moliyaviy majburiyatlarning baholanishi ham o’z-o’zidan qiyin bo’ladi. Mijoz korxonada majburiyatlarning to’g’ri baholanishi yuzasidan nazorat mavjud bo’lishiga qaramay auditorlik tekshiruvidan maksimal foyda olish uchun mijoz auditorlardan bu kabi murakkab majburiyatlar to’g’ri baholanganligini tekshirib, buxgalteriya yozuvlarida haqqoniy aks ettirishda ko’mak berishini so’rashi maqsadga muvofiq. Tasniflanishi . Majburiyatlar yuzasidan amalga oshiriladigan ichki nazorat majburiyatlarning moliyaviy hisobotlarda to’g’ri tasniflanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Asosiy muammo, uzoq muddatli majburiyatlarning kelgusi yil to’lanishi lozim bo’lgan qismi qisqa muddatli majburiyat sifatida aks ettirilishi kerak. Uzoq muddatli majburiyatlarda nazorat riski bilan bog’liq yakuniy muammo mijoz korxonada har qanday yopilmagan majburiyat yo’qotish va o’g’irliklar sodir bo’lishidan himoya qiladigan nazorat amallari yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Amallar alohida mustaqil korxona siyosati bilan davriy nazoratni amalga oshirishi kerak. Audit amaliyotidan Majburiyatlar auditida majburiyatlar to’liqligini tasdiqlash qiyin, muhimi auditor majburiyatlar bilan bog’liq risklilikni baholashda, nazorat amallarini aniqlashda to’g’ri usul tanlashi bu holatda muhim. Auditor majburiyatlarga nisbatan xatarni baholashda majburiyatlar yuzaga kelishiga nisbatan yuqoridagi rag’batni, bosimni aniqlashi kerak bo’ladi. Agar asosiy e’tibor opreatsyaning o’ziga qaratilib, uni baholash e’tibordan chetda qolsa majburiyatlarning to’liqlik nuqtai nazaridan auditorning noto’g’ri axborot olish xavfi