O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

1.3.4-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar 


31 
Innovatsion faoliyatni mazmun va mohiyatiga, pirovard olinadigan 
natijasiga ko‘ra korxonalar tomonidan olib boriladigan ichki investitsiya 
faoliyatining tarkibiy qismi, ya’ni uning bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin. 
Ichki investitsiya faoliyati innovatsion faoliyatdan tashqari kapital qurilish, 
yangi texnika va texnologiyalarni sotib olish, mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish, rekonstruksiya qilish kabi 
ishlarni ham bevosita o‘z ichiga oladi. Demak, ichki investitsion faoliyat 
innovatsion faoliyatga nisbatan mazmunan keng tushuncha hisoblanadi. 
Innovatsion faoliyatga sarflangan mablag‘lar jami kapital investitsiyalarini 
yangi g‘oya, ishlanmalar, jarayonlar, mahsulot, xizmat turlarini yaratish, 
o‘zlashtirish va tatbiq etishga taalluqli bo‘lgan qismidir. 
Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va zamonda yuz bergan va 
berayotgan, o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi hamda pulda 
baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, bunga 
erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo‘jalik 
faoliyatining bir turi hisoblanadi. Aynan shu mazmunda korxonalarning 
innovatsion faoliyati ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hamda 
o‘tkaziladigan audit predmetini tashkil qiluvchi obyektlardan biri 
hisoblanadi. 
Innovatsion faoliyat subyektlari quyidagilardan iborat: 

innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy 
shaxslar; 

innovatsiyalarni amalga oshiruvchi turli mulkchilik shaklidagi 
innovatsion korxonalar; 

innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan intellektual 
mulk egalari, korxonalar loyihalari, qurilmalar, sanoat namunalari, 
texnologik jarayonlar, “nou-xau”, kashfiyot va ixtirolar mualliflari, 
dizaynerlar; 

innovatsiyalar amalga oshirishga kapital kirituvchi investorlar 
hisoblangan banklar, fondlar, koorporatsiyalar, lizing firmalari va h.k.; 

innovatsion jarayonga xizmat ko‘rsatadigan va uning infratuzilmasini 
ta’minlaydigan vositachilar: konsalting va injiniring firmalari, texnologik 
inkubatorlar, texnoparklar, texnopolislar, axborot markazlari va h.k.; 


32 

innovatsion faoliyatni boshqarish, muvofiqlashtirish va tartibga 
solishda ishtirok etadigan davlat organlari va mahalliy o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari. 
XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi g‘oyalarning hayotga keng 
tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. 
Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va 
hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va 
yangilanishida 
muhim 
omil 
sanaladi. 
Innovatsion 
faoliyat 
infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga 
oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir. 
Xorijiy adabiyotlarda “innovatsion infratuzilma” atamasi yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulotni, texnologik jarayonni yaratish, ishlab 
chiqarishda o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatadigan korxonalar yig‘indisi sifatida ta’riflanadi. 
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat subyektlariga 
innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar 
ko‘rsatuvchi korxonalar jamlanmasidir. 
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy tizimlarda innovatsion faoliyatning 
samarali tashkil etilishi, uni uzoq muddatli, raqobatdosh rivojlanishining 
asosiy shartlaridan biriga aylanib qoladi. Bu esa o‘z navbatida innovatsion 
faoliyat sohasidagi yig‘ilgan jahon tajribasini milliy xususiyatlarga 
moslashtirgan holda iqtisodiyotimizda foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 


33 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin