Ammo, lekin bog’lovchilari qavat kelib qo’llanishi ham mumkin: Men baho
bermoqchi emasman, uka. Ammo lekin hayotni ortiqcha
rasmiylashtirib yubor-
yapmiz.
Balki bog’lovchisi predmet, shaxs yoki ish-harakat orasidagi zid munosabatni
bildiradi, u gaplarni bog’laganda oldingi gapda ifodalangan fikrni tasdiqlaydi yoki
inkor qiladi: Lekin bu musiqa jimjimalikni buzmas, balki uni quyultiradi.
O’zbek adabiy tili uchun norma darajasiga ko’tarilmagan bo’lishiga qaramay,
– a
bog’lovchisi og’zaki nutq va badiiy adabiyotda uchramoqda. Bu qo’shma yoki
sodda gaplarni bog’lab,
ular orasidagi qiyos, zid munosabatlarni ifodalaydi:
Qovun tanlashda didim yo’q. A siz-chi?
v)
Ayiruv bog’lovchilari
– o’zaro bog’lanayotgan bo’lak yoki gaplardan
birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilar: sodda gaplar yoki bog’langan
qo’shma gaplarda uyushgan bo’laklarni yoki qo’shma gap qismlarini bog’lash
uchun ishlatiladi.
Yo, yoki, yoxud, yoyinki bog’lovchilari uyushgan bo’laklardan
birini
ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko’rsatish
uchun ishlatiladi: Yo bir maslahatni aytib bo’ladi, yo ro’zg’or ishini.
Goh … goh, dam … dam, baʻzan… ba’zan, bir…bir bog’lovchilari uyushiq
bo’laklar yoki ayrim gaplarni ayiruv yo’li bilan bog’lab, galma-gallik, almashinib
turish ma’nolarini anglatadi: O’ktam tolga suyanib,
dam cholga, dam tegirmonga
qarab indamay turaverdi.
Takror qo’llanuvchi ayiruv bog’lovchisi oldidan yozuvda vergul qo’yiladi.
g)
Dostları ilə paylaş: