«Korxona bilan maxsus maqsadda»gi operatsiya ma’lum masofada tuziladi va u moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq keladi. Sho’ba korxonalar bosh korxona bilan konsolidatsiyalashgan balans tuzishi va u aktiv va majburiyatlari baholanishi kerak. Balansdan tashqari korxonalar odatda noqonuniy emas va u keng tarqalgan biznes turi, faqat odatda bu kabi operatsiyalarni hisobda firibgarlikni amalga oshirishni ko’zlagan korxonalar bajaradi. Balansdan tashqari tashkilotda bosh korxona sho’ba korxonaning faqatgina toza aktivlarini o’z balansida ko’rsatadi. Bu bilan bosh korxona majburiyatlarini balansda ko’rsatishdan qochadi. Natijada korxona hisobotlarida uning haqiqatdagi xarajatlarini aniqlash imkoniyati yo’qoladi. Bosh korxona GAAP ning konsolidatsiyalashgan hisobot tuzish haqidagi nizomiga amal qilmay, ya’ni moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilishi kerak bo’lgan qarz mablag’larini qastdan ko’rsatmagan hollarda bu operatsiya firibgarlikka aylanadi. ENRON va uning «Korxona bilan maxsus maqsadda»gi operatsiyalarida u o’zining millionlab qarz mablag’lari haqidagi axborotni yashirgan. Oqibatda ENRON va unga o’xshagan boshqa balansdan tashqari operatsiyalardan firibgarlik maqsadida foydalanayotgan korxonalarga javoban FASBva SEC moliyaviy hisobot standartlarini hisobotlardagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida qayta ko’rib chiqishdi Tekshirilayotgan korxonada auditor o’zining mustaqil audit amallarini bajarishi uchun mijoz korxonadagi majburiyatlar yuzasidan mavjud ichki nazorat tizimini o’rganib chiqishi, tekshirish uchun bajaradigan amallariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan haqqoniy bo’lmagan ko’rsatkichlarni niqlashi kerak bo’ladi. Korxonadagi uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan nazorat riski, nazorat uchun amalga oshirilayotgan operatsiyalar umumiy moddiy