192
mumkin, birinchi g‘ovgacha bo‘lgan masofa avval 4, keyin 6 yugurish
qadamida bosib o‘tilishi kerak.
7-8 yoshli bolalar uchun birinchi g‘ovgacha 6 yugurish qadami
qo‘yiladigan bo‘lsa, masofa 7-7,5 m, g‘ovlar orasida – 4-4,5 m, g‘ovlar
balandligi – 20-40 sm.
10 yoshli bolalar uchun muvofiq ravishda 7,5-8,5 m; 4,5-6 m; 40-
60 sm.
13 yoshlilar uchun – 8-9 m; 5,5-6,5 m; 50-76,2 sm.
Bolalarni g‘ovlar osha yugurish texnikasiga o‘rgatishning eng
oqilona usuli – yaxlit usul. O‘quvchilar 3-4 g‘ovni
yetarlicha yuqori
tezlikda (nazorat ostida) yugurib o‘tadilar, murabbiy esa umumiy va
xususiy e’tirozlarini bildiradi. Umumiy e’tiroz yugurish tezligi, ritmi,
harakatlarning erkinligiga taalluqli. Xususiy e’tirozlar esa alohida
qadam larning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Har bir g‘ovga itarilish joyida nazorat belgisi qo‘yiladi. U sezilarli
bo‘lishi kerak. G‘ov ortidagi “qo‘nish”
joyiga ham, zarur bo‘lsa,
birinchi qadam o‘rniga ham belgi qo‘yib chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: