Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


moliyaviy instrumentlardir. Yuqoridagi kabi murakkab moliyaviy majburiyatlarning hamda



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə476/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

moliyaviy instrumentlardir. Yuqoridagi kabi murakkab moliyaviy majburiyatlarning hamda 
xususiy kapitalning hisobi va auditining yuritilishi quyidagi keltiriladi. Kapitallashtirilgan 
ijara shartnoma majburiyatlari ham uzoq muddatli majburiyatlarga kiradi. Uzoq muddatli 
majburiyatlar auditi obligatsiyalar, moliyaviy instrumentlar, to’lanadigan foizlar va foiz 
xarajatlaridagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi.
 Uzoq muddatli majburiyatlarning juda ko’p o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, bu 
xususiyatlar bajariladigan audit amallariga ta’sir qiladi. Masalan, majburiyat aktsiyaga 
konvertatsiya qilinishi yoki varrant, optsion (huquq) bilan birlashtirilib xususiy kapitalga 
almashtirilishi mumkin. Qarz ma’lum bir shartlar bilan bo’lishi yoki korxona qarzni yopa 
olishini tasdiqlashni talab qilishi mumkin. Umuman aytganda majburiyatlar korxona 
aktivlari bilan ta’minlangan yoki ta’minlanmagan bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatli majburiyatlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi moliyaviy 
hisobotning boshqa ko’rsatkichlarini tekshirish kabi o’tkaziladi. Auditor balansda 
ko’rsatilgan uzoq muddatli majburiyatlar satridagi summalarning noto’g’ri raqamlarni 
ko’rsatmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu moliyaviy hisobotdagi foiz xarajatlarini 
ham qamrab oladi.
 Uzoq muddatli majburiyatlar auditida auditor tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy 
faoliyatdagi ishtiroki hajmini aniqlashi kerak. Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq operatsiyalar 
tez-tez amalga oshiriladigan korxonalarda nazorat riskini aniqlash uchun korxonaning ichki 
nazorat tizimini o’zrganish, so’rov yoki test savollari yordamida nazoratning qay darajada 
amalga oshirilayotganligini baholash kerak bo’ladi. Bunday holda ko’pincha auditordan uzoq 
muddatli majburiyatlarni aynan ular bilan bog’liq bo’lgan foiz xarajatlarini hisobga oluvchi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   472   473   474   475   476   477   478   479   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin