39
o‘rinlari (ish vaqtlari) bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnat
samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo‘lmagan aktivlarga yo‘l topish
yoki yetkazib berish narxini kamaytirish yo‘li bilan korxona faoliyatining
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni
yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va
Bomollar innovatsiyalarni
turlarga ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi
innovatsiyani model ko‘rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga
ko‘ra, innovatsiyalarning mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati
asosiy e’tibor markazi bo‘lgan. Romerning fikricha esa innovatsiyalarni
turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan
xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me’zon sifatida
keltirilgan.
Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik
faoliyatining yangi
tashkiliy usullarini ishlab chiqishni bildiradi va ular quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
-
bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish;
-
xodimlarning saviyasini oshirishga va ko‘chib yurishini
kamaytirishga mo‘ljallangan o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish;
-
ishlab chiqarish va yetkazib berishni to‘liq boshqarish, jumladan
yetkazib berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni,
shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish.
Innovatsion faoliyatda ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha
innovatsiyalar – bu korxonaning alohida faoliyat
turi doirasida yoki turli
faoliyatlari (tarkibiy bo‘linmalari) o‘rtasida ishlarning bajarilishi bo‘yicha
xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi
usullarini yo‘lga qo‘yishdir. Shuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya’ni
faoliyatning turli yo‘nalishlarini integratsiyalashtirish bo‘yicha yangi
konsepsiyalarini joriy etishdir.
Korxona innovatsion salohiyatining tarkibiy qismlari innovatsion
salohiyatni o‘rganish asosida biz innovatsion salohiyatni aniqlashda
quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin:
40
-
innovatsion faoliyatni amalga oshirishga jalb qilinishi mumkin
bo‘lgan resurslar majmui sifatida;
-
innovatsion faoliyatni amalga
oshirish imkoniyati sifatida;
-
innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida;
-
innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida.
Fikrimizcha, quyidagi yondashuvlar o‘zaro ta’sir kuchiga ega,
innovatsion faoliyatga, qobiliyatga ega bo‘lish bir qator imkoniyatlarning
mavjudligi bo‘lsa, o‘z navbatida bu innovatsion salohiyatni amalga
oshirishga imkoniyat va zarur bo‘lgan tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi
muhim shartlardan biri hisoblanadi (2.1.3-jadval).
2.1.3-jadval
Dostları ilə paylaş: