O‘z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistemalar
ko‘piklar
deb ataladi. Suyuqlik - gaz
sistemasi o‘zining xossasiga ko‘ra emulpsiyalarga yaqin turadi.
Changlar
deb o‘z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini
tutgan gaz sistemalariga
aytiladi. Chang tarkibidagi qattiq zarrachalar o‘lchami 3...70 mkm oralig‘ida bo‘ladi.
Tutunlar
tarkibida o‘lchami 0,3...5 mkm ga teng bo‘lgan qattiq modda zarrachalari bo‘ladi.
Tutunlar bug‘ yoki gazlarning suyuq yoki qattiq xolatga kondensasiyalanish
jarayoni orqali
o‘tishda xosil bo‘ladi.
Tumanlar
suyuq va gaz fazalaridan tashkil topgan bo‘ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik
zarrachalarining o‘lchami 0,3... 0,5 mkm ga teng.
Chang tutun va tumanlar
aerodispers sistemalar
yoki
aerozollar
deb ataladi. Quyidagi rasmda
turli jinsli sistemalarning klassifikasiyasi berilgan.
Cho‘ktirish
usuli suspenziya, emulsiya va changli gazlarni ajratish uchun ishlatiladi.
Cho‘ktirish tezligi kichik bo‘lgani sababli bu usul asosan turli jinsli sistemalarni birlamchi
ajratish uchun qo‘llaniladi. Cho‘ktirish
jarayoni changli gazlar, suspenziya va emulpsiyalar
tarkibidagi mayda qattiq zarrachalarning og‘irlik kuchi ta’sirida qurilma tubiga cho‘kishiga
asoslangan. Cho‘ktirish jarayonlari tindiruvchi qurilmalarda olib boriladi.
Cho‘kish tezligini aniqlash uchun aloxida olingan sharsimon
qattiq zarrachalarning
suyuqlik muxitda erkin cho‘kishini tekshiramiz: cho‘ktirish jarayonlari
tindiruvchi
qurilmalarda
olib boriladi. Bu jarayonda cho‘kish tezligini xisoblash muximdir.
Zarracha dastlab tez cho‘ka boshlaydi, so‘ngra og‘irlik kuchi
qarshilik kuchiga teng
bo‘lgandan so‘ng o‘zgarmas tezlik bilan bir xilda cho‘kadi. Shu o‘zgarmas tezlik
Dostları ilə paylaş: