fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish; -
o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish; -
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa axborotni litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan hollarda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga yoki butunlay to’xtatishga haqlidir. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan, shuningdek auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to’g’risidagi qarori bajarilmagan hollarda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yishi mumkin. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqida qaror qabul qilinganidan so’ng uch kun mobaynida auditorlik tashkilotiga bildirish xati yuborish shart. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotiga litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Bu muddat olti oydan oshib ketishi mumkin emas. Litsenziyaning amal qilishi to’xtatib qo’yilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyat amalga oshirilganda qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib qo’yishga olib kelgan holatlar auditorlik tashkiloti