22
1.3.1-rasm. Innovatsion faoliyatni tashkiliy infratuzilmasi
Texnik jihozlanish kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy
texnik mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni
ichki va tashqi bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay
oladigan,
innovatsion sohaning amaldagi va sifat jihatidan yangi subyektlarini
yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi zarur.
Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi alohida bo‘lib o‘tadigan va
innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni
ta’minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion
sohaning tadqiqotchilik-
loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste’molchi bilan
birlashtiradi.
Bevosita innovatsiyalash, ya’ni innovatsiyalarni taklif sifatida yaratish
uchun va innovatsion tadbirkorlik, ya’ni bu takliflarni amalga oshirish va
ilgari surish uchun infratuzilma elementlarining
mazmun-mohiyatiga
kengroq e’tibor qaratish zarur (1.3.1-jadval).
Mazkur infratuzilma turlarining ayrim elementlari mos kelishi yoki
umumiy bo‘lishi mumkin, bu – axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar,
tajriba
va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli-
litsenziyali korxonalardir.
Dostları ilə paylaş: