58
-asosiy va qo‗shimcha ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga mablalar ajratish,
xizmat
safarlari chiqimlari; kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish xarajatlari;
-umumiy ovqatlanish uchun qo‗shimcha haq to‗lash, uy-joy maishiy xizmat
ko‗rsatish,
madaniyat va jismoniy tarbiya, sog‘liqni saqlash va dam olish, bolalar
muassasalari bilan ta‘minlash, maxsus kiyim boshlar bilan ta‘minlash. Shuningdek,
mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnat
qilish uchun yanada shart-
sharoitlarni yaratish (mehnat psixofiziologiyasi va ergonomikasi, texnika estetikasi
talablariga rioya qilish) mehmonxonada sog‘lom-psixologik vaziyatni vujudga
keltirish xarajatlari, ishchi o‗rinlarini tashkil etish xarajatlari.
Agar kadrlar qo‗nimsizligi katta bo‗lsa, u holda yangi ishchi kuchini izlash,
unga yo‗l-yo‗riqlar berish va ishni o‗zlashtirish bilan bog‘langan qo‗shimcha
xarajatlar paydo bo‗ladi. Kadrlar qo‗nimsizligi yuqori bo‗lgan
taqdirda ishdan
tashqari vaqtlarda qilinadigan mehnatga haq to‗lash miqdori ortadi, yaroqsiz
mahsulot ishlab chiqarish va bekor turib qolishlar ko‗payadi, kasallanish, ishlab
chiqarishda
shikastlanish darajasi ortadi, erta nogiron bo‗lib qolish boshlanadi.
Bularning hammasi xodim bilan bog‘liq bo‗ladigan xarajatlarni oshiradi, mahsulot
tannarxining ko‗tarilishi va uning raqobatga bardosh berishi darajasini pasaytirishga
olib keladi.
Dostları ilə paylaş: