37
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
ratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari,
texnoparklar
tashkil etish;
ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy
etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini
kengaytirish va mazkur muassasalarda bolalarning har
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun
sharoitlarni tubdan yaxshilash,
bolalarni maktabgacha
ta’lim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish,
pedagog va mutaxassislar malakasini yuksaltirish;
pedagoglarni tanlash va tayyorlash tizimini tubdan
isloh etish. Ushbu yo‘nalishda
psixologik test va ijodiy
imtihonlarni joriy qilish. Oliy ta’lim tizimida “Maktabgacha
bo‘lgan davrda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish” va
“Maktabda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish” ixtisosliklarini
joriy qilish;
otaona va bolalarni ijtimoiy hayotga, shuningdek,
maktabgacha ta’lim bosqichigacha tayyorlashga
qaratilgan “Yosh otaonalar maktabi” va “Oilada tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish” maxsus kurslari ochilishini qo‘llab
quvvatlash;
“Fan – ta’lim – ishlab chiqarish – innovatsiya integ
ratsiyasi”ga to‘liq erishish, oliy ta’lim muassasalarida
faoliyat ko‘rsatuvchi professoro‘qituvchilarning
ishlab
chiqarish va amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash,
ularning amaliy tajriba va ko‘nikmalarini oshirish;
ta’lim muhiti xavfsizligini ta’minlash va korrupsiyaning
oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy harakatlarni kuchaytirish
orqali yoshlarning o‘z intellektual
va ijodiy salohiyatini
ro‘yobga chiqarishiga xizmat qiluvchi shartsharoitlarni
ta’minlash;