O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Innovatsion menejment usullari va funksiyalari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

3.Innovatsion menejment usullari va funksiyalari 
IKMning xodimni boshqarish yo‗nalishlari va sohalari bo‗yicha vazifalari: 
1) kadrning uzluksiz ta‘lim olinishini tashkil etish (kadrlar tayyorlash, ularni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish); 
2) yangi ishlab chiqarishlar, kadrlar, yangi noyob kasblar kadrlarini, eng yaxshi va 
novator kadrlarni izlash va tanlash; 
3) innovatsion tuzilmalarni, xodimning innovatsion sifatlarini attestatsiyadan 
o‗tkazish va ularga baho berish; 
4) ish o‗rinlari, mehnat va xodimni tashkil etishning rivojlantirilishi munosabati 
bilan lavozimini rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish, lavozim yo‘riqnomalarini 
takomillashtirish; 
5) xodimlarning xizmat va kasb mansablari pog‘onalari bo‗yicha ko‗tarilishi va 
almashtirilishi, rahbar xodimning kadrlar rezervini shakllantirish va ular bilan ishlashni 
tashkil etish; 
6) eng yaxshi va novator kadrlar bilan ishlash; 
7) yangiliklarni joriy etishda xodimni asoslash;
8) kadrlarning o‗ziga xizmat ko‗rsatish ishlarini tashkil etish sohasidagi 
yangliklarni ishlab chiqish; 
9) mehnat hayoti standartlarini va uning sifatini oshirishni ta‘minlash va boshqalar. 
Ma‘lumki, innovatsion kadrlar menejmenti tegishli ravishda uyushgan va muayyan 
tizimni tashkil etgan bo‗lsagina yuqorida aytib o‗tilgan vazifalarni samarali bajarishi 
mumkin. Mazkur tizimni tahlil qilishni uning tuzilishini qarab chiqishdan boshlamoq 
yaxshiroq bo‗ladi, u tizimning mazmuni haqida ancha to‗liq tasavvur hosil qilish 
imkonini beradi. 
Umuman olganda, tuzilma tizim elementlari, ular munosabatlari va yaxlit 
xossalarining nisbatan barqaror birligi sifatida belgilanadi. Aynan tuzilmaning 
mavjudligi tizimning yaxlit bo‗lishini ta‘minlaydi. Tuzilmani tahlil qilish obyekt ichidagi 
zarur bazis elementlarini va ularning o‗zaro ta‘sirini ko‗rsatish va shunga ko‗ra u haqda 
muhim tasavvurga ega bo‗lish imkonini beradi. Mana shu umumiy qoidalar asosida IKM 
tuzilmasini kadrlarga oid yangiliklarni boshqarish shakllari va usullari, subyektlari va 
obyektlarining barqaror birligi, shuningdek kadrlar tizimining yangilanishi, rivojlanishi 
va samaradorligini oshirishni ta‘minlaydigan ularning o‗zaro munosabatlari va yaxlit 
xossalari sifatida ta‘riflanadi. Bu ta‘rifdan ko‗rinib turibdiki, IKMni tuzilmali tahlil 
qilishni har tomonlama, tarli nuqtai nazarlardan yoki turli yo‗nalishlardan turib amalga 



49 
oshirish kerak bo‗ladi. Ana shu nuqtai nazardan u quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga 
oladi: 
Birinchi va asosiy yo‗nalishni umumiy funksional yoki funksional-predmetli 
tuzilma tarzida tasavvur qilish mumkin, chunki bu o‗rinda predmet va obyekt kadrlarga 
oid yangiliklarning o‗zi hisoblanadi, ular tahlil qilish, baho berish, bashorat qilish, 
resurslar bilan ta‘minlash va hokazolarni talab qiladi. 
Ikkinchi yo‗nalishi - bu funksional maqsadli tuzilma bo‘lib, IKMning barcha 
maqsad va yo‗nalishlarini qamrab oladi (kadrlarning uzluksiz ta‘limini tashkil etishdan 
tortib, kadrlarga xizmat ko‗rsatishgacha). 
Uchinchi yo‗nalish - bu IKMning funksional-subyekt tuzilmasi bo‗lib, u IKMning 
asosiy subyekt darajalarini (federal, mintaqaviy, tarmoq, korporativ darajalarini) belgilab 
beradi. 
To‗rtinchi yo‗nalish - bu IKMning xossalari jamidan iborat bo‗lib, ular IKMning 
tuzilmasi bilan ta‘min etilishi va u bilan uzviy bog‘liq bo‗lishi lozim. Bu xossalarni 
sanab o‗tamiz:
1) maqsadga erishish (ya‘ni, IKMning tegishli tuzilma yordamida tegishli 
bosqichda tizim oldida turgan maqsadlarga erishishni ta‘minlashi lozim); 
2) integratsiyalashuv yoki yaxlitlik (ya‘ni, tizimning kadrlarga oid yangiliklar 
obyektiga kelishilgan holda yaxlit ta‘sir ko‗rsatish yoki reaksiyasi qobiliyati); 
3) moslashuvchanlik (ya‘ni IKMning ichki reaksiyaga, qayta ko‗rishga), moslashish 
(bo‗lgan qobiliyati va ayni vaqtda sifat jihatidan turlicha bo‗lgan KYAga nisbatan 
o‗zining asosiy elementlarini, yangi maqsadlar, kadrlar tizimining faoliyat ko‗rsatish 
tashqi sharoitlarga nisbatan saqlab qolishga bo‗lgan qobiliyatidir); 
4) raqobatga bardoshlilik, ya‘ni IKMning KYAni amalga oshirish qobiliyati bo‗lib, 
u kadrlar potensialining raqobatga bardoshliligini va samaradorligini ta‘minlaydi; 
5) IKMning tartibga solinishi va mustaqil ravishda tartibga solinishi, ya‘ni 
tashqaridan bo‗ladigan boshqarishga doir tartibga soluvchi signallarni idrok qilish va 
innovatsionkadrlar faoliyatini mustaqil ravishda tartibga solishga bo‗lgan qobiliyati. 
Kadrlarga doir yangiliklarni (Kß) tashkil etish - bu IKM tizimiga kiradigan tarkibiy 
elementlar (bo‗linmalar, guruhlar va shaxslar)ning, shuningdek KYAni ishlab chiqish va 
amalga oshirish vaqtidagi o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish qobiliyati va normalari majmuidir. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin