Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


mobaynida amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ko’rib chiqish uchun yig’im undirilmaydi



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

mobaynida amalga oshiriladi. Hujjatlarni qayta ko’rib chiqish uchun yig’im undirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin 
litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza 
taqdim etadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: 
-ta’sis hujjatlarining notarial idora tomonidan tasdiqlangan nusxalari (litsenziyaning 
amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida ariza berilgan sanada ularga o’zgartirishlar 
kiritilgan taqdirda); 
-auditorlik tashkiloti tarkibidagi auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlar 
to’g’risidagi ma’lumotlar; 
-moliyaviy holati to’g’risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma; 
-arizani qayta ko’rib chiqish uchun yigim to’langanligini tasdiqlovchi hujjat
Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimining talablari va shartlariga rioya 
qilinganda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish oldingi berilgan litsenziya 
blankasiga maxsus belgi qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladi. Agar litsenziyaning amal qilishi 


ariza berilgan sanada yoki ariza ko’rib chiqilayotgan davrda qonun hujjatlariga muvofiq 
to’xtatib qo’yilgan bo’lsa, litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki o’rni o’zgargan hollarda, auditorlik 
tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi, qayta ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng bir hafta 
muddatda litsenziyalovchi organga qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli 
o’zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta 
rasmiylashtirish to’g’risida ariza berishlari lozim.
 
 
 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin