D. V. Rasulova I. Xotam ov X. S. Asatullayev



Yüklə 19,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/78
tarix03.12.2023
ölçüsü19,43 Kb.
#172221
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019

Iste’mol bozori 
- bu tovarlam i va xizmatlami o ‘zining shaxsiy 
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan 
iborat b o iib , om maviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma- 
xilligi 
va 
m arkazlashm agan 
strukturaga 
ega 
ekanligi 
bilan 
xarakterlanadi.
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa, o ‘z navbatida, ishlab 
chiqarish - texnik m aqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va 
davlat tashkilotlari bozoriga bo iin ad i.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan
m ahsulotlar bozori 
deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda 
qoilaniladigan tovarlar va xizmatlami sotib oluvchi korxonalar va 
shaxslam ing majmui tushuniladi. Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda 
foydalaniladigan m ahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, 
lekin tovarlam ing katta m iqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Davlat tashkilotlari bozori 
deganda esa o ‘z faoliyatlarini yuritish 
uchun tovarlar va xizm atlam i sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma 
bo ‘g ‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
138


Bozom i topish, tanlash, ulaming talablarini bilish uchun bozor 
tushunchalari mohiyatini yaxshi bilish zarur. «Bozor» tushunchasi 
baho yordamida resurslar taqsimlanishini tahlil qilishda markaziy 
o ‘rinda turadi.
Bozor - tovarlami realizatsiya qilish, ayirboshlash sohasidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Tovar munosabatlari tizimida markaziy elementlardan biri b o ig an
bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida mustaqil ishlab chiqaruvchilar 
o ‘rtasidagi aloqalami belgilashning hal qiluvchi vositasi b o iib yuzaga 
keladi. Bozor iqtisodiyoti yaqinda paydo b o ig a n b o isa , bozor esa 
undan ancha ilgari yuzaga kelgan.
Bozor - xaridor va sotuvchilar savdo bitimlarini amalga oshirish 
uchun to'planadigan maxsus joy. Fond birjalari ham bozor hisoblanadi 
va vositachilar yoki makler (dallol)lar orqali harakat qiladi. Xaridor 
bilan sotuvchilam ing uchrashish y o ila ri, shakllari ko‘p. Ulaming 
uchrashishida yoki bozor munosabatlarida baho mexanizmi markaziy 
o ‘rinda turadi; u talab va taklifhi muvozanatga keltiradi. Talab va 
taklifning o ‘zaro ta’siri, iste’m olchilaming talab va ehtiyojlarini 
qondirish bu uzluksiz jarayondir. Bu jarayonda ishtirok etuvchi 
iqtisodiy kategoriyalaming asosiysi quyidagilardir.
EHTIYoJ - inson tomonidan biror-bir narsani yetishmovchiligini 
his etish tuyg‘usidir.
ZARURAT - insonning ijtimoiy — iqtisodiy kelib chiqishi, 
madaniy, milliy, estetik, geografik joylashuvi va boshqa omillaming 
ta’siri asosida shakllanuvchi xohishidir. Xohish cheksiz boiish i 
mumkin, lekin bu xohishni qondirish uchun pul m ab lag iari zarur. 
Shuning uchun inson o ‘zi uchun eng muhim b o ig a n xohishini 
qondirishga intiladi.
TALAB - iste’molchining aniq tovar yoki xizm at turiga b o ig a n
ehtiyojini pul bilan ta’minlab qondirilishidir.
XARID - bozorda m a’lum tovar yoki xizmatni sotib olish 
jarayonidir. Bu jarayonda ayirboshlash va bitim operatsiyalari amalga 
oshiriladi.
BITIM - ikki tomon o ‘rtasida ular uchun zarur b o ig a n tovar va 
xizmatni sotish va sotib olish operatsiyasidir.
139


AYIRBOShLASh - ikki tomon o ‘rtasida ular uchun kerak boMgan 
narsani ikkinchi tomonga boshqa bir narsani taklif etib savdo 
operatsiyasini o ‘tkazishga aytiladi. Masalan, bir tonna shakarga 10 
tonna kartoshkani ayirboshlash.
Bozom ing umumiy holatini o ‘rganish zamonaviy marketing 
tam oyillaridan biridir. Bozom i o ‘rganishdan asosiy maqsad, uning 
mavjud vaziyatda holatiga (konyunkturasiga) baho berish va bozoming 
rivojlanish istiqbolini, prognozini ishlab chiqishdan iborat. M arketing 
faoliyatida bozomi o ‘rganishning asosiy elementlaridan biri bozor 
konyunkturasini o ‘rganish bilan bog'liq boMadi.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida talab va taklif o ‘rtasidagi 
m uvozanat masalasini, ijtimoiy mahsulotni bozor konyunkturasiga 
bog‘liqligini birinchi bor klassik maktabini rivojlantirgan iqtisodchi Jan 
Batist Sey o ‘rgangan edi. Bozom i kompleks (majmuaviy) o ‘rganish 
bozor konyunkturasini tahlil qilish, bozor sig‘imini aniqlash va uni 
bozor “ ishtirokchilari” (o ‘yinchilari) orasidagi ulushlarga boMishni, 
ehtiyojlar, xarid talabini tahlil qilishni va xaridorlar muomalasini 
modellashtirishni, aniq muhitni o ‘rganishni, marketing kompleksini 
(tovar, narx, savdo va ilgariga harakatlantirish) tahlil qilishni ko‘zda 
tutadi.
B ozor k o n y u n k tu ra si - m a’lum davrda shakllangan bozor holati 
(baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar).
Bozor konyunkturasi - ayrim bozorlarda muayyan holatlaming 
m avjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, 
bozorda 
muvozanat(talab 
va 
taklifhing 
bir-biriga 
nisbati)ning 
mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra, bozor 
konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. 
Uning 
yechimi 
bo‘yicha 
tanqidiy 
fikriarini 
ham 
berishlari 
m a’qo'llanadi.
B ozor k o n y u n k tu ra si - bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga 
keladigan iqtisodiy vaziyat bo ‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, 
narxlar darajasini, tovar zaxiralari va boshqa iqtisodiy k o‘rsatkichlami 
tavsiflaydi.
M arketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda 
maqsadli 
bozorda 
vujudga keladigan 
iqtisodiy 
shart-sharoitlar
140


majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o ‘rganish zarurati 
quyidagilarga bog‘liq b o iad i:
a) odatda bozoming s ig im i, segmentlanishi va talab qayishqoqligi 
o‘zgarib boradi, shu sababli ulam ing monitoringini amalga oshirish 
lozim;
b) bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o ‘tkazishi sababli 
ulami alohida o ‘rganish tegishli samara bermaydi;
c) bozor to‘g ‘risidagi m aiu m o tlar odatda retrospektiv xarakterga 
ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozomi har tomonlama o ‘rganishda quyidagilarga asoslanadi:
Tovam i o ‘rganish. Raqiblar tovarlariga qaraganda tovam ing 
sifatliligi, raqobatbardoshligi, yangiligi, hozirgi va b o iaja k xaridorlar 
ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatlari, xaridorlar talabi, uning 
mahalliy qonunchilik, tartib va qoidalar talabiga to‘g ‘ri kelishi, davlat 
hujjatlari asosida modifikatsiyalash va hokazo.
Xaridorlami o ‘rganish. Tovam ing asosiy xaridorlari va uni 
ishlatish usullari, tovam ing qaysi belgilari uni sotib olishga majbur 
qilmoqda va h.k.
Raqiblami o ‘rganish: raqiblam ing savdo belgilari, bozorda katta 
ulushga erishgan raqiblar tovarlarining muhim sifatlari, sotuvni 
rag‘batlantirish usullari, narx siyosati, tovar o ‘ramasi, ITTKI, sotish 
usullari, foyda va zarar sabablari va h.k.lar o ‘rganiladi.
Bozom ing umumiy holatini o ‘rganishda tovarlar va firmalar 
tarkibi, raqobat ustunligi, uning hajmi, geografik joylashuvi va 
hokazolarga e ’tibor beriladi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar «sotuvchi 
bozori» va «xaridor bozori»ga b o iin ad i.
«Sotuvchi bozori» - talab taklifdan ko‘p b o ig an holat kuzatiladi. 
Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridoming esa faol 
ishtirokchi b o iish ig a to ‘g ‘ri keladi. Bunday holatda «pul tovar 
orqasidan yuguradi». Sotuvchi bozori -bu n day sharoitda albatta firma 
o‘z tovarini sotish uchun ko ‘p kuch sarflamasligi, o ‘z ishlab chiqarish 
hajmlarini o ‘zgartirmasligi, m ahsulot sifat ko‘rsatkichlariga, dizayniga 
e’tibor qaratmasligi mumkin. Taklifning talabdan orqada qolishi 
bozorda raqobatning sustligini ko ‘rsatadi.
141


«Xaridor bozori» -b u n d ay bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning 
uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va 
xizm atlar orasidan xohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday 
bozorda xaridorlar ustunlikka ega b o iib , (xaridortovar narxiga, uning 
sifatiga, dizayni, foydaliligiga alohida talablar qo ‘yadi) ishlab 
chiqaruvchi va sotuvchilar bozoming eng faol ishtirokchilariga 
aylanadilar. Bunday holatda «tovar pul orqasidan yuguradi, y a ’ni 
raqobatning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunday vaziyatda Firma 
iste’m olchilami chuqur o ‘rganishi, marketing vosita(instrument)laridan 
keng foydalanib bozom ing ichki muhitini, tovarlar assortimentini, 
narx-navoni o ‘rganib raqobat muhitida yangi tovarlar va xizmat 
turlarini ishlab chiqishlari zarur. Sotuvni rag‘batlantiruvchi choralar 
qo ila n ish i zarur.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq 
kelishini «muvozanatli bozor» deb yuritiladi. Muvozanatli bozomi 
ta ’minlashning 
asosiy 
y o ila ri 
quyidagilar 
hisoblanadi: 
ishlab
chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozom i to‘yintirish, yetarli 
darajada m ahsulotlar zaxirasini barpo etish, xaridorgir mahsulotlar 
narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud b o im ag an
m ahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar. Talab va taklifning har 
doim mos boMishi, y a ’ni bozor muvozanti holati bu real emas. Bozor 
muvozanati 
ro ‘y 
berganda 
firma 
o ‘z 
mahsulotlarining 
sifat 
k o‘rsatkichlarini ushlab turishi, mahsulotning raqobatbardoshligini 
o ‘rganishi va shular asosida o ‘z strategiyasini ishlab chiqishi lozim. 
M untazam ravishda innovatsion siyosat bilan shug‘ullanishi kerak.
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi 
uchun qulay, chunki u tovam i qimmatga sotib, ortiqcha daromad 
k o ‘radi. Agar bozorda tak lif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura 
xaridor uchun qulay bo‘ladi, tovam i arzonga olib, bundan n a f ko‘radi. 
Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi 
mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va 
sotib oluvchilam ing xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning 
o ‘zgarishiga qarab har xil b o ‘ladi.
Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga b o iin ad i. Birinchisiga, 
konyunkturani oldingi davrda tasvirlangan m a’lumotlari kirib, hozir 
ulam ing hech qanday aloqasi yo ‘q. Ikkinchisiga, konyunkturaning
142


hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta ’sir ko‘rsata olmaydi. 
Uchinchisi, 
konyunkturaning kelajakdagi 
o ‘zgarishini aniqlaydi. 
Konyunkturaning tahlili bozoming ayrim tomonini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarigina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi 
barcha axborotlar va statistika m a’lumotlariga asoslanishi kerak.
Bozor konyunkturasini o ‘rganish mazmuni va tartibi firma 
tomonidan ko‘zlangan maqsadga bogMiq b o ‘ladi va uch turga 
bo‘linadi: 
konyunktura 
axborotnomasi, 
konyunktura tahlili 
va
konyunktura prognozi.
Konyunktura axborotnomasi - konyunkturaning tahliliy shakli 
hisoblanadi. Bu hujjat bozoming holatiga ta ’sir etuvchi barcha omillar 
to‘g ‘risidagi, ularning o ‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning 
umumiy 
o ‘zgarishini 
ifodalovchi 
qonuniyatlarini 
o ‘zida 
muj assamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan 
om illam ing tahlilini o ‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda 
tahlil bozor konyunkturasining maxsus izlanishlarini aks ettiradi va 
om illam ing ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Umuman istiqbolni aniqlash - m a’lum obyektning b o ‘lajak holatini 
ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki 
iqtisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon 
bozoridagi o ‘zgarishlami aniq tassavur qilish va baholay olish, uning 
progressiv tendensiyalariga mos ilmiy ishlab chiqarish omillarini ishga 
solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.
Bozor istiqbolini aniqlashda quyidagi talablar e ’tiborga olinishi 
shart:
- kelajakda bozor konyunkturasiga ta ’sir etuvchi omillami hisobga 
olishda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish;
- istiqbolni aniqlashning bir nechta usullardan foydalanish zarur, 
ulam ing natijalari bir xil yoki yaqin bo ‘lishi lozim;
- ishlatilgan uslublaming ilmiy asosi yetarli bo‘lishi;
- xulosalaming aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul 
qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi;
- bozor konyunkturasi istiqboli o ‘z vaqtida aniqlanishi va korxona, 
assotsiatsiya, 
kompaniya 
va 
vazirliklar 
ishini 
boshqarishda 
qo‘llanilishi.
143


Bozomi o ‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar 
har bir iste’mol tovarlari b o ‘yicha tovarlaming sotilish vaqti, aholining 
tabaqalanishi o ‘rganilsa, kundalik va m a’lum davrlarda foydalanadigan 
yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu 
tovarlam i saqlash bilan b o g ‘liq masalalami hal etish asosiy vazifa 
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ulaming sotilishi bilan 
bog‘liq barcha shart-sharoitlam i chuqur o ‘rganish zaruriyati yotadi. Bu 
shartlar jum lasiga ishlab chiqarish vositalaming birdaniga k o‘p 
iste’mol qilinishi, xaridom ing nisbatan kam bo‘lishi asosan bir 
manzilga ko ‘p tovar yetkazib berilishi, sotishda ulguiji shaklning ko‘p 
q o ‘llanilishi, tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarini 
ahamiyati kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlami to‘g‘ri baholash esa 
bozor sharoitini o ‘rganishda qo ‘llaniladigan uslublar turkumining 
mukammaligiga b og ‘liq.
Bozomi o ‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq, 
shart-sharoitlami o ‘rganishni nazarda tutadi. Bu o ‘rganish bozoming 
asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 
imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar- 
pul 
munosabatlari 
va 
oldi-sotdi jarayoni 
holatidir, 
tovar-pul 
munosabatlari 
tovar 
turlari, 
ulaming 
miqdori, 
raqobatchi 
korxonalaming bozordagi mavqeyi, ulaming imkoniyatlari, tovarlar 
ayirboshlash yoMlari kabi jarayonlam i chuqur o ‘rganishni nazarda 
tutadi. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, tovar-pul munosabatlari 
negizida muayyan bozorda iqtisodiy aloqalaming mavjudligi, ulam ing 
rivojlanish yo‘nalishlari ham da shunday aloqalar o ‘matish uchun shart- 
sharoitlar yaratadi.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin