O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

Takrorlash uchun savollar 
 
1. Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalarga ta’rif bering? 
2. Marketing innovatsiyalari va narxlarni shakllantirishdagi 
innovatsiyalarga ta’rif bering? 
3. Tashkiliy va biznesni yuritishdagi innovatsiyalarni ayting? 
4. Jarayonlar bo‘yicha va marketing innovatsiyalari o‘rtasidagi farq 
nimada deb hisoblaysiz? 
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar 
1.
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 
2014 by Pearson Education, Inc.p.154. 
2.
Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property, and 
economic growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.385. 


70 
3.
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: TDIU, 
2013 y. 
4.
 
https://www.youtube.com/watch?v=edq07biGpC0
Harvard 
professor Clayton Christensen, disruptive innovation and higher education
5.
 
www.aup.ru
Innovatsiya i ekonomika, chto ix svyazыvaet? 
 
2.3. Innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish
Globallashuv sharoitida iqtisodiy rivojlanishida ilm-fanning tutgan o‘rnini 
belgilab olish va uni chuqur anglashga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. 
Bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish mamlakatda yangi bilimlarni yangi 
texnologiyalarga, milliy va global bozorlarda o‘z haqiqiy iste’molchilarini 
topa oladigan mahsulot va xizmatlarga samarali tarzda aylantira oladigan 
yaxlit bir tizimini shakllantirishni talab etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan Respublika “Innovatsion 
g‘oyalar, ishlamalar va texnologiyalar”, “Sanoat yarmarkasi va 
kooperatsion birjalar yarmarkasi”da taqdim etilgan ilmiy-tekshirish 
ishlamalari va texnologiyalari, qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarilgan 
tovar va xizmatlarni sifat ko‘rsatkichlari xalqaro ISO standart talablariga 
mosligi va O‘zbekistonda lokalizatsiya qilingan import o‘rnini bosuvchi va 
eksportga yo‘naltirilgan ko‘plab tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 
Yuqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar, 
texnologiyalar, novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan 
innovatsion rivojlanishi yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib 
kirishni tashkil qilish uchun katta strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu 
strategik imkoniyatlar o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishning sifat jihatidan 
yangi salohiyatini yaratadilar.
1. Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo‘shma korxonalar 
tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.
2. Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.
3. Turdosh bo‘lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.
4. Ishlab chiqarishni yig‘ishtirish va tuzatish.
5. Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.


71 
6. Ko‘p millatli har tomonlama rivojlanish.
Agar yangi sohaga kirib borishda yangi kompaniya yoki qo‘shma 
korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan 
kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o‘rinlarini egallash uchun 
qo‘llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig‘ishtirish va tugatish, 
transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish, 
rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‘ra, kuchli va yetarlicha keng har 
tomonlama rivojlangan koorporatsiyalarda vujudga keladi. 
So‘nggi yillarda ko‘plab olimlar va mutaxassislar tomonidan 
innovatsion 
xizmatlar 
bozorini 
shakllantirish 
va 
boshqarish, 
rag‘batlantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar ko‘lami kengayib borayotgan 
bo‘lsada, ammo innovatsion xizmatlar bozorining ayrim muhim jihatlarini 
tadqiq etish zarur darajada emas, xususan, mazkur bozorning faoliyat 
yuritish shartlari, asosiy sub’etklarining o‘zaro samarali aloqalarini 
ta’minlash omillarini ochib berish, hududlarda innovatsion xizmatlar 
bozorini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish yo‘llarini aniqlashga 
ehtiyoj mavjud. Bundan tashqari,iqtisodiy tizimning muntazam rivojlanib 
borishi innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirishning yangi modellarini 
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Innovatsion xizmatlar bozori deganda innovatsion xarakterga ega 
bo‘lganxizmatlarni 
yaratuvchilar 
bilan 
shunday 
xizmatlardan 
foydalanuvchilar (iste’molchilar) o‘rtasidagi innovatsion xizmatlarni sotish 
va xarid qilish, yetkazib berishga qartilgan iqtisodiy munosabatlar 
majmuasini tushunish mumkin
9

Zamonaviy sharoitlarda innovatsion xizmatlar bozori deyali barcha 
hududlarda (makonda) mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi, shu bilan birga 
odatda innovatsion xizmatlar ilg‘or texnologiyalar, texnik va uskunalar, 
yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgani sababli, ular innovatsiyalarga 
to‘lov qobiliyatiga ega talab yuqori bo‘lgan muhitda kengroq tarkib topadi. 
Shu nuqtai nazardan turli hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini 
rivojlanganlik darajasi ko‘p hollarda mazkur hudud iqtisodiyoti, xususan 
9
Innovatsion darajasini aniqlash bo’yicha mezonlar xususida Ilmiy markazning 2015 yil bo’yichatayyorlagan 
ilmiy hisobotining “Hududlar iqtisodiyotini innovatsiyalar asosida rivojlanirishning mezon va ko’rsatkichlari” 
bo’limida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. 


72 
uning real sektorining rivojlanganlik darajasiga mutanosib ekanligi 
kuzatiladi. 
Hududiy innovatsion xizmatlar bozori hududda shakllangan 
innovatsiya tizimining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u 
innovatsiyalar yaratuvchilar hisoblanadigan institutlarni rag‘batlantirish 
orqali yangi innovatsiyalarni paydo bo‘lishiga, innovatsiyalarni amaliyotga 
tadbiq etish orqali rivojlatirishga intiladigan korxona, korxonalar, 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarini 
qondirish uchun asosiy makon vazifasini o‘taydi. 
Agar 
hududiy 
innovatsiya 
tizimi, 
bilimlar, 
texnologiyalar 
innovatsiyalarni yaratish va sotish bilan band bo‘lgan, o‘zaro bog‘liq 
tuzilmalar (korxonalar)ning hamda ta’lim, ilmiy, tadbirkorlik va notijorat 
korxonalarining hududiy darajada o‘zaro aloqalarini ta’minlaydigan 
huquqiy, moddiy-moliyaviy, axborot va ijtimoiy xaraktyerdagi tuzilmalar 
ekanini inobatga olsak hududiy innovatsion xizmatlar bozorini mazkur 
aloqalarni shakllanishiga xizmat qiluvchi omillardan biri sifatida talqin 
etish mumkin. 
XXI asrning ikkinchi va uchinchi o‘n yilliklardagi dunyoning 
innovatsion o‘zgarishlari ishlab chiqarishning postindustrial iqtisodiy 
uslubining shakllanishi bilan ifodalanadi. Garchi bu jarayon uzoq muddatli 
va ziddiyatli bo‘lsada, hozirdanoq uning asosiy jihatlari ko‘zga 
tashlanmoqda. 
Birinchidan, bu integral iqtisodiy tizim. Bu xususiy mulkchilikka 
yo‘naltirilgan, har tomonlama raqobatli ko‘rinishdir. Bozor iqtisodiyoti 
tadbirkorlarning shaxsiy tashabbuslari va innovatsion faolligi bilan hozirgi 
va kelajakdagi avlodlar uchun munosib turmush tarzini ta’minlash, 
davlatning marketing strategikinnovatsion funksiyalarini amalga oshirish, 
bozor iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda inson 
kapitali, tabiiy resurslar muhitini takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi 
nobozor sektorining rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan bog‘lashga imkon 
beradi. 
Ikkinchidan, bu ko‘p ukladli iqtisodiyot bo‘lib, unda har bir iqtisodiy 
uklad o‘ziga xos bo‘lgan o‘rin egallab, boshqa ukladlar ustidan 


73 
hukmronlik qilmaydi va ular bilan birlashadi. Bu yerda gap turli 
ukladlarning optimal tarzda birlashuvi va hamkorligi haqida boradi: 
- texnologik o‘sishni amalga oshiruvchi, monopoliyaga qarshi kurash 
bo‘yicha kuchli nazorat ostida bo‘lgan ishlab chiqarish markazlashuv 
darajasi yuqori tarmoqlarda ishlab chiqarish strukturasini o‘zgartiruvchi 
yirik biznes; 
- millionlab fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari uchun keng 
imkoniyatlar ochib beruvchi, innovatsion faollikning yuqoriligi bilan 
ajralib turuvchi, yirik ishlab chiqarishdan bo‘shatiluvchi va mehnat 
bozoriga yangi kirib keluvchi ishchi kuchining bandligini ta’minlovchi 
kichik va o‘rta biznes; 
- strategik ahamiyatga ega tarmoqlar va nobozor sektorida 
mujassamlashgan hamda davlatning strategik innovatsion funksiyalarini 
amalga oshirishni ta’minlovchi davlat mulki; 
- aholining hayot faoliyati muhitini (uy-joy, kommunal xo‘jalik va 
atrof-muhit muhofazasi), ma’naviy takror ishlab chiqarish salohiyatidan 
foydalanishni (maktablar, madaniy muassasalar va hokazo) ta’minlovchi 
munitsipal uklad; 
- inson faoliyati va takror ishlab chiqarishda eng muhim funksiyalarni 
bajaruvchi, uy va shaxsiy oilaviy xo‘jalik bilan ifodalanuvchi natural 
uklad. 
Shunisi muhimki, har bir uklad o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni 
bajarish bilan birga egallab turgan o‘rnida eng samarali bo‘lishi lozim. 
Chunki, iqtisodiy o‘sish sur’atlari va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik 
bog‘liq bo‘ladi. 
Barcha bozorlar kabi innovatsion xizmatlar bozori talab va taklif, 
raqobat asosida, ta’kidlash joizki, mazkur bozor anan’aviy tovarlar va 
xizmatlar bozoridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan keskin 
farqlanadi. Innovatsion xizmatlar mahsuli aksariyat hollarda muayyan 
buyurtma asosida emas, mustaqil ravishda (ishlab chiqaruvchining o‘z 
tashabbusi bilan) yaratiladi va bozorga chiqariladi. Bundan tashqari, yangi 
innovatsion mahsulot yoki xizmat uni amalga tadbiq etish bilan bog‘liq 
qo‘shimcha amallar, xarajatlar va jarayonlarni amalga oshirishni talab 


74 
etadi. Ularning amaliyotda qanchalik foydali bo‘lishini oldindan baholash 
mushkulligi sabab mazkur mahsulot yoki xizmatlar bilan bog‘liq risk 
darajasi yuqori. 
Hududlarda innovatsiya xizmatlari bozori xususida so‘z borganda 
ayrim hollarda bozorga taklif etilayotgan innovatsion mahsulot uning 
potensial iste’molchilarining texnologik jihatdan yetarlicha tayyor emasligi 
tufayli ham talabga ega bo‘lmasligi mumkinligi ehtimolini hisobdan 
chiqarish mumkin emas. 
Innovatsion xizmatlar bozori hudud iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’siri 
quyidagi jihatlar va natijalarda namoyon bo‘ladi (2.3.1-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin