O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

 
10-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA KADRLARNI 
REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH 
Reja: 
1.Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning mohiyati, maqsad 
va vazifalari 
2.Mehmonxonalarda kadrlarni rejalashtirishga qo„yiladigan talablar 



53 
3.Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va 
bosqichlari 
4.Mehmonxona kadrlarini o„qitish va rivojlantirish 
 
1.Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning mohiyati, maqsad 
va vazifalari 
Turg‘unlik davrida respublikamiz iqtisodiyotidagi to‗liq bandlik qo‗shimcha 
kapital mablag‘lar sarflash, ish kuni soatlarining qisqartirilishi va ta‘tillarning 
ko‗paytirilishi hisobiga yangi ishchi o‗rinlarining vujudga keltirilishi mehnat 
bozorida malakali ishchilarga bo‗lgan tanqislikning o‗sishiga sabab bo‗ldi. Fan-
texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga o‗tish bilan bog‘liq tashkiliy 
yangiliklarning joriy etilishi mehnat sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda insonning 
bilim darajasi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga yangi talablar qo‗ydi.
Bu o‗z navbatida yuqori malakali kadrlarga va ishlab chiqarishning ruhiy-
fiziologik talablariga javob beradigan kadrlarga bo‗lgan tanqislikni oshirdi. 
Rahbarlikning ma‘muriy-buyruqbozlik usullari boshqarish sohasida pishik-puxta 
vositalarga ega bo‗lmagani sababli respublikamiz viloyatlarining ba‘zilarida ijtimoiy 
keskinlikka samarali barham berish yoki uni kamaytirishga yetarli darajada muvaffaq 
bo‗la olmadi. 
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini amalga oshirish o‗ziga xos 
xususiyatlarda, ya‘ni ijtimoiy yo‗naltirilgan himoya yo‗li bilan amalga oshirilayotgan 
bo‗lsada bizga qoldirilgan iqtisodiy meros mustaqillik davrining boshlang‘ich 
davrida ma‘lum darajada ijtimoiy keskinlik yaratdi. Ijtimoiy keskinlik esa hayot 
qurishning sifatini, avvalo mehnat qilish bilan bog‘liq hayot sifatini o‗stirishga 
bo‗lgan ehtiyojlar oqibatida kelib chiqdi.
Bunday paytda mehnat qilish bilan bog‘liq hayotning sifat darajasi insonga 
munosib bo‗lgan mehnat sharoitini yaratib berish va har bir xodimning mehmonxona 
ishlarini boshqarishda ishtirok etishi mumkinligida o‗z ifodasini topdi. Har qanday 
usullarda foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga 
erishishni ta‘minlay olmadi, chunki xodimlarda mehnatdan qoniqish tuyg‘usi 
oshmadi, xodimdan foydalanish yaxshilanmadi.
Odamlarga rahbarlik qilishga qaratilgan ma‘muriy usullar insonni sezmas
uning talab-ehtiyojlari bilan hisoblashmas edi.Uzoq muddatga mo‗ljallangan, kadrlar 
siyosatining kelajagiga qaratilgan va bu barcha jihatlarni hisobga oladigan 
konsepsiyani kadrlarni rejalashtirish yordami bilan amalga oshirish mumkin. 
Xodimni boshqarishning bu usuli ish beruvchilar bilan ish oluvchilarning 
manfaatlarini kelishtirish va muvozanatlashtirishga qodirdir. 
Kadrlarni rejalashtirish shundan iboratki, u odamlarga zarur vaqtda va kerakli 
miqdordagi ish o‗rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab chiqarish 
talablariga muvofiq ta‘minlab berishni vazifa qilib qo‗yadi. Ish o‗rinlari unumdorlik 
va asoslash nuqtai-nazaridan ishlovchilarga o‗z qobiliyatlarini eng maqbul tarzda 
rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini berishi, insonga xos mehnat 
shart-sharoitlari yaratish va bandlikni ta‘minlash talablariga javob berishi lozim.



54 
Kadrlarni rejalashtirish mehmonxona manfaatlari nuqtai-nazaridan ham, uning 
xodimi manfaatini ko‗zlab ham amalga oshiriladi. Mehmonxona uchun kerakli 
vaqtda, kerakli o‗rinda, zarur miqdorda hamda tegishli malakaga ega bo‗lgan 
shunday xodimga ega bo‗lish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish, 
uning o‗z maqsadlariga erishishi uchun zarur bo‗ladi. Kadrlarni rejalashtirish ancha 
yuqori mehnat unumdorligini qo‗lga qiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun 
shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Odamlarni birinchi navbatda o‗z qobiliyatlarini 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berilgan, yuqori hamda doimiy ish haqi 
olib turish kafolatlangan ish o‗rinlari jalb qiladi. Mehmonxonadagi barcha 
xodimning manfaatlarini hisobga olish kadrlarni rejalashtirish vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki, kadrlarni rejalashtirish mehmonxonadagi 
umumiy rejalashtirish jarayoniga qo‗shilib ketgan taqdirda samarali bo‗ladi.
Kadrlarni rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishi lozim: 
- qanday malakali qancha xodim qachon va qayerda bo‗ladi? 
- kerakli xodimni ijtimoiy zarar yetkazmagan holda qanday qilib jalb qilish va 
ortiqcha xodimni qisqartirish mumkin? 
- xodimni ularning qobiliyatlariga muvofiq qanday qilib yaxshiroq foydalanish 
mumkin? 
- yangi yuqori malaka talab qiladigan ishlarni bajarish uchun qanday 
kadrlarning rivojlanishini ta‘minlash va ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlariga 
muvofiq ularning bilimlarini qo‗llab-quvvatlab turish mumkin? 
- kadrlarga doir rejalashtirilgan tadbirlar qanday xarajatlar qilinishini talab 
etadi? 
- kadrlarni 
rejalashtirish 
xodimlar 
bilan 
ishlashning 
tezkor 
rejasida 
birlashtirilgan va o‗zaro bir-biri bilan bog‘langan butun bir tadbirlar majmuini 
amalga oshirish orqali ro‗yobga chiqariladi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin