumkin (7-bosqich).
Nizoning ettita funksional oqibati ma‘lum. Bu oqibatlar nizoni
boshqarishning ijobiy samara berganligini ifodalaydi. Masalan, birinchi oqibat:
• nizoni hal qilishda har ikkala tomon uchun ma‘qul qaror qabul qilinishida
namoyon bo‗ladi. Qarama-qarshi tomonlar nizo echimiga
teng manfaat nuqtai
nazaridan yondoshilganidan mamnun qoladilar. Bunday oqibat o‗z navbatida nizo
echimi bo‗yicha qabul qilinadigan qaror to‗siqlarini, ya‘ni qarama-qarshi
tomonlarning bir-biriga bo‗lgan:
• adovatni;
• xusumatni;
• dushmanlikni;
• adolatsizlik kabi g‗arazli to‗siqlarni yumshatishga yoki butunlay
yo‗qotishga imkon beradi.
Funksional oqibatning boshqa ko‗rinishida
qarama-qarshi tomonlarning
ko‗proq hamkorlik qilishga, hattoki kelgusida ham o‗rtada nizo chiqarmaslikka
bo‗lgan moyilliklari namoyon bo‗ladi. Funksional
oqibat qarama-qarshi
tomonlarning o‗zaro sir saqlashlari, go‗yo "aytiladigan fikr ular manfaatlariga zid
keladi", degan gumon bilan atayin aytilmay qolgan fikrlarda ham o‗z aksini topishi
mumkin. Aslini olganda, bunday oqibat ham qaror qabul qilish sifatini oshirishga
undaydi, chunki bunday holat qarshi tomonning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan
nizo sabablari va obyektlarini yanada chuqurroq tahlil qilishga, unga "tashxis"
qo‗yishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: