237
1968-yilda Mexikoda o‘tkazilgan Olimpiada musobaqalarida
B.Bimon tomonidan favqulotda darajada tengsiz rekord natija – 8,90
metr natija qayd qilingan. Faqat 1991-yilga kelib boshqa bir amerikalik
sportchi M.Pauell tomonidan bu natija 5 sm ga uzaytirilgan – ya’ni,
bu sportchi 8,95 metrni zabt eta olgan.
Hozirgi vaqtgacha bu dunyo
rekordi natijasi yangilanmagan.
Uzunlikka sakrash musobaqalari rivojlanish tarixi shundan dalolat
beradiki, ayollar o‘rtasida bu sport turi bo‘yicha dastlabki dunyo
rekordi 1928-yilda qayd qilingan bo‘lib, bu natija yaponiyalik sportchi
ayol – K.Xitomi (5,98 metr) hisobiga yozilgan. 1939-yilda bu natijani
germaniyalik K.Shulst yaxshilashga muvafaq bo‘lgan (6,12 metr),
1943-yilda esa – gollandiyalik F.Blankers – Koen yangi natijani
qayd qiligan bo‘lsa (6,25 metr), 1954-yilga kelib yangi Zelandiyalik
I.Uilyam 6,28 metrga sakrash natijasini qo‘lga kiritgan.
1955-yilda dunyo rekordchisi birinchi
marta Sobiq Ittifoqda
G.Popova – Vinogradova tomonidan qayd qilingan (6,31 metr), keyin esa
1961-yildan 1964-yilga qadar T.Shelkanova tomonidan dunyo rekordi
6,70 metrga yaxshilangan. Navbatdagi bosqichlarda dunyo miqyosida
ayollar o‘rtasida yugurib kelib uzunlikka sakrash musobaqalari
bo‘yicha rekord natija angliyalik M.Rend (6,76 metr), Ruminiyalik
V.Viskopolyan (6,82 metr), X.Rozendal (6,84 metr),
Sobiq Germaniya
Federativ respublikasi sportchisi A.Foyg (6,92 metr) va 3.Zigl (6,99
metr) kabilar tomonidan yaxshilangan. Uzunlikka sakrash bo‘yicha 7
metrlik masofa 1978-yilda Sobiq Ittifoqlik sportchi ayol S.Bardausken
tomonidan qayd qilingan (7,07 va 7,09 metr). 1982-yildan 1985-yilga
qadar sakrash bo‘yicha dunyo rekordchilari sifatida ruminiyalik
sportchilar – A.Stanchu – Kushmir va V.Ioneska qayd qilinadi, ular
tomonidan dunyo rekordi natijasiga besh marta to‘g‘rilash kiritilgan
(7,15; 7,20; 7,21; 7,23 va 7,43 metr). A.Stanchu – Kushmir tomonidan
o‘rnatilgan so‘nggi dunyo rekordi (7,43 metr) germaniyalik sportchi
X.Drexsler tomonidan yaxshilangan (7,44 va 7,45 metr). Jumladan, 7,45
metrlik masofani zabt etish uchta ayol sportchi tomonidan ko‘rsatilgan –
X.Drexsler (Sobiq GDR), D.Djoyner – Kersi (AQSh) va G.Chistyakova
(Sobiq Ittifoq). 1988-yilda G.Chistyakova tomonidan 7,52
metr natija
qo‘lga kiritilgan va u yagona dunyo rekordchisiga aylangan.
238
Uzunlikka sakrash texnikasini takomillashtirish tarixi ko‘rsatishi-
cha, harakatlar tavsiflari quyidagi uchta omil bilan aniqlanadi:
jumladan, yugurish tezligi, sakrashda tiralib itarilish quvvati, erga
tushishda samaradorlik.
Qadimgi Gretsiyada o‘tkazilgan Olimpia o‘yinlarida uzunlikka
sakrash musobaqalari qo‘lda gantel ushlab turgan holatda bajarilgan.
Gantellarning og‘irlik qiymati 2,25 dan 10 funtgacha bo‘lganligi qayd
qilinadi (1 funt = 453 gramm). Qo‘lga kiritiluvchi natija ko‘p jihatdan
gantellarning siltanishiga bog‘liq bo‘lgan.
Atlet sakrash vaqtida gantellarni shunday holatda ushlaydiki,
bunda uchish o‘rtasida uning oyoqlari va qo‘llari oldinga cho‘zilgan
holatda, deyarli o‘zaro parallel holatda joylashadi. Erga tushish
oldidan gantellardan bo‘shatish
maqsadida, qo‘llarning orqaga faol
holatda harakatlanishi amalga oshiriladi. Bunda tanaga ham uchish
uzunligini oshirish uchun qo‘shimcha ta’sir ko‘rsatiladi.
Greklar rekord natijalarni qayd qilishga emas, balki sakrash
uslubiga katta e’tibor qaratishgan. Bu holat albatta ushbu sport turi
bo‘yicha ular tomonidan erishilgan natijalar haqida ma’lumotlar
deyarli mavjud emasligini belgilab beradi.
Yengil atletikaning zamonaviy rivojlanish bosqichi boshlanishi
XIX asr hisoblanadi, bu davrga kelib sportchilar sakrashning turli
xil variantlaridan foydalana boshlashgan (uchish fazasidan boshlab).
Bu yerda kuchli darajada bukilgan oyoqlar bilan va tizzalarni gavda
oldida iloji boricha yuqoriga ko‘tarish orqali uchish holati muhim
o‘rin tutadi («oyoqlarni bukish»),
shuningdek, bu holat ma’lum
darajada oyoqlarning yugurish harakatlariga o‘xshab ketishi («qaychi»
prototipi) qayd qilinadi. Uzunlikka sakrashning «qaychi» usulida
zamonaviy variant Amerikalik sportchi M.Prinsteyn tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, bu usul 1898-yilda namoyish qilingan.
1930-yillarda «bukilish» usulida sakrash varianti keng ommalash-
gan bo‘lib, bu usul finlyandiyalik sportchi V.Tuulos tomonidan ishlab
chiqilgan.
Sarkashning oqilona texnikasini qidirish natijasida havoda umba-
loq oshish (salto) orqali sakrashdan foydalanish sinovdan o‘tkazil-
gan. Biroq, Yengil atlektika Xalqaro federatsiyasi qaroriga ko‘ra, bu
239
sakrash usuli jarohatlanishga olib kelishi ehtimolligi darajasi yuqoriligi
sababli ta’qiqlangan.
Hozirgi vaqtda uzunlikka sakrashda «qaychi» usuli keng tarqalgan.
Biroq, ko‘pincha musobaqalarda «oyoqlarni bukish» va «bukilish»
usullarida sakrash bajarilishini ham kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: