2.3.1-rasm. Innovatsion xizmatlar bozorini hudud iqtisodiyoti
rivojlanishiga ta’siri
Innovatsion xizmatlar bozori o‘ziga xos makroiqtisodiy funksiyalarni
ham bajaradi. Bu mahsulot ishlab chiqarishga moddiy va moliyaviy
xarajatlarni
qisqartirish
orqali iqtisodiy o‘sishning noinflyasion
rag‘batlantirishda namoyon bo‘ladi.
Mamlakat hududlarini rivojlantirishning eng asosiy vazifalaridan biri
yarim hududlarni turli omillar ta’sirida rivojlanishida boshqalarga nisbatan
75
jiddiy ortda qolishi, ya’ni hududlar o‘rtasida rivojlanish bo‘yicha
differensiyaning kuchayib borishini bartarf etish yoki oldini olishdan
iborat. Mazkur vazifani amalga oshirishda innovatsion xizmatlar
bozorining salohiyatini ham jalb etish mumkin. Bu obyektiv sabablarga
ko‘ra (resurslar kamligi, geografik joylashuvning noqulayligi va h.k.)
rivojlanishda ortda qolayotgan hududlarda turli mexanizmlar orqali
innovatsion xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish orqali mazkur
hududning raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘li bilan amalga oshirilishi
mumkin. Shu tariqa hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini
rivojantirish ularning raqobatbardoshligini hamda barqaror rivojlanib
borishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘libgina qolmay,
mamlakat hududlarining mutanosibrivojlanishini ta’minlaydi.
Innovatsion xizmatlar bozorining yuzaga kelishi uchun zarur bo‘lgan
eng asosiy elementlar qatoriga quyidagilarni kiritishmiz mumkin (2.3.2-
rasm).
2.3.2-rasm. Innovatsion xizmatlar bozorini shaklantiruvchi asosiy
elementlar
Mazkur baza innovatsion xizmatlar bozori barqaror faoliyat yuritishi
uchun zarur rag‘batlantiruvchi omillarni qo‘llab-quvvatlash hamda bozor
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni tartibga
solishga xizmat qilishi lozim.
76
O‘z navbatida hudularda innovatsion xizmatlar bozori bir qator
asosiy shartlar va tamoyillarga javob berishi zarur, xususan: texnik-
texnologik, tashkiliy-iqtisodiy darajaga muvofiq bo‘lish, iqtisodiy ishlab
chiqarish kuchlari darajasiga mutanosibligini ta’minlaydi; universallik
(iqtisodiyotning barcha tarkibiy qismlari va darajalari uchun xos bo‘lgan
umumiy tamoyillarga asoslanishi) bilan hududiy o‘ziga xoslikning
(hududiy ixtisoslashuvni hisobga olish, bevosita hududning o‘zida, uning
strategik manfaatlari hisobga olgan holda shakllantirilishi) uyg‘unligini
ta’minlashidan iborat.
Innovatsion xizmatlar bozorining asosiy subyektlari innovatsion
mahsulot va xizmatlar yaratuvchilar (odatda, ilmiy-tadqiqot muassasalari,
o‘quv yurtlari, innovatsiyamarkazlari, konstruktorlik byurolari, tajriba
korxonalari va boshqalar) va innovatsion mahsulot va xizmatlardan
foydalanuvchilar hisoblanadi.
Innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratuvchilar va innovatsion
mahsulot va xizmatlardan foydalanuvchilardan tashqari, innovatsion
xizmatlar bozorining yana bir ishtirokchisi sifatida innovatsion mahsulot
va xizmatlarni yaratuvchilar va undan foydalanuvchilarning o‘zaro
aloqasini ta’minlashga xizmat qiluvchi vositachi korxonalarni ko‘rsatish
mumkin. Bunday korxonalarga innovatsiya markazlari, patent-litsenziya
korxonalari, axborot-konsultativ xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar,
marketing agentliklari kabilarni kiritish mumkin.
Garchi mazkur korxonalarning asosiy vazifasi ushbu aloqani
ta’minlashdan iborat bo‘lsada, ayrim hollarda ular innovatsiyalar bozorida
talab mavjud bo‘lgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishni moddiy
yokiboshqa reurslarni jalb etgan holda raqobatlantirish yo‘li bilan ularga
egalik qilish va kelgusida ularni sotish vazifalari bilan ham
shug‘illanishlari mumkin. Bunday korxonalar odatda innovatsion bozor
keng rivojlangan, innovatsion ishlanmalar ehtiyoj yuqori bo‘lgan
hududlarda faoliyat yuritadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan hududiy
innovatsion xizmatlar bozori subyektlari tarkibiga kiritilishi mumkin
subyektlarning tizimlashtirilgan holati keltirilgan (2.3.1-jadval).
77
2.3.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |