42
to‗plangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bog‗liq.
Mehmonxona strategiyasini
ro‗yobga oshirish yo‗llarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq
yo‗llarni izlash amalga oshiriladi.
Mehmonxona vazifasi,
maqsadi va strategiyasi, shuningdek strategiyani amalga
oshirishga yondashishlik hech qachon tugal bo‗lmaydi. Ishlarni baholash va to‗g‗rilash
harakatlarini amalga oshirish me‘yoriy hol hisoblanadi va strategik boshqaruv
jarayonining uzluksiz davom etadigan zarur unsurlari bo‗lib qoladi.
Sanab o‗tilgan 5 ta strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim majburiyatlari
(kundalik
ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni hal etish, yig‗ilishlar o‗tkazish,
hisobotlar tuzish, ga oid muammoni hal qilish, maxsus topshiriklar jamoatchilik
majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan ajralgan holda mavjud bo‗lmaydi. Keyingilar
butoqlar bo‗lib tana - strategik boshqaruv vazifasi atrofida joylashadi.
Yuqorida berilganlardan kelib chiqib
shunday xulosa qilish mumkin, ya‘ni
boshqaruv strategiyasi 5 ta o‗zaro bog‗liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik ko‗ra
bilish va mehmonxona vazifasini shakllantirish; maqsadlarni belgilash; maqsadlarga
erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va amalga oshirish; ishlarni
baholash, yangi yo‗nalishlarni o‗rganish va to‗g‗rilovchi harakatlarni amalga oshirish.
Bu vazifalar bir yo‗la va abadiy hal bo‗lgan harakatlar o‗tkazish zarurati yuzaga chiqadi.
Dostları ilə paylaş: