Kalit so‘zlar
:
Pedagogik ta’lim. Texnik ta’lim. Shaxsning kommunikativ va
tashkilotchilik moyilliklari diagnostikasi, Muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1012
w
www.oriens.uz
May
2021
KIRISH
Bugungi kunda mustaqil fikrlaydigan, ijodiy faoliyat yuritadigan yoshlarni
tarbiyalash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki ta’lim yoshlar
ma’naviyatiga yaratuvchanlik baxsh etishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barcha
orzu-umidlari zamonaviy ta’lim-tarbiya orqali ro‘yobga chiqishi aniq va ravshandir.
Ta’lim tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarda muloqat qobilyatining shakillanishi va
kommunikativ qobilyatlarning rivojlanib borishini va ksbiy motivatsiyaning
shakillanishini o‘rganish ta’lim samaradorligini aniqlab beruvchi omillardan biri
hisoblanadi.Talabalarining muloqat qobiliyati rivojlanishining farqlarini aniqlash va
ularning kasbiy motivatsiya shakillanishiga bog‘liqligini aniqlash g‘oyat dolzarb
ekanligi bizning tadqiqot ishimizda ushbu muommani o‘rganishni o‘z oldimizga
maqsad qilib qo‘ydik.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biz tadqiqot maqsad va mazmunidan kelib chiqqan holda pedagogik ta’lim va
texnik ta’limning talabalarda kommunikativ qobiliyatlar rivojlanishiga ta’sirini
aniqlash maqsadida Pedogogik ta’lim texnik ta’lim yo‘nalishidagi talabalarda
“Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik moyilliklari diagnostikasi” metodikasini,
Snayderning
“Muloqotda
o‘z-o‘zini
boshqarish”
so‘rovnomasidan,
V.F.Ryaxovskiyning muloqatchanlikning umumiy darajasini aniqlash metodikasi va
kasbiy motivatsiyani aniqlash metodikasidan foydalandik. .
Shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik moyilliklari diagnostikasi
metodikasidan olingan natijalarni quyidagi jadvalda umumlashtirdik.
Talabalarda kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari dinamikasi. .1-
jadval
Kurslar
Kommunikativ
qobiliyatlar
Tashkilotchilik
qobiliyati
1-kurs
0,4
0,5
2-kurs
0,6
0,7
3-kurs
0,7
0,8
4-kurs
0,8
0,9
Yuqoridagi jadvalda ko‘rinib turganidek, birinchi kurs talabalarida
kommunikativ qobiliyatlar 0,4ga, tashkilotchilik qobiliyatlari esa 0,5 ga teng
ekanligi ko‘rinib turibdi, ushbu qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi sustroq.Ular
tashabbusni o‘z zimmasiga olmaydilar, vaqtni tanholikda o‘tkazishni hush ko‘radilar,
|