2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari
: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-
kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki).
-ku, -u, -yu, -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq), -ki (-kim)
yuklamalari esa qoʻshib yoziladi
-ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim)
yuklamalari ma’noni kuchaytirish,
to`siqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo`llanadi. Masalan,
Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da goʻzalroq, bundan-da farovonroq boʻlishiga
ishonaman.- O`z qizingiz-ku, tengini topib bering-da! (Cho`lpon) Mirzo Ulug`bek
maktubni o`qib tugatmasdanoq o`rnidan turib ketdi. (O.Yo.) Bir qissakim, buning
so`ngida Sevishganlar topishgusidir. (H.O.)
Ham, axir, hatto, hattoki, nahot (nahotki) so`z yuklamalari fikrni ta’kidlash,
avvalgi voqeani eslatish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, Tursunboy hamma
narsadan kechganda ham birgina shu Zebidan kechmas edi. (S.A.) Axir bu qal’ani
olguncha ozmuncha talofat berildimi? (P.Q.) Nahot, axir, soʻnggi dam ham
Farzandingni oʻylasang. (A.O.) Uzoq cho`zilgan bu suhbatda Miryoqubning
qulog`i bir marta g`alati dinkaydi, hatto uning qop-qora chiroyli ko`zlarida
allaqanday sehrli olovlar yondi. (Ch.)
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari:
faqat(gina), -gina (-kina, -qina). Bu
yuklamalar turli so`z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko`rsatish va ma’no
jihatdan ajratish uchun qo`llanadi. Masalan, O`zi haqida o`ylamay, faqat xalqqa
ilm berishga bel bog`lagan olim kishi xuddi shamga o`xshaydi, sham o`zini
yondiradi, xalqqa ziyo bag`ishlaydi. (M.Hasaniy) Yoqimli do`stgina suhbati olis
yo`lni yaqin qiladi. (M.Hasaniy) Dunyoda ko`rib o`taturgan barcha orzumiz,
havasimiz faqat sengagina qarab qolgan (A.Qod.)
Faqat
yuklamasi o`rnida
yolg`iz, atigi, xolos
so`zlari qo`llanishi ham
mumkin. Miryoqubning topishi yolg`iz mingboshi orqali bo`lsa, unga «epaqa»
nomini qo`yish to`g`ri bo`larmidi. (Cho`lpon) Hamma nopok, hamma egri, yolgʻiz
siz toʻgʻri. Xotin, bu gaplar kitobdagina bor xolos, hayot boshqa.
Dostları ilə paylaş: |