39
ishlab chiqilishi, tarkibiy qismlarga ajratilishi va ijrochilar e‘tiboriga
havola etilishini
kafolatlaydi.
Rejalashtirish jarayoni korxonaning maqsadlarini, tadqiqot predmeti va usulini
belgilashdan boshlanadi. Buning uchun, marketing tadqiqoti o‗tkaziladi va mehmonxona
korxonasining ichki
va tashqi marketing muhiti, uning raqiblari, bozordagi vaziyat va
h.k. haqida to‗la axborot to‗planadi.
Tadqiqot natijasida olingan ma‘lumotlar asosida SWOT-tahlil o‗tkaziladi,
takliflar
ishlab chiqiladi va ular mehmonxona rahbariyati e‘tiboriga havola etiladi. Mazkur
takliflar asosida rahbariyat korxona marketingining maqsadlari va vazifalarini
shakllantiradi, tegishli marketing strategiyalarini va ularni amalga
oshirish tadbirlarini
ishlab chiqadi.
Muayyan ish dasturiga aylantirilgan marketing strategiyalari quyidagi savollarga
javob berishi lozim:
-Qaysi ish bajariladi?
-Qachon bajariladi?
-Bu ish uchun kim javob beradi?
-Bu necha pulga tushadi?
Masalan, mehmonxonaga tegishli bo‗lgan bozordagi ulushni oshirishning asosiy
strategiyasi sifatida bo‗linma rahbari marketing rejasida sotishni rag‗batlantirish
tadbirlari sonini ko‗paytirishni taklif qiladi. Uning rejasida
turistik agentlar uchun
rag‗batlantiruvchi vositachilik haqi, ularga mehmonxona to‗g‗risidagi reklama
materiallarini
yuborish, matbuotda reklama berish, mehmonxonani ko‗rgazmalarda
reklama qilish va h.k., shuningdek mazkur tadbirlarni o‗tkazish muddatlari belgilanadi.
o‗z navbatida, mehmonxonaning muayyan faoliyat uchun
javob beruvchi har bir
bo‗linmasi umumiy rejaga muvofiq o‗z marketing rejalari va boshqa rejalarni mufassal
ishlab chiqadi.
Shunday qilib, marketingni rejalashtirish mehmonxona korxonasida boshqarishning
barcha darajalarida amalga oshiriladi.
Tadbirlar rejasi korxonaning mazkur faoliyatni ta‘minlovchi rejalashtirilgan
kirimlar va chiqimlar asosida hisoblangan budjetini shakllantirish imkonini beradi.
Tasdiqlanganidan keyin budjet korxona faoliyatining,
shu jumladan marketing
tadbirlarini o‗tkazish xarajatlarining asosiga aylanadi.
Mehmonxona direktori va bo‗linma boshliqi mazkur rejaning mazmunini o‗z
xodimlariga bildirishi va har bir xodim ushbu rejani bajarishdagi o‗z roli va vazifalarini
bilishi shart.
Rejalashtirish albatta ijroni tekshirish bilan birga amalga oshirilishi lozim. Agar
marketing rejasi bajarilmasa va nazorat qilinmasa, uni ishlab chiqish behuda ketadi.
Eskirgan reja yoki belgilangan budjetdan qimmat bo‗lgan va ishlamaydigan reja
foydadan ko‗ra ko‗proq zarar keltiradi. Shu sababli rejaning oxirgi bo‗limida
rejaning
bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari belgilab qo‗yiladi.
40
Tadqiqot maqsadi, predmeti va usullarini belgilang
Ichki va tashqi marketing tadqiqoti o‗tkazing
SWOT-tahlil o‗tkazing; takliflarni ta‘riflang
Marketing maqsad va vazifalarini belgilang
Maqsadlarga erishish uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqing
Takliflarni amalga oshirish bo‗yicha tadbirlarning rejalarini tuzing
Budjetni aniqlang
Marketing rejasini rasmiy hujjat tarzida rasmiylashtiring
Rejani manfaatdor shaxslarga ma‘lum qiling
Ijroni nazorat qilish tizimidan foydalaning
Rejangizni ko‗zdan kechiring va yangilang
Dostları ilə paylaş: