O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

2.1.1-rasm. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlari. 
Korxonaning tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga 
oshirish imkoniyatlarini, ularning ko‘lami va qamrovini aniqlovchi omil 
sifatida korxonaning inson kapitali (intellektual, ta’lim saviyasi va kadrlar 
malakasi) maydonga chiqadi, ish o‘rinlarining texnik jihozlanganligi, 
ishlab chiqarish fondlari va eksperimental baza holati, innovatsion 
jarayonlarni moliyalashtirish – bular barchasi korxonaning asosiy 
resurslaridan hisoblanadi.
Bir qator bajarilgan ilmiy ish natijalarida turli olimlar tomonidan 
innovatsion salohiyat tushunchasi korxona, soha, mintaqa va davlat 
tomonidan innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
resurslarning umumlashgan xususiyatlarini qayd etish maqsadida 
qo‘llaniladi. 
Turli 
olimlar 
tomonidan 
“innovatsion 
salohiyat” 
tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan (2.1.1-jadval). 
V.P. Baranchieva va V.N.Guninaning ilmiy ishlarida innovatsion 
salohiyat – korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun 
innovatsion loyiha yoki innovatsion o‘zgarishlar dasturini amalga oshirish 
bo‘yicha tayyorgarligi o‘lchovi deb talqin etiladi. 


37 
2.1.1-jadval 
“Innovatsion salohiyat” tushunchasiga berilgan ta’riflar 
Mualliflar 
Ta’rif 
Abramishin A.Y 
Voronina T.P 
Molchanova O.P 
Tixonova Y.A 
Shlenov YU.V 
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy, 
moliyaviy, intellektual, ilmiy-texnik va boshqa resurslar yig‘indisi 
Kovalyov G.D 
Ishlab chiqarishda yangiliklar yaratishga yo‘naltirilgan yangi va 
takomillashgan mahsulotlarni olish texnologiyalarini joriy qilishga zarur 
bo‘lgan o‘z ichiga intellektual, moddiy va moliyaviy resurslarni qamrab 
olgan innovatsion resurslar majmui 
Sarev V.V 
Kanorovich A.A 
Chernish V.V 
Korxona oldida turgan ilmiy-texnik rivojlanish muammolarini hal 
qilishga mo‘ljallangan kadrlar, moddiy-texnik va axborot resurslarining 
yig‘indisi 
Mazen A. 
Korxonaning innovatsion faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini 
ifodalovchi ko‘rsatkich 
Lisin B.K 
Fridlyanov V.N 
Innovatsiyalarni joriy qilish va yangiliklarni kiritishni ta’minlash 
bo‘yicha ilmiy-texnik, texnologik, infratuzilmaviy, moliyaviy, huquqiy, 
ijtimoiy-madaniy va boshqa imkoniyatlardir
Gunin V.N 
Baranchiev V.P 
Fatxuddinov R.A 
Gorfinkel V.YA 
Chernishev B.N 
Porshnev A.G 
Korxonaning innovatsion maqsadlariga erishish uchun innovatsion 
loyiha yoki innovatsion o‘zgarishlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha 
tayyorgarligi o‘lchovi
Boven A.A. 
Cherednikova L.Y 
Yakimovich V.YA 
Korxonani ham o‘zining (ITTKI bo‘limlarida o‘z kuchi bilan yaratilgan) 
ham birovning (patent, litsenziya, nau-xau ko‘rinishida sotib olingan) 
loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik darajasi 
Jids G.I 
Nafaqat yangiliklarni yaratish, balki ularni samarali qo‘llash bo‘yicha 
ijtimoiy ishlab chiqarishning tayyorgarlik darajasi 
Shlyaxto I.V 
Nafaqat yangiliklarni yaratish imkoniyati, balki ularni izchillik bilan 
jahon andozalar darajasida samarali qo‘llashga tayyorgarlik imkoniyati 
Bazilevich A.I 
Ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, moliyaviy va boshqa faoliyat 
sohalarida innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish qobiliyati 
Kochetkov S.V 
Amalda mavjud resurslar doirasida qo‘yilgan innovatsion maqsadlarga 
erishish qobiliyati 
Yuldoshev N.K. 
Mirsaidova SH.A 
Goldman Y.D 
Innovatsion salohiyat – o‘z ichiga innovatsion faoliyatni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan moddiy, moliyaviy, aqliy, axborot, ilmiy-texnik 
resurslarni oluvchi turli xildagi majmuadir 
Zaynutdinov SH.N. 
Innovatsionsalohiyatmamlakatningtexnikavatexnologiyasiyangilanishi, 
undailmiytexnikarivojlanishidarajasini, 
diversifikatsiyasiyosatiningkuchayishinianglatadi 
Bizning fikrimizcha, innovatsion salohiyat – subyektning qaysi 
tarmoq, sohada faoliyat ko‘rsatishidan, mulkchilik shaklidan, tashkiliy 
huquqiy maqomida qat’iy nazar istalgan bir xo‘jalik yurituvchi 


38 
subyektning yangi ishlanmalarini ishlab chiqish, kashfiyotlar yoki 
ixtirolarni, foydali modellarni yaratish, ularni amaliyotga joriy etish 
bo‘yicha mavjud barcha intellektual kadrlar, axborot, moddiy-texnik va 
boshqa resurslari yig‘indisidan iborat bo‘ladi (2.1.2-jadval).
2.1.2-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin