3.Mehmonxona xo„jaligida kadrlarni rejalashtirishning asosiy turlari va
bosqichlari.
Xodimga bo‗lgan ehtiyojni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirish jarayonining
boshlanich bosqichi hisoblanadi va mavjud ish o‗rinlari va rejalashtirilgan ish
o‗rinlari to‗g‘risidagi ma‘lumotlarga, tashkiliy-texnik tadbirlar o‗tkazishga, shtat
jadvali va bo‗sh lavozimlarni egallash rejasiga asoslanadi. Har bir aniq holatda
xodimga bo‗lgan ehtiyojni aniqlashda tegishli bo‗linmalar rahbarlarining ishtirok
etishi tavsiya etiladi.Xodimni jalb qilishni rejalashtirishning vazifasi ichki va tashqi
manbalar hisobiga kelgusiga kadrlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirishdan iboratdir.
Mehmonxonalarda xodim bilan ishlash muammolaridan biri kadrlarni jalb qilish
paytidagi mehnatga ko‗nikishini boshqarishdir. Xodimning mehmonxona bilan
o‗zaro hamkorligi jarayonida ularning o‗zaro moslashuvi vujudga keladi, uning
asosini xodim tomonidan sekin-asta mehnatning yangi kasbiy va ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlariga kirib borishi tashkil etadi.Ko‗nikishning ikki yo‗nalishi ajratib
ko‗rsatiladi:
- boshlang‘ich ko‗nikish, ya‘ni kasb faoliyati tajribasiga ega bo‗lmagan yosh
kadrlarning moslashuvi (mazkur holda gap o‘quv yurtlarining bitiruvchilari haqida
boradi);
- ikkilamchi ko‗nikish, ya‘ni kasb faoliyati sohasida tajribaga ega bo‗lgan
xodimlarning moslashuvi (odatda bular faoliyat obyektini o‗zgartiruvchilar yoki
masalan, rahbar lavozimiga o‗tganda kasbiy rolini o‗zgartirganlar).
Mehnat bozori faoliyat ko‗rsatayotgan sharoitda ikkilamchi ko‗nikishning
ahamiyati ortadi. Bunda yosh xodimning birlamchi ko‗nikishiga katta e‘tibor
56
berayotgan xorijiy firmalarning ish tajribasini diqqat bilan o‗rganish zarur.
Xodimning mazkur toifasi mehmonxonalar ma‘muriyati tomonidan alohida
g‘amxo‗rlik ko‗rsatishga muhtoj bo‗ladilar.
Xodimni ozod qilish yoki qisqartirishni rejalashtirish kadrlarni rejalashtirishda
muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish yoki boshqarishning ixchamlashuvi
natijasida ishchi kuchining ortiqchaligi vujudga keladi. Xodimni ozod qilishni
rejalashtirish tashqi mehnat bozoriga malakali kadrlarni berib yuborish va mazkur
xodimlar uchun ijtimoiy qiyinchiliklar vujudga keltirishga barham berish imkonini
tudiradi.Xodimni boshqarish sohasidagi mazkur faoliyat keyingi vaqtlargacha
amalda vatanimiz mehmonxonalarida rivojlanmadi.
Ishdan bo‗shayotgan xodim ishlarini rejalashtirish bo‗shash turlarini
tasniflashga asoslanadi. Tasniflash mezoni sifatida xodimning mehmonxonadan o‗z
ixtiyori bilan ketish darajasi hisoblanadi:
-xodim tashabbusi, ya‘ni o‗z ixtiyori bilan;
-ish beruvchi yoki ma‘muriyatning tashabbusi bilan;
-pensiyaga chiqishi munosabati bilan.
Mehmonxonadan ketish singari voqeaning muhimligi tufayli bo‗shovchi
xodimlar bilan ishlashda xodimni boshqarish xizmatlarining asosiy vazifasi mana
shu boshqa ishlab chiqarish, ijtimoiy, shaxsiy vaziyatga o‗tishni iloji boricha
yumshatishdan iboratdir. Bular ayniqsa bo‗shashlarning keyingi ikki turiga
taalluqlidir.
Pensiyaga chiqish oqibatida mehmonxonadan ketish bo‗shashlarning avvalgi
turlaridan farq qiladigan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Birinchidan,
pensiyaga chiqish oldindan ko‗zda tutilgan va vaqt jihatidan yetarli darajada aniqlik
bilan rejalashtirilgan bo‗lishi mumkin. Ikkinchidan, bu voqea shaxsiy sohada jiddiy
o‗zgarishlar bilan bog‘liqdir. Uchinchidan, kishining turmush tarzida muhim
o‗zgarishning sodir bo‗lishi uning atrofidagilar uchun yaqqol ko‗zga tashlanib turadi.
Nihoyat, pensiyaga ketishni baholashda insonga xos bo‗lgan ikki tomonlama fikr
yuritish, o‗z-o‗zi bilan muayyan ixtilofga borish xosdir. Mehmonxonalarning yoshi
ulg‘ayib qolgan xodimlarga munosabati (shuningdek, tegishli davlat siyosati ham)
boshqaruv madaniyati darajasi va iqtisodiy tizim ma‘naviylik darajasining mezoni
hisoblanadi.
Kadrlardan foydalanishni rejalashtirish shtatdagi lavozimlarni to‗ldirish rejasini
tuzib chiqish vositasida amalga oshiriladi. Ish o‗rnini belgilashda malaka belgilarini
hisobga olish bilan bir qatorda insonga to‗g‘ri keladigan ruhiy va fiziologik
yumushlarni (nagruzkalarni) va bu sohada da‘vogarning imkoniyatlarini ham hisobga
olish zarur.Xodimdan foydalanishni rejalashtirish vaqtida ularga shunday talablar
qo‗yiladiki, toki xodim kasb kasalligiga uchramasin, erta nogiron bo‗lib qolmasin,
ishlab chiqarishda shikastlanmasin. Insonga munosib bo‗lgan mehnat sharoitlarini
ta‘minlab berish kerak. Kadrlardan foydalanishni rejalashtirishda yoshlar, xotin-
qizlar, keksa xodimlar, jismoniy va ruhiy imkoniyatlari cheklangan shaxslarning
bandligi masalalariga e‘tibor berish talab qilinadi. Xodimning bu toifalaridan
ularning malakasi va imkoniyatlariga muvofiq foydalanish ayniqsa muhimdir. Ana
57
shu maqsadda mehmonxonada tegishli ish o‗rinlarini zaxira tarzida saqlab turish
zarur.
Dostları ilə paylaş: |