to’lovning tannarxga qo’shilishi. 4. Valyuta muomalasi bo’yicha zarar ko’rilganida soliqqa tortiladigan foydani aniqlash chog’ida moliyaviy natija tuzatilganligi. 5. Valyuta sotishni hisobga olishga doir muomalalar bo’yicha chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazish sanasini belgilashning to’g’riligini tekshirish 6. Chet el valyutasini so’mga hisoblab o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan valyuta kurslarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish 7. Valyuta sotishni aks ettirishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi (korrespondentsiyasi) to’g’riligini tekshirish. 12.9. Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’lari sintetik hisobining to’g’riligi va
to’liqligini tekshirish
Korxonalar bankda hisob-kitob schyoti, valyuta schyotidan tashqari maxsus schyotlarga ham ega bo’lishlari mumkin. Bunday schyotlar mamlakatimizdagi va chet ellardagi akkreditivlarda, chek daftarchalarida, boshqa to’lov hujjatlarida (veksellardan tashqari), joriy, alohida va boshqa maxsus schyotlarda saqlanayotgan milliy va xorijiy valyutalardagi pul mablag’larini hisobga olish uchun mo’ljallangan. Bankda maxsus schyotlarni ochish korxonalar o’rtasida ayrim hisob-kitoblarni yuritish xususiyatlaridan ham kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvi har bir maxsus schyot bo’yicha o’tkaziladi. Bankdagi maxsus schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga olish uchun 5510- «Akkredetivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus schyotlar» tayinlangan bo’lib, ularda pul mablag’lari harakati ham so’mda, ham valyutada aks ettiriladi. Alohida saqlash talab qilinadigan pul mablag’lari harakatini nazorat qilish uchun 5510,