8-mavzu: Yordamchi soʻzlar. Alohida guruh soʻzlar. Yordamchi soʻzlar ta’rifi va ularning turlari. Modal soʻzlar va ularning tasnifi. Undov soʻzlar va ularning tasnifi. Taqlid soʻzlar va ularning tasnifi. Reja



Yüklə 459,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix03.12.2023
ölçüsü459,98 Kb.
#172054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
8-ma\'ruza

 
 
BOG’LOVCHI 
Gap bo`laklarini yoki qo`shma gapning qismlarini bog`laydigan yordamchi 
so`zlar bog`lovchi deyiladi. Bog`lovchilar gap bo`laklari va ayrim sodda gaplarni 
o`zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko`rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga 
qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur») 
Kumush ichkariga kirib ko`zdan g`oyib bo`ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa 
yerga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.) 
Bog`lovchilar qo`llanishiga ko`ra ikki turli bo`ladi: 1. Yakka bog`lovchilar. 2. 
Takroriy bog`lovchilar. 


Yakka bog`lovchilar uyushgan bo`laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda 
qo`llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, 
go`yo, basharti, garchi, go`yoki, holbuki, vaholanki. 
Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o`rtanmas Omon (H.O.) Bu 
gullarni Azizxon, go`yo ona o`z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). 
Ahli majlis Otabekni ko`klarga ko`tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga 
ishtirok etmas va nimadandir g`ijingandek ko`rinar edi. (A.Qod.) 
Takroriy bog`lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o`rinda gap bo`laklari, 
shuningdek qo`shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. 
Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, 
ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh 
yaqin chodirdagi go`zal kanizlarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam 
beg`ubor bo`lib tuyular edi. (O.Yo.) Yo bir maslahatni aytib bo`ladi, yo ro`zg`or 
ishni. (Cho`lpon). Dam bobomga, dam uning o`rtog`iga tikilaman. (O.) Dadasi... 
erkatoy o`g`lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O. Yo.) 
Takroriy bog`lovchilardan 
yo, yoki
yakka holda ham qo`llanishi mumkin, 

Yüklə 459,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin