12
Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Sengupta J.Theory of
Innovation,
A New Paradigm of Growth,
2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
2. Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property and
economic growth, 2014
by Pearson Education, Inc.p. 385.
3. SalixovS.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.:TDIU,
2013.
1.2.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari
Innovatsiyalar nazariyasi holatini
va korxonalarda innovatsion
jarayonlarni boshqarishni tashkil etish sharoitlarining tahlili ko‘rsatishicha,
innovatsion faoliyatning samaradorligi u qanchalik to‘g‘ri tashkil
etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Muayyan korxonada
innovatsion faoliyat
jarayonlarni tashkil etishning o‘zi jiddiy muammolardan biriga aylanadi.
Hozirgi kunda innovatsion jarayonni tashkil etishning ko‘plab modellari
ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning har biri korxona
rivojlanishi darajasidan
kelib chiqqan holda to‘liq yoki qisman foydalanilishi mumkin.
Innovatsion faoliyatning nazariy uslubiy asoslari iqtisodchi olimlar
tomonidan atroflicha o‘rganilgan bo‘lib ular
tomonidan tarli xil fikrlar
bildirilgan. Innovatsiya nazariyasini ishlab chiqishda yana bir texnologik
bosqichlarning evolyusiyasi bilan bog‘liq muammolarni birinchi marta rus
olimi N.D.Kondratiev o‘zining “Uzun to‘lqinlar nazariyasi” asarida o‘z
izlanishlari natijasida olingan fikrlarini bildirgan(1.2.1-rasm).
Uning nazariyasiga ko‘ra davrlarning dastlabki 4
sikli sanoatning
rivojlanish davriga, 5-to‘lqin sanoatdan keying postindustrial davrga, 6-
to‘lqin elektronika, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar va ginetikaning
rivojlanish davrlariga to‘g‘ri keladi.