tartibda dublikat berilishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to’g’risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi, shuningdek, e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi lozim. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida yig’im litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o’tkaziladi. Ushbu to’lovni o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun berilgan arizaga ilova qilinadi. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik tashkilotiga auditorlik tekshiruvini o’tkazish ta’qiqlanadi. Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan quyidagi litsenziya talablari va shartlari qo’yiladi: -
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, auditorlik faoliyatining milliy standartlari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish; -
shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi; -
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlash;
-
auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish; -
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash; -
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash; -
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish; -
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish; -
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish; -