1.2.1-rasm. Kondratiev dunyo iqtisodiyoti evolyusiyasini
6 ta siklga ajratdi
Amerikalik iqtisodchi olim J.Brayt “Innovatsiya jarayoni ilm va
texnika,
tadbirkorlik
va
boshqaruvni
o‘zida
birlashtiruvchi
innovatsiyalarning tijoratlashuviga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir”
2
degan
g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, “innovatsiya jarayoni g‘oya paydo
bo‘lishidan boshlab, tijorat asosida hayotga tadbiq etish jarayonigacha
bo‘lgan barcha bosqichni o‘z ichiga oladi” deb ta’kidlaydi.
Yana bir rus olimi B.A.Makarenko ishlarida innovatsiyalar
mohiyatini to‘liq va atroflicha yoritib berilgan. U bergan tarifga ko‘ra:
Innovatsiyaning mazmun va mohiyati:
-texnika va texnologiya avlodi almashinuvini ta’minlash maqsadida
iqtisodiyotga mablag‘ yo‘naltirish;
-fan-texnika taraqqiyotining mas’uli bo‘lgan yangi texnika,
texnologiyadan samarali foydalanish;
-yangi g‘oyalarni ishlab chiqish, sintezlash, yangi nazariya va
modellarni yaratish va ularni hayotga tatbiq etishdan iboratdir.
3
2
Очковская М.С. Инновации как качественный фактор экономического роста. Автореф.
диссертации из соискание ученой степени кандидата экономических наук. – М.: Дело, 2006 - С.4
3
Макаренко В.А Современный словарь В 2 т.- М-2000
14
Korxonalarning innovatsion rivojlanishning ichki va tashqi
bozorlarda raqobatbardoshlikni ta’minlashning zaruriy sharti ekanligi
barchamizga ma’lum. Bu borada P.Drukerning quyidagi fikriga alohida
to‘xtalib o‘tish lozim. Uning fikricha “biznesning asosiy maqsadi
mijozlarni jalb qilish bo‘lganligi sababli korxonani ikkita asosiy funksiyasi
mavjud marketing va innovatsiya”dan iborat deb hisoblaydi.
4
Albatta dunyo iqtisodchi olimlarining innovatsiyaga bergan ta’riflari
va yondashuvlari turlicha bo‘lib, ularning izlanishlarida o‘ziga xoslikni
ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Innovatsion faoliyat va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda
jahon olimlari bilan bir qatorda yurtimiz iqtisodchi olimlari o‘zlarini bir
qator tadqiqotlarini olib borishgan. M.Saidovning fikricha, innovatsion
faoliyat iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘yilmalarning samaraliligi bilan
tavsiflanadi, ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan oldingi avlod texnikasi va
texnologiyasini ancha samarali, ekologik sof va resurslarni tejashga imkon
beruvchi ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirish jarayonini
ifodalaydi. Bu jarayon g‘oyaning paydo bo‘lishi, uning maqsadini aniqlash
va amalga oshirishdan tortib ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot
ishlab chiqarish, uni sotish va iqtisodiy samara olishgacha bo‘lgan
faoliyatni o‘z ichiga oladi deb ta’kidlaydi
5
.
Innovatsion faoliyatning asosiy kategoriyalarini aniqlashga bo‘lgan
yondashuvlarning ko‘pligi tufayli, innovatsiyaviy boshqaruv atamalarini
izohlashga bo‘lgan yagona yondashuvni shakllantirish lozim. Shudan kelib
chiqqan holda innovatsion faoliyat nazariyasiga berilgan turli xil fikrlarni
hisobga olgan holda quyidagicha fikr bildirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yangilik bu - samaradorlikni oshirish bo‘yicha faoliyatning biror
sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, ishlanma va tajribalar
natijasidir.
Yangiliklar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
- kashfiyotlar;
4
Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes, New
Branswick, N.J.: London.
5
Drucker P.F 2007. Management: tasks, responsibiliries, practices. Transaction Publishes,
New Branswick, N.J.: London.
15
- tovar belgilari;
- ratsionalizatorlik takliflari;
- yangi takomillashtirilgan mahsulot yoki texnologiya hujjatlari;
- nou-xau;
- ilmiy yondashuvlar yoki turli xil tamoyillar;
- marketing tadqiqotlari natijalari va boshqalar.
Asosiy maqsad - yangilikni joriy etgan holda uni innovatsiya shakliga
aylantirish, ya’ni innovatsion faoliyatni tugallash va ijobiy natijaga ega
bo‘lgan holda innovatsiyalar diffuziyasini muntazam davom ettirish
jarayonidir.
Innovatsion faoliyat bu - boshqaruv obyektini o‘zgartirish va
iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha
samaradorlikni oshirish maqsadida yangilikni joriy qilish natijasidir.
“Innovatsion faoliyat” tushunchasini izohlashga bo‘lgan nazariya va
amaliyotdagi ayrim farqlarni ta’kidlab o‘tish lozim. Buning asosiy sababi
shundaki, zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyat innovatsiyalarni
boshqarish tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Demak,
uning tuzilmasi, funksiyalari, boshqarish uslub va vositalariga hamda
faoliyat maqsadlariga o‘zining katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ammo innovatsion faoliyat to‘g‘risida, innovatsiya obyekti sifatida
to‘laroq tasavvur shakllantirish uchun berilgan fikrlarni atroflicha
o‘rganish lozim bo‘ladi:
- birinchidan, bu obyektiv iqtisodiy qonunlar asosidagi fan-
texnikaning o‘zaro bog‘liq rivojlanishi jarayonidir. U xo‘jalik amaliyotida
yangi ilmiy bilimlarni yaratish, tarqatish va amaliy qo‘llash yo‘li bilan,
jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal etishga
yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, ishlab chiqarish bazasini tubdan
yangilanishini nazarda tutadi;
- ikkinchidan, bu ishlab chiqarish innovatsion salohiyatini tashkil
etuvchi elementlar majmuasidan foydalanishdir. Bu yerda yuqori malakali
ilmiy va ishlab chiqarish kadrlarini ekspluatatsiya qilish sohasidagi jarayon
va hodisalar hamda xodimlarning korxona innovatsiyaviy faoliyati
natijalariga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiruvchi tashkiliy, ijtimoiy,
16
ekologik, huquqiy tadbirlar ko‘ribchiqiladi.
Shunday qilib, umumiy ko‘rinishda innovatsion faoliyat asosini
fundamental nazariy tadqiqotlar tashkil etadi. Bunday tadqiqotlarning
natijasi - oldin noma’lum bo‘lgan qonunlar, obyektiv mavjud hodisa va
jarayonlarning ilmiy kashf etilishidir. Keyinchalik, yangi bilimlarni
amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilishi natijasida ularni
moddiylashtirish usul va shakllari ishlab chiqiladi.
Bu jarayonlarda yangilikni tarqatish to‘g‘risida qaror qabul
qilingandan so‘ng u yangi sifat darajasiga chiqadi hamda innovatsiyaga
aylanadi. Innovatsion ishlanmalarni bozorga kiritish jarayonini bevosita
tijoratlashtirish faoliyatidan iborat bo‘ladi. Yangilikni paydo bo‘lishi va
uni amaliyotda innovatsiyaga aylanishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i
innovatsiyaviy lag deb ataladi.
Innovatsion faoliyat ilmiy, ilmiy-texnik natija va intellektual
salohiyatni, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (xizmat) olish
maqsadida qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor sharoitlarida
innovatsion faoliyatning asosiy komponentlari bo‘lib, innovatsion faoliyat
sohasini tashkil etuvchi g‘oya, yangiliklar, o‘zlashtirilgan investitsiyalar
xizmat qiladi.
Iqtisodiyot real sektoridagi ko‘pchilik korxonalarda innovatsion
faoliyatini boshqarish, bevosita innovatsiyaviy jarayon orqali kelajakdagi
natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi.
Innovatsion jarayon – juda ham keng tushuncha bo‘lib, uni turli nuqtai
nazardan turlicha talqin qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birinchidan, bu
ilmiy-tadqiqot, innovatsion ishlab chiqarish va marketing faoliyatini
belgilangan talablar asosida amalga oshirilishidir. Ikkinchidan, uning
yangilik darajasini hayotiy siklining vaqtinchalik bosqichlari sifatida
ko‘rish mumkin. Uchinchidan, mahsulot yoki xizmatlarni yangi turlarini
ishlab chiqish va tarqatishni moliyalashtirish va investitsiyalash
jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Bunday holatda u innovatsion loyiha sifatida
o‘zini namoyon qiladi.
Innovatsion faoliyatni asosini biz ilmiy bilimni innovatsiyaga aylanish
jarayonini tushunamiz, ya’ni hodisalarning shunday ketma-ketligiki unda
17
innovatsion faoliyat g‘oyadan tortib oxirgi pirovard mahsulotga aylanish
jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Innovatsion jarayon faqatgina innovatsiya joriy etilishi bilan
tugamaydi balki yangilikni amaliyotga kirib borishi bilan olinadigan
mahsulotlar takomillashtiriladi va natijada uning samarasini oshirishga
olib keladi.
Innovatsion faoliyat quyidagi tuzilmalar asosida ta’riflanishi mumkin
bo‘ladi. Fundamentam tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, tajriba,
konstruktorlik ishlari, birlamchi o‘zlashtirish, tarqatish, yangilikdan
foydalanish, yangilikni takomillashtirish va yangi fundamental natijalarga
bo‘lgan zaruriyati hisoblanadi (1.2.2-rasm).
Har bir bosqich, boshqaruvning turli xil shakli va uslublarini qo‘llash
zaruriyatini aniqlovchi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ammo
bunda
ushbu
bosqichlarning
integratsiyalashuvigina
innovatsion
jarayonlarni muvaffaqiyatini ta’minlashiga xizmat qiladi. Shuni ham
hisobga olish lozimki, alohida bitta bosqichda boshqaruv mexanizmini
takomillashtirish butun innovatsion faoliyat natijasini samardorligini
oshirishga xizmat qilmasligi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |